38
5. Ngorongora
5. Kabarega
30. Kisama
6. Finna
6. Janubiy
31. Uest-Lunga
7. Kizingo
7. Garamba
32. Lukusuzi
8. Rungva
8. Kilimanjaro
33.Kalaxari-Xemsbok
9. Borgu
9. Niokolo-Koba
34. Kryuger
10. Singu
10. TSavo
35. Uanki
11. Pama
11. Maraxue
36. Sioma-Ngvezi
12. Arli
12. Tai
37. Gorongoza
13. Kujani
13. Ruaxa
38. Lavushi-Manda
14. Bodinko
14.Lenjari
39. CHobe
15. Ugalla
15. Dubl-8
40. Maiko
16. Lvando
16. Komoe
41. Mole
17. Milando
17. Dja
42. Manda
18. Lefini
18. Salonga
43. Faro
19. Lekoli-Paidaka
19. Virunga
44. Bubanjida
20.Sentral-Kalaxari
20.Mveru-Vangalya
45. Benue
21. Norva
21. Mikumi
46. Kasungu
22. Faldam
22. Sumbu
47. Kasguz
23. Selus
23.Davushi-Manda
48. Marsabit
24. Chobe
24. Isangano
49. Nika
25. Maktadikgadi
25. Nort-Luangva
50. Lusenga-Pleyn
Nazorat savollari:
1.
Materikda o’simlik dunyosining rivojlanishi, tarqalish
geografiyasi haqida
ma’lumot bering?
2.
Materikda shakllangan floristik oblastlar va ularning geografik tarqalishi
qanday xususiyatga ega?
3.
Afrika materigi hayvonot dunyosining o’ziga xos tomonlarini ayting?
4.
Materikda qanday tabiat zonalari shakllangan va ularning tavsifini bering?
5.
Materikda qanday milliy bog’ va qo’riqxonalar shakllangan?
6.
Afrika materigi tabiatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ayting?
1.7. AFRIKA MATERIGINI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH
1.7.1. SHIMOLIY AFRIKA TABIIY GEOGRAFIK RAYONI
Tayanch so’z va iboralar:
landshaft zonalari, tabiiy geografik rayon, Atlas
tog’lari, Sahroi Kabir cho’llari, Sudan tekisliklari, sirokko shamoli, daryo vodiylari.
Afrika hududining asosiy qismida geologik strukturaning va rel’ef
shakllarining deyarli bir xil tuzilishi tufayli katta-katta
maydonlarda landshaft
39
komplekslari ham bir xil ko’rinish xususiyatiga ega. Ularning o’zgarishi iqlimning
o’zgarishiga bog’liq holda asta-sekin yuz beradi. Shimoliy Afrikaning rel’efi asosan
tekis bo’lganligi uchun landshaft zonalarining shimoldan janubga tomon o’zgarishi
va almashinishi muayyan ravishda sodir bo’ladi. Bu yerning orografiyasi ham
landshaftlarning shakllanishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsata olmaydi.
Materikning sharqiy qismida tektonik harakatlar faollashgan
zonaga duch kelgan
Afrika platformasida baland tog’
massivlari vujudga kelgan,
tektonik yoriqlar va
uzilmalar hosil bo’lgan, vulkanizm rivojlangan. Bunday orografik o’zgarishlar
atmosfera yog’inlari va haroratning notekis taqsimlanishiga,
balandlik
mintaqalarining shakllanishiga va ular tarkibining murakkablashishiga sabab
bo’lgan. Natijada Afrika hududida xilma-xil zonal-hududiy landshaft komplekslari
vujudga kelgan.
Materikni tabiiy geografik rayonlashtirishda T.V.Vlasova (1987)
uning
hududini 4 ta yirik rayonga - Shimoliy, Sharqiy, Markaziy
va Janubiy Afrikaga
bo’ladi. A.M.Ryabchikov, L.A.Mixaylovalar materik yuzasining tuzilishiga va
balandlik xususiyatlariga asoslanib, dastlab uni ikkita katta qismga - Past va Baland
Afrikaga bo’lishadi. So’ngra ularning tarkibida bir necha tabiiy geografik o’lkalarni
ajratishadi. Quyida Afrikaning 4 ta tabiiy geografik rayonlari
va ularga taalluqli
bo’lgan tabiiy geografik o’lkalari bilan tanishamiz.
Shimoliy Afrika materikning shimoliy va shimoli-g’arbiy katta qismini tashkil
etadi. Uning aksariyat qismi mutloq balandligi 1000 m dan oshmaydi. Shimoliy
Afrika tarkibiga Atlas tog’lari, Sahroi Kabir cho’llari, Sudan tekisliklari kabi tabiiy
geografik o’lkalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: