2. Davlat byudjeti holatining ko‘ rinishlari
Davlat harajatlari va daromadlari o‘rtasidagi farq davlat byudjeti
saldosini tashkil etadi. Davlat byudjeti ko‘rinishi uch holatda boMishi
mumkin:
1. Daromadlar harajatlardan yuqori (T > G), byudjet saldosi
musbat, bunda davlat byudjeti ortiqchaligi (profisit) kuzatiladi
2. Daromadlar harajatlarga teng (T = G), byudjet saldosi 0 ga
teng, ya’ni byudjet balanslashgan boiadi.
3. Daromadlar harajatlardan kam (T < G), byudjet saldosi man-
fiy, ya’ni davlat byudjeti taqchilligi (defisit) kuzatiladi.
Iqtisodiy siklning turli fazalarida davlat byudjeti holati turlicha
boMadi. Pasayish fazasida byudjet daromadi qisqaradi (chunki iqtisodiy
faollik susayadi va oqibatda soliq bazasi kamayadi), shuning uchun dav
lat byudjeti taqchilligi (agar u awaldan mavjud boMgan boMsa) ortadi,
profisit (agar u mavjud boMgan boMsa) qisqaradi. Yuqori, ya’ni cho‘qqi
deb atalmish fazada aksincha, byudjet defisiti kamayadi (chunki soliq
tushumlari, ya’ni byudjet daromadi ortadi), profisit esa ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |