Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasi а. М л ы м о V, Z. M. Otaqo‘z iy e



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/112
Sana04.02.2022
Hajmi2,2 Mb.
#428618
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112
Bog'liq
makroiqtisodiyot kutubxonachi.uz

4. Davlat byudjeti konsepsiyalari
Byudjet kamomadiga boMgan munosabat salbiy hisoblanadi. 
Balanslashgan byudjet g‘oyasi eng mashhur hisoblanadi. Tarixan 
davlat byudjeti holatiga boMgan munosabat uchta konsepsiya orqali 
ilgari surilgan:
1. Byudjetning yiliga balanslashuvi g‘oyasi
2. Byudjetning iqtisodiy sikl fazalari bo‘yicha balanslashuvi 
g‘oyasi (davriylik asosida)
3. Byudjetning balanslashuvi emas, balki iqtisodiyotning balan­
slashuvi g‘oyasi.
Byudjetning yiliga balanslashuvi 
konsepsiyasi deganda iqtiso­
diy siklning har qanday fazasida har yili byudjet harajatlari daromad- 
lariga teng boMishi tushuniladi. Bu degani, masalan agar pasayish
96


davrida byudjet daromadlari (soliq tushumlari) minimal boMganda 
davlat byudjetni balanslashtirish uchun davlat o‘z harajatlarini (dav­
lat xaridi va transfertlami) pasaytirishi kerak boMadi. Davlat xaridlari 
va transfertlami kamaytirish tadbiri esa yalpi talabni va ishlab 
chiqarish hajmini kamayishiga, yanada chuqurroq iqtisodiy pasa- 
yishga olib keladi. Va aksincha, agar iqtisod rivojlanishning 
cho‘qqisiga chiqqan, ya’ni soliq tushumlari maksimal boMgan 
davrida boMsa, davlat harajatlari va daromadlarini tenglashtirish 
uchun davlat harajatlami oshirishi lozim, bunda endi iqtisod yanada 
qizib jonlanadi va inflyatsiyani kuchaytiradi. Xulosa qilib aytish 
kerakki, davlat byudjetini balanslashtirishning bunday yoMini nazariy 
jihatdan to‘g‘ri deb hisoblab boMmaydi.
Byudjetni iqtisodiy sikl fazalari asosida balanslashtirish kon- 
sepsiyasi esa har yili balanslashgan byudjet boMishini zarur deb 
hisoblamaydi. Muhimi byudjet sikl davomida balanslashgan boMishi 
lozim: iqtisod «qizigan» va cho‘qqiga chiqqanda (iqtisodiy faollik yu­
qori boMgan sharoit), byudjet daromadi maksimal boMganda byudjet- 
dagi ortiqchalik resessiya (iqtisodiy faollik minimal boMgan sharoit) 
davrida, byudjet daromadlari keskin kamaygan paytda byudjet taqchil- 
ligini moliyalashtirishda ishlatilishi mumkin. Bu konsepsiya ham 
kamchilikdan holi emas. Gap shundaki, iqtisodiy siklning yuqori 
(cho‘qqi) fazasi va resessiya davri davomiyligi va chuqurliligi bilan 
farqlanadi. Shuning uchun cho‘qqi davridagi byudjetdagi ortiqchalik 
tushkunlik davridagi taqchillik (defisit) bilan mos kelmaydi, shuning 
uchun byudjet balanslashuvini ta’minlash mumkin boMmay qoladi.
Eng keng tarqalgan konsepsiya bu davlatning byudjetni balan- 
slashtirishga qaratilgan emas, balki iqtisodiyotni barqarorlashti- 
rishga erishishni maqsad qilib qo‘ygan konsepsiyasi hisoblanadi. 
Bu g‘oya Keynsning «Bandlikning, foiz va pullaming umumiy 
nazariyasi» deb atalgan kitobida (1936 y.) ilgari surilgan va iqtisodi 
rivojlangan davlatlarda 70-yillaming o‘rtalariga qadar faol qoMlanil- 
gan. Keyns fikricha, davlat byudjeti instrumentlari (davlat harajatlari, 
soliqlar va transfertlar) antisiklik, iqtisodiyotni barqarorlashtiruvchi 
regulyatorlar sifatida siklning turli fazalarida qoMlanilishi kerak 
boMadi. Agar iqtisodda pasayish boMsa, u holda davlat iqtisodiy 
faoliyatni faollashtirish va iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida o‘z 
harajatlarini (davlat xaridi va transfertlami) oshirishi lozim va 
soliqlami pasaytirishi kerak, buning oqibatida esa AD ortadi. Va ak-
.97


sincha, agar iqtisod «qizigan» davmi boshdan kechirayotgan bo‘lsa, 
u holda davlat harajatlami qisqartirib, soliqlami oshirishi lozim, bun- 
ing natijasida iqtisodiy faollik pasayadi va iqtisod «soviydi», bu esa 
barqarorlikni ta’minlab beradi. Davlat byudjetining holati bunda 
hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Keyns nazariyasi resessiya, 
ya’ni iqtisodning pasayish davri bilan kurashishga yo‘naltiriIgani va 
unda eng avvalo byudjetni tartibga solishda uning instrumentlari 
(davlat xaridi va transfertlami, ya’ni byudjet harajatlarini oshirish va 
soliqlami, ya’ni daromadlami kamaytirish) dan foydalanishni tatbiq 
etish lozimligi sababli, bu nazariya «moliyaviy kamomad (defisit) » 
g‘oyasiga asoslangan. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda 50-60 yil- 
larda bunday keynsian reseptining qoMlanilishi 70-yillar o‘rtalariga 
kelib byudjet taqchilligining surunkali bo‘lib qolishiga va makroiqti­
sodiy muammolardan biri hisoblanib, inflyatsion jarayonlami ku- 
chayishiga olib keldi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish