68
va elat
ajdodlari bilim boyliklaridan, tajriba va tarixiy saboqlaridan, obod-axloq,
ta’lim-tarbiyaga oid о‘gitlari va yо‘l-yо‘riqlaridan foydalanadi, bularsiz yashay
olmaydi.
О‘tmishga,
madaniy merosga hurmat-bu, birinchi galda, uning
yaratuvchisi, kо‘z qorachig‘idek avaylab-asrovchi va rivojlantiruvchisi bо‘lgan xalq
ommasiga kо‘rsatilgan izzat-ikrom, mehr-oqibatdir. О‘zining о‘tmish tarixiga,
madaniyatiga,
tarixiy merosiga, milliy an’analariga katta e’tibor va hurmat bilan
qaraydigan xalqning istiqboli porloq bо‘ladi. О‘tmishdoshlarimizga bizlar qanday
munosabatda bо‘lsak, nasl-nasabimiz ham bizlarga xuddi shunday javob
qaytarishadi. О‘tmishimizni qanchalik yaxshi bilsak va e’zozlasak, hozirgi davrni,
mustaqilligimiz istiqboli va ahamiyatini shunchalik
chuqur va mukammal
tushunamiz.
Xalqimizning madaniy-ma’naviy boyliklari va milliy qadriyatlarini tо‘la,
oqilona egallash va rivojlantirish hozirgi avlodning vazifasidir. Gap о‘tmish
madaniy-ma’naviy boyliklariga ega bо‘lishdagina emas, balki uni chuqur egallab,
yangi yuksak bosqichga kо‘tara bilishdadir.
Totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik yillarida xalqimiz о‘tmishiga hadeb tosh
otish, uni butkul qoralash sovet mafkurasiga xos holat edi. Bu ashaddiy
madaniyatsizlik va siyosiy kaltabinlik, odob-axloqsizlikdan boshqa narsa emas edi.
Buni boshqacha ta’riflab ham, tavsiflab ham bо‘lmaydi.
Yurtboshimiz
aytganlaridek, ba’zi bir bо‘sh-bayov, siyosiy irodadan mahrum bо‘lgan, о‘z xalqi
or-nomusi, qadr-qimmati va g‘ururini himoya qilishga jur’at eta bilmagan mahalliy
rahbarlar amal pillapoyasidan kо‘tarilishga umidvor bо‘lib, о‘z avlod-ajdodlarining
urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlarini mensimadilar. Xalqning urf-odatlari,
an’analari, madaniyatini obdon oyoq osti qilinishiga yо‘l qо‘yib berdilar va о‘zlari
bunga hattoki bosh-qosh ham bо‘ldilar.
Milliy madaniy-ma’naviy, axloqiy tarixiy qadriyatlarga bо‘lgan
munosabat
masalasida ham jiddiy xatoliklarga yо‘l qо‘yildi. О‘zlarini ilmning hamma sohasini
yakayu yagona bilag‘oni deb atagan kommunistik mafkura targ‘ibotchilari о‘z
faoliyatlarida о‘tmishdan qolgan barcha madaniy merosni butunlay inkor etish
69
yо‘liga о‘tib oldilar. Navoiy, Bobur, Ulug‘bek, Yassaviy, Mashrab,
Nodirabegim
singari allomalar feodalizm davri namoyandalari, deb e’lon qilinib, ularning
meroslarini о‘rganish tо‘la, xolisanlillo baho berish imkoniyatiga
ega emas edi. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan bо‘lgan bunday
adolatsiz munosabat О‘zbekiston davlat mustaqilligiga
erishgunga qadar davom
etdi.
Erishilgan mustaqillik xalqimiz madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga keng yо‘l
ochib berdi. О‘zbekistonda hozir madaniy merosimizga alohida e’tibor bilan
qaralmoqda, juda kо‘plab ilmiy, badiiy, tarixiy, falsafiy asarlar, qadimiy
qо‘lyozmalar ketama-ket nashr qilinib turibdi. Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash
va ta’mirlash ishlari allaqachonoq boshlab yuborildi.
Xalqimiz dahosi bilan yaratilgan va g‘ayriqonuniy
ravishda jumhuriyatdan
tashqariga olib ketilgan, milliy boylik bо‘lgan san’at asarlarini, qimmatli
qо‘lyozmalarni izlab topish, О‘zbekistonga qaytarish chora-tadbirlari kо‘rilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: