X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Nazorat savollari: 
1.
Efiopiya-Somali tabiiy geografik o’lkasiga tavsif bering? 
2.
Sharqiy Afrika tabiiy geografik o’lkasiga tavsif bering? 
3.
Sharqiy Afrika yassi tog’ligining boshqa o’lkalardan farqini ayting? 
4.
O’lka tabiatini muhofaza qilishga oid qanday ishlar amalga oshirilgan? 
1.7.4. JANUBIY AFRIKA TABIIY GEOGRAFIK RAYONI 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
Janubiy Afrika yassi tog’ligi, Kap, Madagaskar 
oroli,
 
plato, Kalaxari, Namib, Kryuger milliy parki, Katta va Kichik Karru botig’i. 
Materikning janubiy qismini tashkil etib, uning shimoliy chegarasi, Kongo va 
Zambezi daryo havzalari o’rtasidagi suvayirg’ich platodan o’tadi. G’arbiy qismi 
Atlantika okeani va sharqiy qismi Hind okeni suvlari bilan yuvilib turadi. Maydoni 
5 mln. km
2
atrofida. O’lkaning xarakterli xususiyatlari shundan iboratki, uning 
rel’efida yassi tog’liklar va tog’ oralig’i botiqlari yetakchi rol o’ynaydi. Janubiy 
Afrika tabiiy geografik o’lkasi Janubiy Afrika yassi tog’ligi, Kalaxari botig’i, 
Drakon va Kap tog’laridan tarkib topgan. Janubiy Afrika qirg’oqlari yaqinida 
joylashgan Madagaskar oroli alohida tabiiy geografik o’lkani tashkil etadi. 
Janubiy Afrika yassi tog’ligi. 
Janubiy Afrika yassi tog’ligi kembriydan oldin 
hosil bo’lgan platformada joylashgan. Uning asosini tashkil etuvchi qadimiy kristall 
jinsli poydevori gorizontal yotgan kontinental yotqiziqlar bilan qoplangan. Yassi 
tog’likning rel’efida ichki tog’ oralig’i botiqlari va ularni o’rab turgan arxey, 
proterozoy eralarining qadimiy kristall jinslaridan tarkib topgan ko’tarilmalar 
hukmronlik qiladi. Ichki botiqlarni o’rab turgan ko’tarilma poydevorlar balandligi 
1200-2500 m keladigan bir qator platolar, balandliklar va tog’larni hosil qiladi, ular 
ichki rayonlardan atrofga qarab asta-sekin ko’tarilib boradi. Limpopo daryosidan 
shimolda Matabele platosi, janubda Baland Veld va Yuqori Karru platolri, g’arbiy 
qismida Kaokofeld, Damara, Namakva platolar polosasi cho’zilgan. Shimolda 
Katanga platosi Zambezi va Kongo daryo havzalari o’rtasida suvayirg’ich vazifasini 
bajaradi.
Janubiy Afrika yassi tog’ligining g’arbidagi va shimoli-sharqidagi baland 
platolar kembriygacha bo’lgan kristall jinslardan tarkib topgan. Janubda kristall 
jinslar ancha chuqurlikda joylashgan bo’lib, ularning yuzasi perm-trias davrlarining 


54 
laguna yotqiziqlari bilan qoplangan. Ayrim joylarda bu tog’ jinslarini lavalar yorib 
chiqib, alohida-alohida tog’ massivlarini hosil qilgan. Shulardan biri balandligi 3000 
m gacha ko’tarilgan Basuto massividir. Baland platolar ichki rayonlardan chekka 
tomon ko’tarila borib, sharqda, janubda va g’arbda tik yonbag’irli Rodjers 
Pog’onasini yoki Katta Pog’onani hosil qiladi. Pog’onaning tashqi yonbag’irlari 
erozion jarayonlar tufayli kuchli parchalangan. Katta Pog’ona sharqda Limpopo 
daryosi yaqinidan boshlanib, janub orqali yarim aylana hosil qiladi va g’arbda 
Kunene daryosigacha davom etadi. Uning uzunligi Janubiy Afrika bo’ylab
2000 km 
masofaga cho’zilgan. Pog’onaning eng baland nuqtasi Drakon tog’laridagi Basuto 
massivining Katkin-Pik cho’qqisi (3657 m) Janubiy Afrika o’lkasining eng baland 
nuqtasi hisoblanadi.
Katta 
Pog’ona materikning janubiy qismida Nyuvefeldberge va 
Roxxefeldberge tog’ tizmalarini hosil qiladi. Bu tizmalardan janubda joylashgan 
Katta Karru botig’i Kap tog’ tizimini Afrika platformasidan ajratib turadi. G’arbda 
Katta Pog’ona Atlantika bo’yi pastekisligiga parallel ravishda janubdan shimolga 
tomon cho’zilgan. Atlantika sohilining Oranj va Kunene daryolari oralig’ida 
qirg’oqbo’yi Namib cho’li joylashgan. Janubiy Afrika materikning foydali 
qazilmalarga eng boy hududi hisoblanadi. Cho’kindi jinslarning karru 
formasiyasidan toshko’mir qazib olinadi. Platformaning kristall va vulkanik 
jinslarida temir, mis, marganes, qalay, qo’rg’oshin, vanadiy, uran, platina, rux 
rudalari keng tarqalgan. Yassi tog’likning barcha qismida oltin va olmos konlari bor.
Janubiy Afrika yassi tog’ligi kontinental iqlimli, harorati baland, yog’in kam 
yog’adigan, dasht, chala cho’l va cho’l landshaftlari keng tarqalgan o’lka 
hisoblanadi. Hind okeanidan esadigan janubi-sharqiy passatlar yassi tog’likning 
sharqiy qismiga ta’sir etib iqlimni mo’tadillashtirib turadi. Bu yerga yog’inni 
Mozambik iliq oqimi ustidan o’tib keladigan nam tropik havo massasi olib keladi. 
Shuning uchun plato va tog’larning sharqiy yonbag’irlariga, Zambezi havzasining 
quyi qismiga yiliga o’rtacha 1500 mm, Drakon tog’ yonbag’irlariga 1000 mm dan 
ko’proq yomg’ir yog’adi. Janubiy Afrikaning eng qurg’oqchil hududi Namib cho’li 
hisoblanadi. 
Hind okeanidan keladigan nam tropik havo massasi Atlantika okeani sohillariga 
yetib kela olmaydi. Atlantika okeani ustida vujudga kelgan antisiklonning sharqiy 
chekkasi Bengala sovuq oqimi ustida
yanada kuchayib, materikning qirg’oqbo’yi 
pastekisliklariga kuchli ta’sir etadi. Bu salqin havo materik ustida bir oz qiziydi va 
hech qanday yog’in bermaydi. Chekka tog’lardan oshib o’tgan passatlar ichki 
platolarga va botiqlarga kam miqdorda yog’in keltiradi, Zambezi va Kalaxari 
botiqlarida 250-300 mm gacha yomg’ir yog’adi. Kalaxarining g’arbiy qismida 
Atlantika va Hind okeanlaridan esadigan passatlar o’zaro to’qnashib, havo frontini 
hosil qiladi va yog’in miqdorini 400-500 mm gacha ko’payishiga sabab bo’ladi. 
Havo harorati kenglik va balandlik bo’ylab o’zgarib boradi. Eng yuqori harorat 
Janubiy Afrikaning sharqiy tekislik qismi uchun xarakterli. Mozambikda o’rtacha 
oylik harorat +27°+29°S ga teng. Yassi tog’likning ko’pchilik hududlarida yoz 
oylarining kunduzgi harorati +20

S atrofida bo’ladi. Oranj daryosining quyilish 
joyida eng issiq oyning o’rtacha harorati +15°S dan yuqori ko’tarilmaydi. Umuman 


55 
Atlantika okeani sohilida sovuq oqimning ta’siri tufayli o’rtacha harorat +12° +15°S 
ni tashkil etadi. Maksimal harorat o’lkaning hech bir joyida +40°S dan yuqori 
ko’tarilmaydi. 
Janubiy Afrika yassi tog’ligida yog’inning kam bo’lishi tufayli daryo to’ri 
yaxshi rivojlanmagan. Bu o’lkaning eng yirik va sersuv daryolaridan biri Zambezi 
bo’lib, uning suv rejimi yomg’ir fasliga bog’liq. Undan keyin kattaligi jihatidan 
ikkinchi va uchinchi o’rinlarda Oranj va Limpopo daryolari turadi. Barcha 
daryolarda sharsharalar va ostonalar keng tarqalgan. Yassi tog’likning ichki platolari 
va botiqlari berk havzani tashkil etadi. Berk havzaga qarashli daryolar o’z suvini 
botiqlardagi sho’r ko’llarga va botqoqliklarga quyadi. O’lka shimolidagi baland 
platolarda va tekisliklarda shamshod daraxti, qizil buk va karam palmalaridan tashkil 
topgan siyrak o’rmonlar uchraydi. Bu yerda tropik jigar-rang-qizil tuproqlar keng 
tarqalgan. Ayrim joylarda siyrak o’rmonlar savannalar bilan almashinadi. 
Savannalarda shimoliy yarim shardagiga o’xshash baland bo’yli boshoqli o’tlar, 
ulkan baobablar, akasiyalar va xilma-xil palmalar o’sadi. 1000 m dan balandda 
tikanli butazorlar va baland o’tlar mintaqasi joylashgan. Undan yuqorida tipik al’p 
o’tloqzorlari keng tarqalgan. 
Yassi tog’likning katta qismi kserofit o’simliklar bilan qopangan. Ichki 
hududlarda asosan butalar va quruq dasht o’simliklari o’sadi. Ularning qiyofasi nam 
va quruq fasllarga bog’liq keskin o’zgarib turadi. Sharqdan g’arbga borgan sari 
yog’in miqdorining kamayishi kserofit o’simliklar ko’payishiga sharoit yaratadi. 
Ularning flora tarkibida piyozli o’simliklar, tikanli akasiyalar, turli xil aloelar 
ko’pchilikni tashkil etadi. O’simlikka eng kambag’al joy Namib cho’li hisoblanadi. 
Bu yerda tomiri yaxshi rivojlangan velvichiyalar va pakana bo’yli tikanli butalar har 
yer har yerda uchrab turadi. Janubiy Afrika yassi tog’ligi rang-barang landshaftlari 
bilan bir qatorda xilma-xil va boy fauna kompleksiga ham ega. Ammo, yovvoyi 
hayvonlarni yillar davomida ko’plab ovlanishi natijasida ularning soni keskin 
kamayib ketgan. Ayniqsa antilopalar, zebralar, jirafalar, fillar, qora qo’toslar va 
karkidonlarning soni juda ham kam qolgan. Hatto yirtqich hayvonlardan arslonlar, 
qoplonlar, sirtlonlar, yovvoyi mushuklar va yovvoyi itlar yo’qolib ketish arafasida 
turibdi. Shuning uchun yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish maqsadida 
qo’riqxonalar va milliy bog’lar tashkil etgan. Shulardan eng yirigi va mashhuri 
Kryuger milliy bog’idir. Bu yerda Afrika materigi uchun xos bo’lgan barcha hayvon 
turlari va qushlar to’plangan. 
Bundan tashqari tabiatni muhofaza qilish va uni kelajak avlod uchun asrab-
avaylash maqsadida Markaziy Kalaxari, Chobe, Mangadingadi-Pans qo’riqxonalari, 
Gemsbok, Kalaxari-Xemsbok, Uanki, Chobe, Kafue milliy bog’lari tashkil etilgan.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish