Hozirgi oʻzbek tili va uning shevalarga munosabati



Download 20,05 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi20,05 Kb.
#284676
  1   2
Bog'liq
Hozirgi oʻzbek adabiy tili va uning shevalarga munosabati


HOZIRGI OʻZBEK TILI VA UNING SHEVALARGA MUNOSABATI
Oʻzbek tili - koʻp dialektli til. Bu uning murakkab tarixiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtganligi, bugungi oʻzbek millati oʻtmishda xilma-xil etnik tarkibga ega boʻlganligi bilan belgilanadi.

Oʻzbek milliy tilini tashkil etuvchi turli-tuman shevalarni uch lahjaga birlashtirish mumkin. Bular: 1) qarluq-chigil-uygʻur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) oʻgʻuz lahjasi.

Lahjalar oʻzaro farqli xususiyatga ega. Bu farqlar, aytilganidek, lahjalarning har biri dastlab har xil qabila yoki qabila birlashmalarining tili boʻlganligi bilan bogʻliq. Bu tarixiy jarayonni har tomonlama toʻgʻri anglagan Ye.Polivanov oʻzbek tilining koʻp dialektli til ekanligini nazarda tutib: "Oʻzbek milliy tili (oʻzbek lahjalarining bir butunligi, yaxlitligi sifatida) yagona tizimning, aslida hech qachon amalda boʻlmagan oʻzbek bobo tilining dialektologik parchalanish yoʻli bilan emas, balki farqlanuvchi til tizimlarining birlashuvi yoʻli bilan paydo boʻlgan", - degan edi. Oʻzbek xalqining shakllanish tarixi bilan yuzaki tanishishdan ham shunday xulosaga kelish mumkin.

Oʻzbek milliy tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil-uygʻur lahjasi hozirgi oʻzbek milliy adabiy tilining me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan deb, odatda, alohida ajratiladi. Buning boisi shundaki, oʻzbek xalqining shakllanishida qarluq etnik tarkibi Qoraxoniylar davridan boshlab alohida mavqega ega edi.

Oʻzbek tili bu lahjasining nomlanishida (qarluq-chigil-uygʻur lahjasi) bir muncha anglashilmovchilik mavjud. Birinchidan, bu atamadagi [chigil] soʻzi ortiqcha, chunki chigillar qarluqlarning bir boʻgʻini, xolos. Bu boʻgʻin qanchalik katta va, Koshgʻariy soʻziga koʻra, ahamiyatli boʻlmasin, qarluq toifasiga mansub.

Ikkinchidan, atama tarkibidagi [uygʻur] soʻzining ham qadimgi uygʻurlarga hech qanday aloqasi yoʻq. Bu atama oʻzbek tili bilan birgalikda turkiy tillar gʻarbiy hun tarmogʻining qarluq guruhiga mansub boʻlgan hozirgi uygʻur tiliga ishora qiladi, xolos. Shuning uchun hozirgi oʻzbek milliy adabiy tili me’yorlarining bu lahja xususiyati bilan yaqinligi bejiz emas. Lahjaning qayta nomlanishida tarixchi va shevashunoslarning xulosasi zarur.

A.K.Borovkov qayd qilib oʻtganidek, oʻzbek tilining birorta shevasini ham adabiy tilga hamma jihatdan asos boʻlgan deb aytib boʻlmaydi. Buning bosh sababi shundaki, hozirgi oʻzbek milliy adabiy tili uzoq adabiy ishlov an’anasining (jumladan, eski turkiy, eski oʻzbek, yangi oʻzbek adabiy tillarining) bevosita davomi va XX asrda u (yozuv va adabiy ishlov an’anasiga ega boʻlmagan xalqlarda boʻlganidek) tamoman yangi bir hodisa sifatida yuzaga kelmagan: milliy adabiy til kamida ming yillik adabiy ishlov mahsuli. Ikkinchidan, oʻzbek tilining barcha lahjalari oʻzbek tilining taraqqiyotiga ma’lum bir darajada hissa qoʻshgan. Birining adabiy tilga ta’siri bir sohada kuchliroq boʻlsa, boshqa sohada oʻzga bir shevalar guruhining ta’siri koʻproq seziladi. Masalan, Andijon, Fargʻona shevalarida oʻzbek tiliga xos eng koʻp tarqalgan grammatik shakllardan birini – hozirgi zamon fe’lining [-yap] affiksi vositasida yasaluvchi shaklini bergan deyiladi. Lekin bu shakl qipchoq lahjalarida ham aynan shunday qoʻllanadi. Shunisi xarakterliki, bir qarashda adabiy tildan birmuncha uzoqroq deb tasavvur qilinadigan qipchoq lahjasi morfologiyasi singarmonizmdan, ya’ni fonetik oʻziga xoslikdan xoli olinsa, adabiy til morfologiyasi bilan qariyb bir xil. Yoki adabiy tilga fonetik jihatdan asos deyilgan Toshkent shevasida [x] va [h] tovushlari, qaratqich va tushum kelishiklari shakllari farqlanmaydi. Qipchoq shevalarida esa ular qat’iy ajratiladi. Qipchoq shevalarining adabiy til lugʻatini, xususan, uning chorvachilik atamalari tizimini rivojlantirishda, adabiy tilning uslubiy imkoniyatlarini boyitishda katta hissasi bor. Masalan, [qirqim], [oʻtov], [toʻl], [sarimoy], [chakki], [chalop], [uloq], [sovliq] kabi umumiy va chorvachilik atamalari, [quyruq], [bovur], [patir], [tovoq], [kulchatoy], [lochira] singari pazandachilik atamalari adabiy tilga qipchoq shevalaridan kirib kelgan.

Adabiy tilning rivojlanishiga oʻzbek tilining oʻgʻuz lahjasi ham ma’lum darajada hissa qoʻshgan. Buning uchun adabiy tildagi [yoshulli], [oʻgʻlon], [buyon], [qaydin], [qoragoʻz] kabi qator soʻzlarni misol sifatida keltirish kifoya.



Demak, oʻzbek milliy adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida tayanch manba boʻlgan tarixiy an’ana bilan bir qatorda barcha lahja va shevalarning oʻziga xos oʻrni bor.


Download 20,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish