Yakuniy biznes. 1-Savol. Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi deganda nimani tushunasiz?


-modda. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning huquqiy holati



Download 102,59 Kb.
bet25/55
Sana21.05.2022
Hajmi102,59 Kb.
#605911
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Bog'liq
Yakuniy biznes nazariy savollar.

5-modda. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning huquqiy holati
Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir.
Jamiyat, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Jamiyat o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan yeri ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishga haqli. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning tanloviga ko‘ra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
.
Jamiyat o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli.
Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin.
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi.
Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat hozirda eng ko‘p tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik subekti hisoblanadi. Nima uchun tadbirkorlar aynan ushbu yuridik shaxs shaklini tanlashyapti?


Avvalambor, mas’uliyati cheklangan jamiyatda:
– jamiyat muassislarning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas;
– jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar. Mazkur qoidaga ko‘ra kreditorlar o‘z hissasini to‘liq qo‘shmagan ishtirokchilardan ustav fondiga qo‘yilmagan miqdordagi ulushini talab qilishga haqli.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining soni ellik nafardan ortib ketmasligi lozim. Agar ishtirokchilarning soni yuqoridagi miqdordan ortib kesa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyatiga yoki ishlab chiqarish kooperativiga aylantirilishi lozim. Agar belgilangan muddatda jamiyat qayta tashkil etilmasa yoki undagi ishtirokchilarning soni kamaytirilmasa, jamiyat sud orqali tugatiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan bir qatorda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ham mavjud. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning faoliyati asosan mas’uliyati cheklangan jamiyatga oid huquq normalari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 63-moddasiga muvofiq qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “qo‘shimcha mas’uliyatli” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning o‘ziga xos xususiyati uning ishtirokchilarini jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi ularning ustav kapitaliga qo‘shgan ulushlari bilan cheklanmaganligidadir, ya’ni jamiyatining ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan, karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida, uning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Download 102,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish