X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


yonbag’irlaridagi  mo’tadil iqlim mintaqada o’rtacha oylik harorat yil davomida +15°+20° S atrofida



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 
yonbag’irlaridagi 
mo’tadil iqlim mintaqada o’rtacha oylik harorat yil davomida +15°+20° S atrofida
 
bo’ladi. Qish oylarida harorat -5°S gacha pasayadi, yog’in miqdori 1300 mm ni 
tashkil etadi. Bu mintaqa hududida Efiopiyaning poytaxti Addis-Abeba shahri 
joylashgan. 2400 m dan yuqorida sovuq iqlim mintaqasi boshlanadi. Bu mintaqada 
havo ancha salqin, aprelning o’rtacha harorati +16°S va dekabr oyiniki +13°S 


50 
atrofida bo’ladi. 4000 m dan balandda qish oylarida qor yog’adi. Tog’larning asosiy 
qismiga va baland tog’ massivlarining g’arbiy yon bag’irlariga yog’inni Atlantika 
okeanidan esuvchi janubi-g’arbiy va g’arbiy nam musson shamollari olib keladi. 
Efiopiya tog’ligidan ko’plab ostonali, sharsharali sersuv daryolar boshlanadi va 
chuqur vodiylar hosil qilib oqadi. Tog’likning shimoliy qismidan Ko’k Nil, Atbara, 
Takkaze, Avash daryolari, janubiy qismidan Sobat, Omo, Juba, Vabi-Shabali 
daryolari boshlanadi. Bulardan Omo daryosi Rudolf ko’liga va Juba daryosi Hind 
okeaniga quyiladi. Quruq iqlimli Somali yarim orolida, Qizil dengiz sohilida va Afar 
botig’ida doimiy oqib turadigan daryolar umuman uchramaydi. Lekin, yomg’irdan 
keyin vaqtincha suv oqadigan quruq o’zanlar juda ko’p. Shuning uchun bu 
hududlarda o’troq holda yashaydigan aholi juda kam uchraydi. O’lkaning cho’l va 
baland tog’ hududlaridan boshqa hamma qismida issiq va nam iqlim sharoitida 
vulkanik jinslarning yemirilishi natijasida hosil bo’lgan qizil rangli tuproqlar keng 
tarqalgan. Efiopiya tog’ligida asosan tog’-qizil
 
va tog’-qo’ng’ir-qizil tuproqlar 
ko’pchilikni tashkil etadi. Uning orasida ba’zi joylarda tog’
-
laterit tuproqlari ham 
uchraydi. Tog’ning g’arbiy qismida va Somali platosida lateritlashgan jigar rang-
qizil tuproqlar, sharqiy cho’l qismida qizg’ish-qo’ng’ir tuproqlar yaxshi rivojlangan. 
Sho’r ko’llar atrofida sho’r va sho’rhok tuproqlar hosil bo’lgan. 
Efiopiya tog’ligida iqlim singari o’simlik qoplami ham aniq
 
ifodalangan 
balandlik mintaqalar hosil qilib joylashgan. Tog’likning quyi yonbag’irlari, janubiy 
qismi va daryo vodiylari doimiy yashil va bargini to’kadigan qalin tropik o’rmonlar 
bilan qoplangan. O’rmonlarda nam tropiklar uchun xarakterli bo’lgan xilma-xil 
palmalar, yovvoyi bananlar, kauchukli lianalar, epifitlar va boshqa tur o’simliklar 
uchraydi. 1700-1800 m dan yuqorida igna barglilardan baland tanali kedrlar, tisa 
daraxtlari hukmronlik qiladi. Efiopiya daraxtsimon sutlamadoshlari, qora archalar, 
soyabonsimon akasiyalar mintaqa hududida yaxshi saqlangan,
 
ba’zi joylarda tipik 
boshoqli savannalarga xos o’simliklar uchraydi. Efiopiya tog’ligining bu hududlari 
kofe daraxtining vatani hisoblanadi. Bu hudud dehqonchiliq madaniyatining eng 
qadimiy markazlaridan biri hisoblanadi. 2400 m dan yuqoridagi sovuq mintaqada 
o’simlik ko’pincha baland tog’ tropik dashtlariga xos bo’lgan turli xil o’tlardan 
tarkib topgan va ulardan yaylov sifatida keng foydalaniladi. Vohalarda xurmo va 
kokos palmalari o’sadi.
Efiopiya-Somali o’lkasining hayvonot
olami turli xil va aralash xarakterga ega. 
Bu o’lkaning fauna kompleksi o’rmonlarga, savannalarga va cho’llarga xos hayvon 
turlaridan tarkib topgan. Efiopiya tog’ligining quyi mintaqa o’rmonlarida fillar, 
karkidonlar, begemotlar yashaydi. Mo’tadil mintaqa o’rmonlarida maymunlarning 
bir necha turlari - gamadrilla, gveres, yashil martishka, endemik geladlar keng 
tarqalgan. Somali savannalarida va Afar botig’i cho’llarida o’txo’r sut 
emizuvchilardan antilopalar, zebralar, qo’toslar, jirafalar ko’pchilikni tashkil etadi. 
Tog’likning baland rayonlarida tog’ echkilari uchraydi. Yirtqich hayvonlardan 
arslon, qoplon, sirtlon va chiyabo’rilar, daryolarda gippopotom va timsohlar 
yashaydi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish