Hozirgi o`zbek adabiy tili (Sodda gap sintaksisi)” fanidan O`quv uslubiy мajmua


Gapning ifoda asosiga ko'ra bo'linishi



Download 4,03 Mb.
bet95/231
Sana11.01.2022
Hajmi4,03 Mb.
#341952
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   231
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sodda gap s

Gapning ifoda asosiga ko'ra bo'linishi. Sintaksisning asosiy birligi bo`lgan gap tuzilishiga ko`ra ikkiga bo`linadi:1. Sodda gap. 2.Qo’shma gap.

Tarkibiy qismlarga bo`linmaydigan, ma`lum fikr-maqsadni ifodalaydigan, grammatik va ohang jihatidan shakllangan sintaktik birlikka sodda gap deyiladi. Aniqrog`i, sodda gap bir predikativ birlikdan tashkil topadi. Masalan: Kitob o`qidim.O`rik gulladi.

Sodda gaplar tuzilishiga ko`ra sodda yig`iq gap va sodda yoyiq gaplarga ajratiladi. Bunday tasniflashda ikkinchi darajali bo`laklarning ishtirok etish-etmasligi e`tiborga olinadi. Faqat bosh bo`laklardan tuzilgan gap sodda yig`iq gap deyiladi: Dars boshlandi.

Bosh va ikkinchi darajali bo`laklarning ishtirokidan tuzilgan gap sodda yoyiq gap deyiladi: Umida Saidadan tez-tez xabar olib turadi (A.Q)

Gaplarning struktura asosi bir bosh bo'lak (ega yoki kesim) hamda har ikki bosh bo'lakdan tashkil topishi mumkin. Shunga ko'ra, sodda gaplar ikki tarkibli va bir tarkibli gaplarga bo'linadi.

Ikki tarkibli gaplarda gapning struktura asosi ega va kesimdan tashkil topadi: Odam gohi - gohida yanglishadi ham.

Bir tarkibli gaplarda gapning struktura asosi yo ega, yo kesimdan iborat bo'ladi: Do'sting uchun zahar yut (Maqol).

Ikki tarkibli gaplar ham gapning bosh va ikkinchi darajali bo`laklarining ishtirok etishiga ko`ra ikkiga bo`linadi:

1. Ikki tarkibli sodda yig`iq gap.

2. Ikki tarkibli sodda yoyiq gap.

Ikki tarkibli gap, odatda, ikki qismga- ega sostavi va kesim sostaviga ajratiladi. Ega sostavi ega va unga tobe bo`laklardan, kesim va unga tobe bo`laklardan tashkil topadi.

Mavjud sintaktik nazariyalarda qo`shma gaplarning sodda gaplardan, asosan, sintaktik, semantik tuzilishi asosida farqlanishi ko`rsatiladi.

Qo`shma gap va sodda gap o`zaro sintaktik tuzilishiga ko`ra farqlanadi Sodda gap bir predikativ birlikdan, qo`shma gap o`zaro uzviy bog`langan bir necha predikativ birlikdan tashkil topadi. Qiyoslang:

Sodda gap: Hammalari kulishdi.

Qo`shma gap: U yig`ladi, men yig`ladim.

Sodda gaplarda ba`zan uyushiq kesimlar turlicha qo`llanadi: Bir piyola choyni sovitib ichib, keyin aytdilar.

Sodda gap va qo`shma gap mazmuniy tuzilishi jihatidan farqlanadi. Sodda gap bir voqelikni, qo`shma gap ikki va undan ortiq voqelikni va ular orasidagi munosabatlarni ifodalaydi.

Sodda gapning qurilish materiali so`z va so`z birikmalari bo`lsa, qo`shma gaplarning qurilish materiali esa soda gaplardir.


N a z o r a t s a v o l l a r i:

  1. Gaplar qaysi jihatdan tasnif qilinadi?

  2. Sodda gapning qo`shma gapdan farqli xususiyatlarini bayon eting

  3. Ikki tarkibli gaplar deganda nimani tushunasiz?

  4. Ikki tarkibli gaplarning o`ziga xos qanday xususiyatlari mavjud?


Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish