Internet saytlari
112
www.gov.uz
www.Lex.uz
www.ziyonet.uz
www.edu.uz
www.bilim.uz
www.google.uz
www.Vikipedia.ru
www.psyfaсtor.org
www.utro.ru
www.eso-online.ru/netradiсionnaya reklama/roli reklamy
www.reсlamсa.ru
www.nrtm.ru
Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat
instituti “Madaniyatshunoslik” mutaxassisligi 2- kurs
magistranti Boysunov Jonbekning “Ma’naviyatni anglash –
ijtimoiy madaniy faoliyat takomillashuvining omili”
mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga ilmiy rahbar
xulosasi
Boysunov Jonbekning magistrlik dissertatsiyasi kirish, III- bob, VI-
paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.dissertatsiyaning I-
bobida ma’naviyat va ma’rifat taraqqiyoti ma’naviy ehtiyojni shakllantirish
omillari uning jamiyat taraqqiyotidagi roli haqida fikr mulohazalar bildirilgan
113
bo’lsa, II – bobida uni targ’ib etuvchi va shakllantirishda muhim sohalardan biri
ijtimoiy – madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi haqida bayon etilgan.
Ma’limki bugungi kunda ijtimoiy – madaniy faoliyat sohasi sobiq ittifoq
davridan mutloqo farq qilib, erkin islohatlar olib borilishi natijasida alohida fan
tizimi asosida shakllantirilib, oliy o’quv yurtlarida o’qitilmoqda.
Dissertatsiyaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, unda ijtimoiy –
madaniy faoliyatning o’zi nima ekanligi va uning fenomeni ko’rsatib berilgan
hamda, tarixiy dalillar bilan ilmiy asoslangan. Bu esa, har jihatdan bajarilgan
ishning saviyasining oshiradi. Ijtimoiy – madaniy faoliyat juda keng qamrovli
faoliyat bo’lib, uning bir qirrasi – madaniyat uylari misolida izohlab berilishi,
dissertatsiyaning III – bobida to’la qonli asoslagan.
Har bir bajarilgan ish, o’z mazmun mohiyati jihatidan amaliy asosga ega
bo’lishi lozim. Binda esa madaniyat uylarining bugungi kundagi ahvoli va
o’tmishi, faoliyat tizimi hamda uning barkamol avlod tarbiyasiga ko’rsatayotgan
ta’siri, kelajakda bajarilishi kerak bo’lgan vazifalar borasida o’tkazilgan
tadqiqotning natijalari muhimdir.
Barkamol avlodga ma’naviy qadriyatlarni singdirish, jamiyat taraqqiyotida
muhim shaxslar qilib tarbiyalash, mafkuraviy tahdidlardan asrash, bugungi kun
globallashuv jarayoning aktual muammosi bo’lgani uchun, buni o’rganish va
bartaraf etish chora - tadbirlarini ishlab chiqish, madaniyat muassasalari xususan
madaniyat uylari vazifalaridan hisoblanganligi uchun, dissertant ushbu
masalalardagi kamchilik va muammolarni izohlab berishga harakat qilgan va
o’zining ilmiy salohiyati va imkoniyatidan kelib chiqqan holda tavfsiyalar berga.
Umuman olganda dissertatsiya me’yoriy talablarga javob beradi. Biroq
ju’ziy xatolardan holi emas. Bunga ijtimoiy – madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi
bobini yoritishda, juda kam manbaalardan foydalanganligi bois, muayyan darajada
bobni yoritishga harakat qilingan. Yana bir kamchilik bu unda imloviy xatolarni
borligidir. Dissertatsiyani ijobiy baholab, uni himoyaga tavfsiya etaman.
114
Ilmiy rahbar:
t.f.d.professor: Mavrulov A.
115
116
117
Do'stlaringiz bilan baham: |