Laboratoriya ishi № 5. Mavzu: Yo‘nishdagi keskichning turg‘unlik davrini va yeyilish tavsifini tekshirish.
Ishdan maqsad: keskichning turg‘unlik davriga ta’sir etuvchi omillarni, keskichning yeyilish turlarini hamda turg‘unlik davrini hisoblash usullarini o‘rganish.
2. Kerakli jihozlar kesuvchi asboblar, o‘lchovchi asboblar va materiallar: 1K62 tokarlik vintqirqish dastgohi yoki boshqa tokarlik dastgohlari, keskichni o‘rnatish uchun moslama.
2.1. O‘lchov asboblari: asbobsozlik mikroskopi, indikator, shtangentsirkul SHTS 1.
2.2. Kesuvchi asboblar: tezkesar po‘lat qotishmasi bilan ta’minlangan o‘tuvchi keskich.
2.3. Ishlov beriladigan material: CHo‘yan yoki po‘lat materialidan tayyorlangan pog‘onali val zagotovkasi.
3. Ishni bajarish uchun kerakli bo‘lgan qisqacha
ma’lumotlar va ko‘rsatmalar.
Metallarga kesib ishlov berish jarayonlarida kesish maromlarining qiymatlari hamda ish vaqtidagi issiqlik hodisalariga bog‘liq ravishda kesuvchi asboblarning yeyilish kontakt maydonlari quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
a) kesuvchi asbobning ketingi yuzasi bo‘yicha (5.1 – rasm, a). Yeyilishning bu turi ketingi burchagi nolga teng bo‘lgan maydonchaning balandligi hk bilan harakterlanadi. Kesib olinadigan qatlamning qalinligi 0.15 mm dan ortiq bo‘lmaganda va sovitish suyuqligi ishlatilganda kesuvchi asbobning ketingi yuzasi yeyiladi. Bu holda kesib olinadigan qatlam asbobning ketingi yuzasiga tor maydonchada asbobning kesuvchi qirrasi bo‘ylab urinadi va asbobning oldingi yuzasi deyarli yeyilmaydi (tozalab yo‘nuvchi keskichlar, sidirg‘ichlar, razvyortkalar va boshqalar).
5.1 – rasm. Kesuvchi asboblarning yeyilish turlari:
a – ketingi yuza bo‘yicha, b – oldingi yuza bo‘yicha, v – bir vaqtning o‘zida ham oldingi ham ketingi yuza bo‘yicha.
b) kesuvchi asbobning oldingi yuzasi bo‘yicha (5.1 – rasm, b). Bu tur yeyilish chuqurchaning eni b va chuqurligi hr bilan xarakterlanadi. Kesib olinadigan qatlam qalinligi 0.5 mm dan ortiq, kesish tezligi katta bo‘lib, sovitish suyuqliklari ishlatilmagan hollarda kesuvchi asbobning oldingi yuzasida yeyilish kuzatiladi.
v) kesuvchi asbobning bir vaqtning o‘zida ham oldingi ham ketingi yuzasi bo‘yicha (5.1 – rasm, v). Bunday tur yeyilishda kesuvchi asbobning obdingi yuzasida chuqurcha, ketingi yuzasida esa yo‘l hosil bo‘ladi. Kesish qalinligi 0.1 – 0.5 mm bo‘lganda kuzatiladigan bu yeyilish natijasida peremichka eni f nolga yetganda yeyilgan oldingi va ketingi kontakt maydonlari tutushib, kesish jarayoni yomonlashadi.
Turg‘unlik deb – biror jismning ma’lum vaqt davomida, unga hech qanday tashqi kuchlar ta’sir ettirmasdan o‘zining hajmi, massasi hamda geometrik parametrlarini o‘zgartirmasligiga aytiladi.
Keskichning turg‘unligi – bir charxlangandan ikkinchi charxlanguniga qadar bajargan ish hajmi.
Kesuvchi asboblarning turg‘unlik davri 5.2 – rasmda grafik tarzda ko‘rsatilganidek uning yeyilish egri chizig‘iga bog‘liq ravishda o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |