ga ega bo‘ladilar. Boshqarishga bunday yondashish quyidagilarga
harakat qilish lozim. Bu o‘rinda bank aksionerlari qo‘yilmalaridan foy-
borni yuqori daromadli kreditlarni berishga qaratmog‘i lozim. Agar kre-
134
kerakli mablag‘lar boshqa arzon manbalar hisobidan jalb qilinishi lozim.
Bank kapitalining bahosi faqatgina uning daromadliligiga emas,
balki tavakkalchilikka ham bog‘liq bo‘lganligi tufayli mazkur tavak-
kalchilikni boshqarish ham bank rahbariyati uchun eng muhim vazi-
falardan hisoblanadi.
[88]. Balans buzilishini boshqarish deganda foiz stavkasi xatarini
sug‘urtalash (xejirlash) strategiyasi tushuniladi. Bu strategiya foiz
daromadini keltiruvchi:
bank aktivlari;
pul bozoridagi depozitlar;
zayomlar bilan bog‘liq bo‘lgan narxlarning amal qilish muddati;
narxlarning o‘zgarishi ehtimolini tahlil qilishni talab qiladi.
Agar boshqaruvchi aniq har bir davr uchun aktivlar va passivlar
o‘rtasidagi tenglikni ta’minlasa, foiz stavkasining bozordagi o‘zgarishi
bank faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Agar qayta baholanishi lozim bo‘lgan aktivlar miqdori shunday
passivlar miqdoriga teng bo‘lmasa, foiz stavkasidagi o‘zgarishlarni
sezuvchi aktivlar va passivlar o‘rtasida tengsizlik (disbalans) yuzaga
keladi.
Tengsizlik
(disbalans)
=
Foiz stavkasining
o‘zgarishini sezuvchi
aktivlar
–
Foiz stavkasining
o‘zgarishini sezuvchi
passivlar
Aniq har bir davr ichida (kun, hafta va h.k) foiz stavkasidagi o‘z-
garishni sezuvchi aktivlar hajmi xuddi shunday xususiyatga ega bo‘lgan
passivlar hajmidan ortiq bo‘lsa, u holda bank balansida ijobiy tengsizlik
yuzaga keladi, yoki boshqacha qilib aytganda, balansning aktivlar
bo‘yicha sezuvchanlik darajasi yuqori bo‘ladi:
Sezuvchanlik nati-
jasidagi ijobiy
tengsizlik
Foiz stavkasining
o’zgarishini sezu-
vchi aktivlar
Foiz stavkasining
o’zgarishini sezuvchi
passivlar
>
Qayta baholanishi lozim
bo‘lgan bank aktivlari narxi
(foiz stavkasining o‘zgarishini
sezuvchi aktivlar)
Qayta baholanishi lozim bo‘lgan
bank passivlarining narxi
(foiz stavkasining o‘zgarishini
sezuvchi aktivlar)
=
135
Aksincha, agar foiz stavkasidagi o‘zgarishni sezuvchi passivlarning
hajmi shu xususiyatga ega bo‘lgan aktivlar hajmidan yuqori bo‘lsa, u
holda balansda salbiy tengsizlik yuzaga keladi:
Masalan, bank foiz stavkasidagi sezuvchi 500 mln. dollar hajmidagi
aktivlar va 400 mln. dollar hajmidagi passivlarga ega bo‘lsa, bankning
aktiv saldosi (qoldig‘i), ya’ni ijobiy tengsizlik 100 mln. dollarga teng
bo‘ladi. Agar foiz stavkasi ko‘tarilsa, sof foiz marjasi ham ortadi.
Natijada bank daromadi ortadi. Foiz stavkasi miqdori pasayganda, sof
foyda marjasi kamayadi. Ijobiy saldoga ega bo‘lgan bank foiz stavkasi
kamayganda daromadini yo‘qotadi. Foiz stavkasidagi o‘zgarishni se-
zuvchi aktiv va passivlar hajmining teng bo‘lishi, bankning foiz stavka-
si xataridan himoya qiladi. Bunday holda aktivlar bo‘yicha foiz tushum-
lari va passivlar bo‘yicha foiz chiqimlari teng bo‘lib, balans buzilishi
yuzaga kelmaydi va sof marjasi barqaror, ya’ni mustahkam bo‘ladi.
Hozirgi paytda balans buzilishini boshqarishni bir necha usullaridan
foydalanilmoqda:
bankning sof foyda marjasi ko‘zda tutilgan darajaga etishini
ta’minlovchi ma’lum bir davrni belgilab olish zarur (masalan, bir yil
yoki olti oy);
sof foiz marjasining qanday maqsadlarga yo‘naltirilishini aniqlab
olish lozim, ya’ni sof foiz marjasi o‘rnatilgan darajada qoladimi, yoki
imkoniyat bo‘lsa, uni ko‘tarish lozimmi, shu masalani hal qilish kerak;
agar bank rahbariyati sof foiz marjasining ortishini istasa, foiz
stavkasining o‘sishini aniq belgilab olishi yoki daromad va xarajat
orasidagi farqni oshirish maqsadida o‘z aktivlari va passivlarini qayta
taqsimlash yo‘llarini topishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: