45
Gvineya balandligini o’z ichiga oladi. Iqlimi subekvatorial mintaqadan ekvatorial
mintaqaga o’tkinchi oraliq iqlimdir. Gvineya qo’ltig’ining tekis sohili Shimoliy
Gvineya balandligi bilan o’ralgan. Bu balandlik qirg’oq tomon zinapoyasimon
shaklda pasayib boradi. Uning aksariyat qismining balandligi 500-600 m atrofida,
ayrim joylarda maksimal balandligi 2000 m gacha yetadi. Balandlikning janubiy
yonbag’ri uzunligi 200-300 km ga yetadigan bir qator kichik daryo vodiylari bilan
chuqur kesilgan. Shimoliy Gvineya balandligi qadimiy kristall jinslardan tarkib
topgan. Uning ayrim joylari gorizontal ravishda joylashgan qumtoshlar bilan
qoplangan.
Gvineyaning qirg’oq bo’ylari pastekislik rel’ef shakliga ega bo’lib, dengiz
yotqiziqlari bilan qoplangan. Qirg’oq chizig’i bo’ylab mayda orollar, qum tillari,
lagunalar, ko’llar va dyunalar cho’zilab yotadi. Sohilning sharqiy qismini maydoni
24 000 km
2
keladigan Niger daryosining yirik del’tasi egallagan. Nigerning quyi
oqimidan sharq tomonda Adamava tog’lari joylashgan. Bu tog’lar Gvineya
qo’ltig’iga yaqin joyda Kamerun vulkanik tog’
massivi bilan tugallanadi. Uning eng
baland nuqtasi Kamerun vulqoni (Fako cho’qqisi) okean sathidan 4070 m qad
ko’targan. U o’zining vulkanik faoliyatini hozirga qadar ham to’xtatgan emas.
Gvineya sohili deyarli yil davomida janubi-g’arbiy musson ta’sirida bo’ladi. Dengiz
havosiga ega bo’lgan mussonlar tog’
yonbag’irlariga juda katta miqdorda yog’in
keltiradi. Ayniqsa yog’in qirg’oqlarning janubiy qismida va Kamerun tog’ massivi
yonbag’irlarida yil bo’yi yog’adi. Shimoli-sharqiy passat Gvineya sohillariga qish
paytida kirib keladi va iqlimga ta’sir etadi. Shimoldan kirib kelgan quruq
shamol
havo namligini keskin pasaytiradi.
O’lka hududida atmosfera yog’inlari bir tekis taqsimlanmagan. Kamerun tog’
massivining Atlantika okeaniga qaragan yonbag’ri yiliga 10
000
mm yog’in oladi.
Bu faqat o’lkaning emas, balki butun Afrikaning eng seryog’in joyi hisoblanadi.
Qolgan joylarda yillik yog’in miqdori 2000
mm dan 3000
mm gacha o’zgaradi.
Janubi-g’arbiy qismlarda yog’in miqdori 1000
mm ga ham yetmaydi. Shunday
joylardan biri Gvineya qo’ltig’ining shimoliy sohilida joylashgan Akkra shahri va
uning atrofida yiliga 600-700 mm yog’adi.
Gvineya sohillari qadimda tropik o’rmonlarga boy bo’lgan. Keyinchalik
ularning maydoni inson xo’jalik faoliyati tufayli keskin qisqargan. Kesilib ketgan
o’rmonlar o’rniga yog’ beradigan palma, shokolad daraxti va shakar qamish
plantasiyalari barpo etilgan. Bu yerning o’rmonlari uchun seyba daraxti yoki tola
beradigan paxta daraxti, orxideylar, paporotniklar (qirqquloqlar) xarakterlidir.
Gvineya tropik o’rmonlarida Amerikada o’sadigan va kaktuslar oilasiga mansub
bo’lgan yovvoyi holda o’suvchi
ripsalis kaktusi
uchraydi. Bulardan tashqari
o’rmonlarda kigeliya yoki kolbasa daraxti, liberiya kofe daraxti o’sadi. Daraxtlar
kesilib ketgan joylarda savannalar ham vujudga kelgan. Gvineyaning suv bosadigan
sohillarida va daryo del’talarida mangra o’rmonlari keng polosa bo’ylab tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: