Yakuniy biznes. 1-Savol. Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi deganda nimani tushunasiz?


-modda. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi



Download 102,59 Kb.
bet28/55
Sana21.05.2022
Hajmi102,59 Kb.
#605911
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
Yakuniy biznes nazariy savollar.

31-modda. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi jamiyatning ustavida belgilangan muddatlarda, lekin yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan chaqiriladi.
Jamiyatning ustavida jamiyat faoliyatining yillik natijalari tasdiqlanadigan jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish muddati belgilanishi kerak. Jamiyat ishtirokchilarining mazkur umumiy yig‘ilishi moliya yili tugaganidan keyin kechi bilan olti oy ichida o‘tkazilishi kerak.
32-modda. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyatning ustavida belgilangan hollarda, shuningdek, agar bunday umumiy yig‘ilishni o‘tkazishni jamiyatning va uning ishtirokchilarining manfaatlari taqozo etsa, boshqa hollarda ham o‘tkaziladi.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan:
jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining jami kamida o‘ndan biriga ega bo‘lgan jamiyat ishtirokchilarining;
jamiyat kuzatuv kengashining;
jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan chaqiriladi.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi zarur hollarda jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan uning tashabbusiga binoan chaqirilishi mumkin.
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talab olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida mazkur talabni ko‘rib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish haqida yoki uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan faqat quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talabni taqdim etishning ushbu Qonunda belgilangan tartibiga rioya etilgan bo‘lmasa;
agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalardan birortasi ham uning vakolatlari jumlasiga kirmasa.
Agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talab olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida bu talabni kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritishi shart. Kuzatuv kengashi uch kun ichida mazkur talabni ko‘rib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida yoki ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalarning biri yoki bir nechasi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jumlasiga kirmasa yoki qonunchilikning talablariga mos bo‘lmasa, mazkur masalalar kun tartibiga kiritilmaydi.
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalar ta’rifiga o‘zgartishlar kiritishga, shuningdek jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishning taklif qilingan shaklini o‘zgartirishga haqli emas.
Jamiyat ishtirokchilari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalar bilan bir qatorda, jamiyatning ijro etuvchi organi o‘z tashabbusi bilan unga, kun tartibi rasmiy ravishda o‘qib eshittiriladigan kundan kechiktirmay, qo‘shimcha masalalar kiritishga haqlidir.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday umumiy yig‘ilish uni o‘tkazish to‘g‘risidagi talabnoma olingan kundan e’tiboran qirq besh kundan kechiktirmay o‘tkazilishi shart.
Agar ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan yoki uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi uni o‘tkazishni talab qilayotgan organlar yoki shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin. Bunday holda jamiyatning ijro etuvchi organi mazkur organlar yoki shaxslarga jamiyat ishtirokchilarining manzillari ko‘rsatilgan ro‘yxatni taqdim etishi shart. Umumiy yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish, uni chaqirish va o‘tkazish xarajatlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyatning mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin.

Download 102,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish