43
vujudga kelgan. O’lkaning chekka qismlarida va ayrim tog’li hududlarida ko’llar
kam uchraydi.
Sahroi Kabirning tuproq qoplami tropik cho’l va chala cho’lga xos bo’lgan
oddiy tuproqlardir. Qumli va toshloq cho’llarda tuproqlar deyarli rivojlanmagan,
o’simliklar umuman o’smaydi. Boshqa joylarda o’simliklar
juda siyrak, o’lka
hududida o’simliklarning 1200 turi mavjud. Ular qurg’oqchilikka chidamli qattiq
boshoqli o’tlardan, butazorlardan va yog’indan keyin o’sib chiqadigan efemerlardan
tashkil topgan. Cho’lning shimoliy qismida O’rta dengiz atrofiga xos oleandr,
zaytun, yovvoyi pista, yuyuba kabi o’simliklar, janubda akasiya, yulg’un, chakanda
o’simliklari o’sadi. Hayvonot olami tuproq va o’simlik qoplamiga nisbatan ancha
xilma-xil. Bu yerda hayvonlarning 400 turi yashaydi, shulardan 60
tasi sut
emizuvchilar. Antilopalar, muflonlar, g’izollar shular jumlasidandir. Yirtqichlardan
tulki, chiyabo’ri, gepard, sirtlonlar, kemiruvchilardan qo’shoyoq, qumsichqon, cho’l
quyoni yashaydi. Cho’l hayvonlarining ko’pchiligi tungi hayot kechiradi.
Sudan.
Sudan tabiiy geografik o’lkasi Shimoliy Afrika tropik cho’llari va fasliy
nam subekvatorial o’rmonlari oralig’ida joylashgan. O’lka hududi shimoldan
janubga tomon 1000 km masofaga va g’arbdan sharqqa 5500 km masofaga
cho’zilgan, maydoni 5 mln. km
2
ga teng. O’lkaning rel’efi oddiy tuzilgan bo’lib,
qo’shni o’lkalar rel’efidan keskin farq qilmaydi. Yer yuzasi tuzilishining asosiy
xususiyati shundan iboratki, qadimiy sinklizalarda shakllangan keng yassi botiqlar
bir-biridan kristall jinslardan tarkib topgan tog’ massivlari orqali ajralib turadi.
Botiqlar bo’r,
paleogen, neogen va to’rtlamchi davrlarga mansub bo’lgan katta
qalinlikdagi cho’kindi yotqiziqlar bilan qoplangan. G’arbdan sharqqa tomon ketma-
ket joylashgan Niger, Chad, Oq Nil botiqlarining yer yuzasi okean sathidan 200-400
m gacha ko’tarilgan. Ular balandligi 1500-2000 m ga yetadigan tog’lar va platolar
bilan bir-biridan ajralib turadi. Sudanning g’arbiy chekkasida, Atlantika okeaniga
yaqin joyda allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan
Senegembiya pastekisligi
joylashgan. Bu pastekislik Senegal va Gambiya daryo
havzalarining katta qismini
egallagan va janubi-sharqda Shimoliy Gvineya balandligi bilan chegaralangan.
Balandlikdan shimol tomonda G’arbiy Sudan platosi joylashgan. Plato hududida
platformaning kristall jinsli poydevori qalin qatlamli qumtoshlar tagida ko’milib
qolgan. Daryo
vodiylari platoni bir necha tepaliklarga bo’lib yuborgan.
G’arbiy Sudan platosidan sharq tomonda Niger daryosi kesib o’tgan Niger
botig’i joylashgan. Toshqin paytida botiqning katta qismini suv bosadi. Ayrim
joylarda esa bir necha tepaliklar keng akvatoriyadan orollar shaklida ko’tarilib
turadi. Niger botig’ining shimoliy qismida qumoq jinslar ko’p, siyrak o’simliklar
bilan qoplangan dyunalar uchraydi. Niger botig’ining
sharqiy qismida maksimal
balandligi 1735 m bo’lgan, kristall jinslardan tarkib topgan Bauchi (Jos) platosi qad
ko’targan. Sharq tomonda Bauchi platosi tik yonbag’ir hosil qilib, Chad ko’li botig’i
bilan tutashadi. Botiqning eng past qismi Bodele cho’kmasi bo’lib, uning yuzasi
okean sathidan atigi 200 m baland joylashgan. Plyuvial iqlim davrida bu cho’kma
o’rnida yirik ko’l bo’lgan. Chad ko’li botig’i sharqda Darfur platosi (Marra, 3088
m) va janubda Adamava tog’lari bilan o’ralgan. O’lkaning sharqiy qismida Oq Nil
botig’i joylashgan, sharqda Efiopiya tog’ligi bilan va janubda Sharqiy Afrika yassi
44
tog’ligi bilan chegaralangan. Chad
va Oq Nil botiqlarini bir-biridan balandligi 500-
700 m keladigan kristall jinsli plato ajratib turadi. Sudanning iqlimi subekvatorial,
musson xarakterga ega. Qishda shimoli-sharqiy passat shamollari (xarmattan) esadi.
Kontinental tropik havo hukmronlik qiladi. Eng salqin oyning o’rtacha harorati
+20°+26°S ni tashkil etadi. Yozda janubi-g’arbiy musson shamollari
:
hukmronlik
qiladi. Nam ekvatorial havo massasi o’zi bilan katta miqdorda namlik olib keladi.
Harorat +30°+35°S atrofida, maksimal harorat +40°S dan oshadi. Yog’in miqdori
shimolda 300 mm dan janubda 1500-2000 mm gacha ko’payadi. Sudanning janubiy
qismida yog’in miqdori g’arbda 2000 mm dan, sharqda 1000 mm gacha kamayadi.
O’lka hududlaridan yirik daryolar oqib o’tib,
Atlantika okeani havzasiga
quyiladi. G’arbiy Sudanning asosiy suv tarmoqlarini Niger, Senegal va Gambiya
daryolari tashkil etadi. Sharqiy Sudanning eng yirik daryosi Oq Nil va uning sekin
oquvchi irmoqlari hisoblanadi. Daryo
vodiylari bo’ylab kuchli botqoqlangan yerlar
uzoq masofaga cho’zilgan. Markaziy Sudan Sharqiy va G’arbiy Sudandan farq qilib,
ichki berk havza hisoblanadi. O’lkadagi platolar va tog’lardan boshlanuvchi Shari,
Komadugu-Yobe, Ngadda, Mbuli daryolari Chad ko’liga quyiladi. Chad ko’lining
qirg’oqlari past, yassi tekis, botqoqlangan. Yomg’ir faslida ko’lning akvatoriyasi
kengayadi va maydoni ikki hissaga ortadi.
O’lkada janubga borgan sari o’t o’simliklari
qalinlashib, boabablar,
soyabonsimon akasiyalar, dum palmalari va boshqa daraxtlarning soni orta boradi.
Sudanning janubiy qismida qizil tuproqlarni qoplab olgan baland bo’yli boshoqli
o’tlar, o’rmonli savannalar keng tarqalgan. Doimiy yashil va bargini to’kuvchi
o’rmonlar daryo vodiylarida ko’pchilikni tashkil etadi. Vodiy o’rmonlarida
palmalar, kola, karite va seyba daraxtlari o’sadi. Chad ko’li qirg’oqlaridagi va Oq
Nil botig’idagi botqoqliklarda qamishzorlar, qiyoqzorlar va papiruszorlar katta-katta
maydonlarni egallab olgan. Botqoqlangan yerlarda hayvonot dunyo yaxshi
saqlangan. Chad ko’li atrofida fillar, karkidonlar, arslonlar va boshqa hayvon turlari
yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: