Yog’och materiallariga ishlov beradigan qo’l va elektr asboblarining tuzilishi va ishlash printsipi


Yog’ochga ishlov berish va metall qirqish stanoklarida



Download 380 Kb.
bet4/4
Sana19.02.2022
Hajmi380 Kb.
#459843
1   2   3   4
Bog'liq
2 5194941018151061639

Yog’ochga ishlov berish va metall qirqish stanoklarida

ishlashni o’rganish.
Stanoklarda ishlaganda shikastlanish extimolidan xoli emas. Shuning uchun ularda ishlaganda rioya qilinadigan mehnat xavfsizligi talablariga alohida e’tibor berilishi kerak. Tajribaning ko’rsatishicha, o’quvchilar xavf oldida to’rganliklarini hamma vaqt ham anglab yetavermaydilar va elementar xavfsizlik qoidalarini bo’zadilar. Masalan, stanok tuxtatilganda o’z inersiyasi bo’yicha aylanishda davom etayotgan qismlarini qo’l bilan tuxtatishga, detalni stanokda ishlab to’rganda o’lchashga harakat qiladilar va xokazo. Shu sababli o’qituvchi o’quvchilarga mehnat xavfsizlik qoidalarini mufassal tushuntiradi va ularni bo’zish nimalarga olib kelishini aytadi. Lekin o’quvchilarni xavfdan shunday ogoxlantirish kerakki, ular stanokda ishlashdan xadiksirab qolmasinlar. Ma’lumki, ayrim o’quvchilar stanokda ishlashga darxol jur’at qila olishmaydi, shu sababli o’qituvchi xavfsizlik qoidalarini tushuntirish jarayonida o’z kuchiga ishonchni singdirish kerak.
Stanokda ishlash ish o’rnini tashkil qilishdan boshlanadi. O’qituvchi nimalarga alohida e’tibor berish kerakligini, masalan, asboblarni tumbochka ichida va zagotovkalarni stellaj ustida to’g’ri joylashtirish kerakligini konkret misollarda ko’rsatadi.
Materiallarga stanoklarda ishlov berishga kirishishdan oldin stanokni boshqarish priyomlari: uni ishga tushurish va tuxtatish, tezliklar va uzatishlar ko’tilarini almashlab ulash, ish organlarini siljitish priyomlari bilan tanishiladi. Dastalardan foydalanish qoidalarini tushuntirishga alohida e’tibor berish zarur, chunki o’quvchilar buning okibati nimaga olib kelishini tushunmasdan turib stanok ishlab to’rganda dastalarni almashlab ulashga harakat qiladi.
O’quvchilar stanokda ishlab ko’pgina operasiyalarning bajarish priyomlarini o’rganishadi. Masalan, parmalash stanogining tuzilishi va ishlashi bilan tanishganlaridan hamda tegishli instruktaj olganlaridan sung o’quvchilar bulgusi teshiklarning markazlarini kerner bilan belgilab olishadi, detallarni mahkamlashadi, kerner urilgan joyga parmani tushurib, parmalay boshlashadi. Parmani bir tekis bosish, teshik teshilib bo’lganda esa uzatish dastasini kam kuch bilan bosish kerakligini haqida o’quvchilarga ogoxlantirish maqsadga muvofiqdir. Parma patron teshikdan chikayotgan vaqtda uzatish tezligini oshirish xavfli ekanligi to’g’risida ham ogoxlantirish lozim.
O’qituvchi o’quvchilar ishini dikkat bilan ko’zatib boradi va xatolardan hamda mehnat xavfsizligi qoidalarini bo’zashlaridan ularni o’z vaqtida ogoxlantirib turadi. Parmalash priyomlarini o’zlashtirayotganda o’quvchilar ko’pincha qo’yidagi xatolarga yo’l qo’yishadi;

  1. Parmalash uchun detalni puxta mahkamlab qo’yishmaydi. Bu holda o’quvchini detalni mahkamlashni o’rganib olmaguncha ishga kuymaslik kerak.

  2. Parmani patronga bush sikib qo’yishadi, natijada ish vaqtida parma tuxtab kolaveradi. Stanokni tuxtatib, parmani yaxshilab mahkamlash lozim.

  3. Uzatish richagi (dastasi) ni xaddan tashqari kuchli yoki kuchsiz bosishadi. O’qituvchi o’z qo’lini o’quvchi qo’liga kuyib, bosish kuchini ko’rsatib berish kerak.

  4. Zagotovkani parmaga nisbatan noto’g’ri joylashtirishadi, okibatda parma teshikdan chetga surilib ketaveradi; egiladi yoki kadalib koladi. Detalning vaziyatini to’g’rilab, bulgusi teshik ukini parma ukining to’g’risga keltirish zarur.

  5. Parmaning kirindidan bushatish uchun uni teshikdan o’z vaqtida chiqarishmaydi.

Stanokda parmalash malakasini takomillashtirish maqsadida tubli teshiklar parmalash priyomlari ko’rsatildi, katta diametrli parmalarni mahkamlash uchun konussimon oraliq vtulkalardan qanday foydalanish va diametri 10-12 mm dan katta bo’lgan teshiklarni parmalash tartibi bilan tanishtiriladi, parmani charxlash priyomlari ko’rsatiladi.
O’quvchilar tokarlik stanogida ishlab tashqi silindrik yuzalar yunishadi, tores va chikindilar xosil qilishadi, arikchalar ochishadi, zagotovkalar kirkib olishadi, teshiklarni bo’lib kengaytirishadi. Bunda mehnat operasiyalariga o’rgatishning turli metodlari qo’llanishi mumkin.
Har bir yangi operasiya, priyomni o’rganishning boshida o’qituvchining o’zi uning qanday bajarilishini ko’rsatib beradi, keyin 1-3 o’quvchi ko’rganlarini takrorlashadi. Agar o’quvchilar yangi materialni to’g’ri idrok etganliklariga o’qituvchi ishonch xosil kilsa, o’quvchilarga ishga kirishishni taklif etadi. Ish davomida o’quvchilar o’zlarini nazorat qilib turishlari zarur. Shu sababli o’z-o’zini nazorat qilishning shunday mezonlari bilan qurollantirish muhimki, o’quvchilar shu mezonlar asosida ish kay tarzda muvaffaqiyatli borayotganini baholay oladigan bulsinlar. Bunday mezonlar jumlasiga kirindining rangi, keskichning titrashi, ishlov berilgan yuzaning tozaligi va shu kabilar kirishi mumkin.
O’quvchilar stanoklarda ishlayotganlarida dastlabki paytlarda ko’pincha qo’yidagi xatolarga yo’l qo’yishadi:

  1. “Pusk” va “Stop” knopkalarini adashtirib yuborishadi;

  2. shpendilni orkaga aylantirishadi;

  3. stanokka ishga tushirmasdan turib asbobni zagotovkaga juda yaqin keltirish;

  4. asbobni detaldan uzoqlashtirmasdan turib stanokni tuxtatishadi;

  5. asbob kerakli yo’nalishda surilishi uchun dastalarni qaysi tomonga aylantirish lozimligini esdan chiqarishadi;

  6. zagotovkani o’rganayotganda qo’loch kattaligini keragidan kattarok olishadi;

  7. keskichni o’rnatishda zagotovkani o’lchamlariga bog’liq holda asboblarning qo’lochi qanday bo’lishi kerakligini hisobga olishmaydi;

  8. ikkita keskichni keskich tutkichining bir tomoniga mahkamlashadi;

Kirish instruktaji vaqtida o’qituvchi o’quvchilarni bu xatolarga ogox qiladi va mustaqil ishlayotganlarida bu xatolarga yo’l kuymasliklarini ko’zatib boradi.
O’quvchilar yog’ochga ishlov berish va metall qirqish stanoklarida ishlayotganlarida ularni mashina, mexanizmlarning tipaviy detallari, ularni biriktirish turlari bilan tanishtirish zarur.
Aytib o’tilgan o’quv vazifasini xal etishda o’quvchilarni mashinalarning tipaviy detallari tushunchasi bilan tanishtirish alohida dikkatga sazovardir. Bu tushunchani o’zlashtirib olish o’quvchilarning texnik dunyoqarashi rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. “Mashinalarning tipaviy detallari” tushunchasi ma’nosini ochib borayotganda bu tushuncha ko’plab olimlar va amaliyotchi injenerlarning yillar davrida sinchiklab ishlash natijasida paydo bo’lganini aytish kerak. Mashinalarning tipaviy detallarini topish uchun mashinalarning minglab konstruksiyalarini bir-biriga solishtirish va eng ko’p uchraydigan detallarni tanlab olishga to’g’ri keladi.
Tajribaning kuzatishicha, o’quvchilar ushbu tushunchani oson o’zlashtirishadi, lekin uning amaliy ahamiyatini ko’pincha tushunib yetmaydilar. Shu sababli o’quvchilarni detallarni tipiklashtirish qanday afzalliklarini ta’minlashi bilan, shu tufayli konstruktor va texnologning mehnati qanday osonlashishi bilan, mahsulotning sifati oshishi, uning tannarxi pasayishi mashinalar uchun ehtiyot qism tayyorlash osonlashishi bilan tanishtirish zarur.
Mashina detallarining birikmasining klassifikasiyasi bilan tanishtirish o’quvchilarning politexnika ta’limi uchun juda katta ahamiyatga ega. O’quvchilar birikmalarning ayrim turlari afzalliklari va kamchiliklari tanishar ekanlar, amalda uchraydigan har qanday mashinalarni tuzilishi va ishlashini o’rganayotganda ular foydalanishi mumkin bo’lgan bilimlarni oladilar.
Harakatni o’zatuvchi va o’zgartiruvchi mexanizmlarni o’rganish jarayonida harakatni o’zgartirish uchun har xil mexanizmlarniing atigi yetti turidn foydalanilishini, aylanma harakat uzatish uchun esa besh turidan foydalanilishini o’quvchilarga aytish kerak.
Tokarlik stanogi misolida o’quvchilarga mexanizm to’g’risidagi eng to’liq tasavvur xosil qilish mumkin. Amalda uchraydigan mexanizmlar (tasmali, friksion, tishli, chervyakli, vintli, reykali mexanizmlar) aynan shu stanokda qo’llaniladi.
Mexanizmlarning ko’rib chiqishda ularni bir-biriga kiyoslash, ulardan har birining afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilish lozim.
O’quvchilarning materiallarni qirqishda ishlatiladigan asbob haqida bilimlari ham umumlashtirilishi kerak. Shu munosabat bilan, o’quvchilarni yangi operasiyalar bilan tanishtirayotganda asboblarni konstruksiyasi jihatidan taqqoslab, uxshash va farq tomonlarini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Masalan, tokarlik keskichini zubilo bilan kiyoslab ko’rib chiqish mumkin. Bunda keskichning qirquvchi qismi boshqa barcha qirquvchi asboblarniki kabi pona shaklida bo’ladi, degan xulosa chiqariladi. Lekin tokarlik keskichi qirquvchi qismining shakli zubilonikiga nisbatan murakkabrok, chunki u kiyinrok sharoitda ishlaydi. O’quvchilarning parma va tokarlik keskichining tuzilishi haqida bilimlariga tayanib,freza mehnat unumdorligiii oshirish maqsadida guyo bitta qilib birlashtirilgan bir necha keskichdan iborat ekanligi tushuntirish va o’quvchilarga freza tishlaridan qirquvchi kirrani, old va ketingi yuzalarini mustaqil topishni taklif etish mumkin. Tajribaning kusatishicha, bu topshiriqni bajarish o’quvchilarning qo’lidan keladi, u o’quvchilarni aktivlashtiradi, ko’rinishi har xil texnik obyektlarning umumiy alomatlarini topa bilishga urgatadi.

Xulosa:
Men ushbu mavzuni yoritib berish davomida o`zim uchun juda ham ko`plab ma`lumotlar oldim Tokarlik dastgohida yog`ochlarga ishlov berish texnologiyasi haqida keraklicha o`rgandim va amalda qo`lladim.
O`ylaymanki o`rganganlarimni amaliyotda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan xolda bajara olaman.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

Gurvich A.O Duradgorlik ishlari, 1966; Kreyndlin L.N,Stolyarnie raboti, 1986; Bozorboyev N Uy joy quruvchilar uchun 1001 maslahat ,T.1990



Internet malumotlari
Download 380 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish