Мавзу: Kesimning ifodalanishi
Mashg‘ulot vaqti-2 soat
|
Talabalar soni: 50 –70 gacha
|
Mashg‘ulot shakli
|
Ma’ruza-muloqot
|
Ma’ruza rejasi
|
1.Kesim va uning ifodalanishi.
2. Kesimning ma’no turlari.
|
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: Kesim va uning ifodalanishi ҳамда kesimning ma’no turlari bo‘yicha umumiy tushuncha berish.
Kesim va uning ifodalanishi, ma’no turlari bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
|
Pedagogik vazifalar:
1. Kesim, uning ifodalanishi, turlarini o‘rgatadi
3. Kesimning ma’no turlari haqida tushuncha beradi.
|
O’quv faoliyati natijalari (talaba):
1. Kesim, uning ifodalanishini o‘rganadi
2. Kesimning ma’no turlari.haqida tushunchaga ega bo‘ladi.
|
Ta’lim berish usullari
|
Ko‘rgazmali, FSMU, jamoada ishlash.
|
Ta’lim berish shakllari
|
Ommaviy, jamoaviy, juftlikda ishlash.
|
Ta’lim berish vositalari
|
O’quv qo‘llanma, tarqatma materiallar, proektor, doska, grafik organayzerlar.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki nazorat: savol-javob
|
Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi
Ish jarayonlari vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich.
Kirish
(10 daqiqa)
|
1.1. Ma’ruzaning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi va o‘quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova)
|
Tinglaydi, mavzu nomini yozib oladi
|
1.2. Mashg‘ulotni o‘tkazish shakli va baholash mezonlarini e’lon qiladi (2- ilova)
|
Yozib oladi
|
2-bosqich.
Asosiy jarayon
(60 daqiqa)
|
2.1. Mavzuning birinchi rejasi bo‘yicha ma’ruza qiladi (3-ilova).
2.2. Mavzuning ikkinchi rejasi bo‘yicha ma’ruza qiladi (4-ilova).
2.3. Mavzuning uchinchi rejasi bo‘yicha ma’ruza qiladi (5-ilova).
|
Yozadi, savolga javob beradi.
Yozadi, savolga javob beradi.
|
3-bosqich.
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
3.1 Mavzu bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi.
|
Tinglaydilar
|
3.2. Talabalarning baholash mezonlarini e’lon qilinadi
|
Yozib oladi
|
3.3. O’z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar beradi (7-ilova)
|
Javob yozadi
|
3.4 Navbatdagi mashg‘ulotda ko‘riladigan mavzuni e’lon qiladi.
|
Yozib oladi
|
2-ilova
Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari
Guruhlar
|
Savolning to‘liq va aniq yoritilishi
0-5 ball
|
Misollar bilan muammoga yechim topishi 0-5 ball
|
Guruh a’zolarining faolligi
0-5 ball
|
Jami ball
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
15 – 13 ball – «a’lo».
12 – 10 ball – «yaxshi».
9 – 6 ball – «qoniqarli».
O’zida predikativlikni aks ettiradigan, gapni uyushtiruvchi va shakllantiruvchi markaziy bo’lak kesimdir. Kesim gapning markaziy bo’lagi bo’lganligidan gapning butun tavsifi - grammatik kategoriyalari: tasdiq - inkorlik, shaxs (personallik), zamon (temporallik), kommunikativ maqsad va h.k.lar kesimga qarab belgilanadi.
Kesim gap qurilishida uyushtiruvchilik rolini o’ynaydi. Qolgan bo’laklar kesimning kengaytiruvchilari, ya’ni gap kengaytiruvchilari hisoblanadi. Gapning yangi axborot tashuvchi qismi ham kesim sanaladi. Demak, kesim ham uyushtiruvchi markaz, ham axborot markazidir.
Kesim quyidagi morfologik shakllarda namoyon bo’ladi:
Fe’l shakllarida: Qor allaqachon erib ketgan, ammo hali bahor kirmagan (O’ .H.)
Bosh kelishikdagi ot shaklida: Siz yaxshi odamsiz ( O’ .H.).
Vosita kelishiklaridagi ot shaklida: Manavinisi sarig’idan (O’.H.).
Sifat shaklida: Ko’pchilikning haqi yetim haqidan yomon (Maqol).
Ravish shaklida: Buning ustiga, talaba bo’lishni xohlaydiganlar ko’p (O’.H.)
Olmosh shaklida: Ha, xuddi o’zi (O’.H.).
Son shaklida: Ayollarning joni qirqta (Maqol) va boshqalar.
Kesimlarni ifodalanishiga ko’ra ikki guruh (fe’l - kesim, ot -kesim)ga ajratish mumkin .
Fe’l kesimlar shaxsli fe’llar bilan ifodalanadi. Fe’l kesimning xarakterli belgisi shuki, bevosita kesimlik shakllarini olib, ega bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Kesim - gap qurilishining markazi.
Fe’l predikat quyidagi morfologik ma’nolarni o’zida birlashtiradi:
a) subyekt harakati: Mashina yurdi ; Bola o’ynadi.
b) subyekt holati: Kasal uxladi;
v) payt: Bahor kelsa, gullar ochilar;
g) shart: Sen kelsang, biz boramiz;
d) istak: O’lkamiz gullarga burkansa;
e) maqsad: Aspiranturada qoldirishmoqchi va boshqalar.
Sintaktik shakl birligi bo’lgan fe’l kesim sintaktik ma’no birligi predikat bilan o’zaro munosabatdadir. Ular bir butunlikning o’zaro qarama - qarshi ikki tomoni sanaladi. Kesim bilan predikat o’zaro uzviy bog’liq bo’lsa ham, lekin ular bir hodisaning ikki tomoni bo’lgani sababli ma’lum o’ziga xoslikka ega. Predikat predikativlik bilan chambarchas bog’liq. Har qanday predikativlik predikat asosida shakllanadi. Predikativlik shakllari predikatga qo’shiladi.
Predikat va kesim bir - birini taqozo qiluvchi, o’zaro dialektik aloqada bo’lgan tushunchalar bo’lsa ham, lekin ular bir hodisaning ikki qarama - qarshi tomoni bo’lganligi sababli doimo bir-biriga muvofiq kelavermaydi.
Ot kesim fe’ldan boshqa so’z turkumlari bilan ifodalanadi. Fe’ldan boshqa so’z turkumlari kesim bo’lib kelganda bog’lama, kesimlik ko’rsatuvchi tuslovchilar yoki intonatsiya bo’lishi shart. Bog’lama kesimdan keyin kelib, kesimni grammatik jihatdan shakllantirish, uning semantikasini taraqqiy ettirish, fikrni tugallash, shaxs - son, zamon, modallik kabi grammatik ma’nolar ifodalash, kesimning ega bilan munosabatini ko’rsatish uchun xizmat qiluvchi yordamchi vositalar bog’lama sanaladi.
Bog’lama quyidagicha ifodalanadi:
1. Edi, ekan, emish kabi to’liqsiz fe’llar bilan: Usta Azim sharqcha binolar qurishda mohir edi (O.).
2. Predikativ –modal so’zlar bilan (kerak, zarur, shart, lozim, mumkin): Klub ishini faqat Bashoratxon bajarishi mumkin (Asq.M ).
3. Ko’makchi fe’llar bilan: Noz - ne’mat to’la dasturxon ustida suhbat boshlanib ketdi (O.).
4. Ko’makchilar bilan: Baliqning tirikligi suv, odamning tirikligi el bilan (Maqol).
5. Bor, yo’q, emas so’zlari bilan: Uch soatdan beri biron kimsa duch kelgani yo’q (Asq. M.).
6. Sanaladi, hisoblanadi, iborat so’zlari bilan: Korxonaning tarixi safarbarlikdan iborat ( Asq. M.)
7. Predikativlik affikslari bilan: Biz ham inson o’g’limiz (H.H.).
Bog’lamalar tuzilish jihatidan so’z – bog’lama va affiks bog’lamaga bo’linadi.
Ot kesim ot, sifat, son, olmosh, ravish kabi so’z turkumlari bilan ifodalanadi. Ot kesim quyidagi ma’nolarni ifodalaydi6:
a) predmet: Bu - kitob;
b) belgi: Kitob - qiziqarli ;
v) ko’rsatish: Topganim - shu;
g) miqdor: O’zi bitta, qulog’i to’rtta.
d) o’lchov: Suv - tizzadan va boshqalar.
Kesimlar tuzilish jihatdan uch turga bo’linadi: sodda kesimlar, tarkibli kesimlar, birikmali (murakkab) kesimlar.
Sodda kesimlar bir qismdan tuziladi va ifodalanishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda fe’l kesim, sodda ot kesim.
Tarkibli kesim analitik shakldagi qurilmalar bilan ifodalanadi. Tarkibli kesimlar ifodalanishiga ko’ra, tarkibli fe’l kesim va tarkibli ot kesimlarga bo’linadi. Tarkibli fe’l kesimlar ikki yoki undan ortiq negizdan tashkil topgan fe’llar bilan ifodalanadi. Bunda fe’llarning biri o’zining ma’nosini saqlab, yetakchi fe’l hisoblanadi, qolganlari yetakchi fe’ldan anglashilgan harakatning bajarilishi bilan bog’liq bo’lgan turli qo’shimcha ma’nolarni ifoda etib, ko’makchi fe’l hisoblanadi: Erta bahor quyoshi kecha yog’ib turgan yomg’irning namini yerdan sug’urib olayotir (O.).
Tarkibli fe’l kesim ba’zan juft fe’llar bilan ham ifodalanishi mumkin: Gapning naq onasini aytdingiz - qo’ydingiz ( P.T.).
Murakkab ot kesimlar keng ma’nodagi ot bog’lama yoki to’liqsiz fe’l tipidagi qurilmalar bilan ifodalanadi. Bunda asosiy ma’no otdan anglashilib kesimning ega bilan moslashuvini ta’minlaydi: Kelgan ikki kishi professor ekan (O.)
Murakkab ot kesim harakat nomi + kerak, zarur, (lozim, darkor) tipidagi qurilmalar bilan ham ifodalanadi: El moliga uzatilgan qo’llarni kesish kerak (O.). Ishning mana shu ikki tomonini o’rganishimiz, juda yaxshi bilishimiz zarur (A.Q.).
Murakkab ot kesim ba’zan chiqish kelishigi shaklidagi so’z + iborat tipidagi qurilmalar bilan ham ifodalanadi: Vazifamiz yig’im - terimni muvaffaqiyatli yakunlashdan iborat ("Xalq so’zi").
Murakkab ot kesim bor, yo’q so’zlari va to’liqsiz fe’l tipidagi qurilmalar bilan ifodalanadi: Jamoangizda ko’pgina tashabbuskor yoshlar bor ekan ( Sh.X.).
Ikki va undan ortiq so’zlarning grammatik - semantik munosabatidan tashkil topib, bir butun holda kesim sifatida shakllangan hodisalar murakkab kesim sanaladi.
Murakkab kesimlar quyidagicha ifodalanadi:
1. Turg’un birikmalar bilan: Bizning Vatanimiz O’zbekiston Respublikasidir.
2. Frazeologik birikmalar bilan: Mirzakarimboy ilonning yog’ini yalagan (O.).
3. Izofa xarakteridagi, ko’chma ma’noli qaratqichli birikmalar bilan: Otalar so’zi – aqlning ko’zi (Maqol).
Do'stlaringiz bilan baham: |