147
c) maxsus nafas mashqlari:
- ritmik yurish – bunda nafas olish yurishga moslashtiriladi, ya’ni 1-nafas
olinadi, 2-nafas chiqariladi.
- tovushli nafas mashqlari – tovushli nafas mashqlarini bajarish maqsadida
unli va undosh harflardan foydalaniladi. Bu mashqlar o’pka ventilyasiyasini
oshirish maqsadida qo’llaniladi, masalan: nafas olib, nafas chiqarishda unli
harflardan foydalaniladi. Shuningdek nafas yo’llaridan balg’amni haydash
maqsadida nafas chiqarishda undosh harflarni aytish bilan amalga oshiriladi;
- drenajlovchi nafas mashqlari – asosiy e’tibor drenajlovchi dastlabki
holatlarga qaratiladi, ya’ni unga talab shuki, patologik o’chog’ bronxlar
bifurkatsiyasidan, tananing bosh qismidan yuqori turishi kerak. Quyidagi
dastlabki holatlar qo’llaniladi:
a) sog’ yon boshda yotgan;
b)
tizza-tirsak;
c)
qorinda yotib, bosh pastga tushurilgan;
d) qorinda yotib, oyoq qismi 15˚, 30˚, 45˚ larga ko’tarilgan;
e) o’tirgan, bosh qismi pastga engashtirilgan.
B. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarga:
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar belgilari bo’yicha quyidagilarga
bo’linadi :
a) anatomik belgisi bo’yicha:
- yuz, ensa mushaklari uchun mashq;
- bo’yin, yelka
va orqa mushaklari uchun mashq;
- qo’l mushaklari uchun mashq;
- qorin oldi mushaklar pressi va tos tubi mushaklari uchun mashq;
- oyoq mushaklari uchun mashq;
- butun tana mushaklari uchun mashq.
b) faollik belgisi bo’yicha mashqlar:
148
- passiv mashqlar – to’shak tartibotidagi bemorlar uchun tavsiya etiladi,
uslubchi, shifokor, hamshira yoki boshqalar yordamida mashqlar bajariladi;
- faol mashqlar – bemorlar o’zi mustaqil mashqlarni bajaradi;
- ideomotor mashqlar – hayolan bajariladigan mashq, organizmga
neyroreflektor ta’sir ko’rsatadi;
c) snaryadlarni qo’llash belgisi bo’yicha mashqlar:
- snaryadsiz
bajariladigan mashqlar;
- snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar (gimnastik tayoqcha, meditsin-
bol, koptok, sakratgich, halqa, espander, gantella va h.z.);
-
snaryadlarda
bajariladigan
mashqlar
(gimnastik
o’rindiqlar,
sog’lomlashtiruvchi narvon, sog’lomlashtiruvchi disk va h.z)
- mexanoterapiya – bunda tibbiy asboblar, apparatlar va trenajyorlardan
foydalaniladi. Tibbiy asboblar – og’izni va lablarni kengaytiruvchi, apparatlar –
ortopedik moslamalar, yordamchi moslamalar va Jom apparati, trenajyorlar –
veloergometr, velotrenajyor, yuguruvchi yo’lka, “eshkak eshish”, kuch talab
qiluvchi trenajyorlar, “chigiritka” trenajyori va h.z.
d) o’quv-tarbiyaviy belgisi bo’yicha mashqlar:
- intizomlashtiruvchi mashqlar;
- tayyorlovchi mashqlar;
- tuzatuvchi (korrektsiyalovchi) mashqlar;
- mos harakatli (koordinatsiyaga) mashqlar;
- ritmoplastik mashqlar;
- muvozanat uchun mashqlar;
- tirmashish mashqlari;
- o’rmalash mashqlari;
- osilib turish mashqlari;
- irg’itish mashqlari;
- sakrash mashqlari;
- qarshilikda bajariladigan mashqlar.
149
Amaliy sport mashqlari
– bu mashqlar yordamida yuklamalarga
moslashtirish, oshirib borish, qon va limfa aylanishlari, modda almashinuvining
yaxshilanishi amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: yurish, yugurish,
o’tirgan va turgan holatlarda eshkak eshish, suzish, chang’i va konki uchish,
velosiped haydash.
O’yinlar
– ular quyidagilarga bo’linadi:
- kam harakatli o’yinlar – shaxmat, shashka va h.z. Bunda bemorlarni
kasallikdan chalg’itish, emotsional-ruhiy holatiga ta’sir etish, e’tiborini
kuchaytirish amalga oshiriladi;
- harakatli o’yinlar – stol tennisi, badminton, kegelban, kreket va h.z. Ular
yordamida bemorlarning emotsional holati yaxshilanadi, harakat kengligi
oshiriladi, o’sib boruvchi yuklamalarga organizm moslashtiriladi;
- sportga oid o’yinlar – voleybol, basketbol, futbol va h.z. Ular ham
bemorlarning emotsional holatini yaxshilaydi, o’sib boruvchi yuklamalarga
organizmni moslashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: