Vrach nazorati fani bo’yicha o’zlashtiradigan



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/188
Sana13.01.2022
Hajmi2,25 Mb.
#358747
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   188
Bog'liq
A.A. Usmanxodjayeva. Shifokor nazorati, shifobaxsh jismoniy

Shifobaxsh jismoniy tarbiyada harakat tartibotlari. 
SHJTda quyidagi harakat tartibotlari va ularning vazifalari farqlanadi: 
1. To’shak harakat tartiboti: 
a) qat’iy; 
b) kengaytirilgan. 
Muolajaning davomiyligi 5-7 daqiqa, ishlash – dam olish nisbati 1:1, o’rta 
hisobda  8-10  ta  mashq  beriladi,  har  bir  mashq  3-4  marta  sekin  sur’atda 
qaytariladi. 
Umumiy vazifalari: 
1) bemorga ta’sir etayotgan ruhiy va jismoniy ta’sirlarni kamaytirish yoki 
yo’qotish; 
2) qon aylanishning ekstrakardial omillarini faollashtirish yoki yaxshilash; 


 
154 
3)  qat’iy  to’shak  tartiboti  asoratlarining  oldini  olish  (yotoq  yara,  qon 
dimlanishi, ichak parezi, mushak atrofiyasi, kontraktura va h.z.). 
2. Yarim to’shak yoki palata harakat tartiboti: 
Muolajaning  davomiyligi  15-20  daqiqa,  ishlash  –  dam  olish  nisbati  3:1, 
o’rta hisobda 20-25 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 6-8 marta, 
sekin sur’atda. 
Umumiy vazifalari: 
1) qon aylanishning ekstrakardial omillarini asta-sekin chiniqtirish; 
2) yengil jismoniy yuklamalarga organizmni asta-sekin moslashtirish; 
3) dimlanish holatlari bilan kurashish. 
3. Erkin harakat tartiboti: 
a) erkin avaylovchi; 
b) erkin avaylovchi-chiniqtiruvchi; 
c) erkin chiniqtiruvchi; 
Muolajaning  davomiyligi  30-45  daqiqa,  ishlash  –  dam  olish  nisbati  5:1, 
o’rta  hisobda  25-35  ta  mashq  beriladi,  mashqlarning  qaytarilish  soni  10-12 
marta, sekin, o’rta sur’atlarda. 
Umumiy vazifalari : 
1) o’sib boruvchi jismoniy yuklamalarga organizmni moslashtirib boorish; 
2)  a’zo  va  tizimlar  orasidagi  o’zaro  aloqalarning  korrelyativligini 
yaxshilash;  
3) bemorlarni kasb va yashash faoliyatlariga tayyorlash. 
Shifobaxsh gimnastika muolajasini tuzish printsiplari: 
1. Dastlabki holatni tanlash. 
2. Patogenetik belgisi bo’yicha maxsus mashqlarni tanlash. 
3. Muolajaning davomiyligi. 
4. Beriladigan mashqlarning soni. 
5. Har bir mashqning qaytarilish soni. 


 
155 
6.  Bir  mashqning  davomiyligi  (to’shak  tartiboti  –  10-15  soniya,  yarim 
to’shak tartiboti – 15-20 soniya, erkin tartiboti – 30-40 soniya). 
7.  Qo’llaniladigan  mashqlarning  tarqoqligi,  ya’ni  muolajaga  har  xil 
mashqlar kiritilishi kerak. 
8.  Berilayotgan  yuklamaning  asta-sekinlik  printsipi,  ya’ni  muolaja 
shunday  tuzilishi  kerakki,  avval  bemor  organizmi  yengil  mashqlar  yordamida 
asosiy  yuklamaga  tayyorlanadi,  so’ngra  muolaja  oxirida  bo’shashtiruvchi 
mashqlar yordamida bemor organizmi dastlabki holatga qaytarilishi lozim. 
9. Qo’llaniladigan mashqlar sur’ati (sekin, o’rta, tez, tezlashadigan). 
10. Muolaja vaqtida ishlash – dam olish nisbati. 
11. Muolaja vaqtida bajariladigan harakatning ritmi va amplitudasi. 
12.  Muolajaga  emotsional  omillarni  qo’shish  (musiqa,  raqslarga  xos 
mashq). 
SHJT bo’yicha shifokorning majburiyatlari: 
1. Bemorlarni qabul qilish va tekshirish. 
2.  Shifokorlar  bilan  ShJTga  ko’rsatma  va  qarshi  ko’rsatmalar  haqida 
suhbat o’tkazish. 
3. Mashg’ulotlarning effektivligini aniqlash. 
4. Shifokor pedagogik nazoratini o’tkazish. 
5. Uslubchining malakasini oshirishni muntazam nazorat qilish. 
6. ShJT mashg’uloti jadvalini tuzish va shifobaxsh gimnastika muolajasini 
tuzishda ShJTning vazifalarini tavsiya etish. 
Shifobaxsh gimnastika muolajasini o’tkazishga qarshi ko’rsatmalar: 
1. Nisbiy qarshi ko’rsatmalar: 
- bemorlarning umumiy og’ir holati; 
- kasallikning o’tkir davri; 
- tana haroratining 37,5˚ dan oshishi; 
- jismoniy mashqlar bajarishda og’riqning zo’rayishi; 
- yiringli jarayonning bo’lishi; 


 
156 
- shikastlangan suyak bo’laklarining yetarli bo’lmagan immobilizatsiyasi; 
- yirik qon tomir va nerv yaqinida yod tanalarning bo’lishi; 
- qon ketish va qon ketishga moyillik. 
Bu  ko’rsatmalarning  nisbiy  deyilishiga  sabab  shuki,  ular  bartaraf 
etilganidan so’ng shifobaxsh jismoniy tarbiya muolajasini bemorga tavsiya etish 
mumkin. 
2.Absolyut qarshi ko’rsatma: 
- yomon sifatli shishishlar yoki onkologik kasalliklar. 
 
Xulosa
 
Ma’ruzada  ShJT  usullarining  boshqa  dori-darmon  bilan  davolash 
usullaridan  afzallik  tomonlari  ko’rsatildi,  jismoniy  mashqlarning  ta’sir 
mexanizmlari  tushuntirildi.  ShJT  vositalari,  shakllarining  klassifikatsiyalari, 
harakat  tartibotlari  va  unga  bog’liq  holda  shifobaxsh  gimnastika  muolajasini 
tuzish printsiplari haqida fikr yuritildi. 
Tinglovchilar bilan o’zaro aloqani o’rnatish uchun savollar: 
1.  Davolash-reabilitatsiya  kompleksida  ShJT  qanday  maqsadda  qo’llani-
ladi ? 
2. ShJTning usullari va ularning afzalliklari? 
3. Jismoniy mashqlarning shifobaxsh ta’sir mexanizmi. 
4. Jismoniy mashqlar qanday guruhlarga bo’linadi? 
5. Qaysi holatlarda ideomotor mashqlarni qo’llash tavsiya etiladi? 
6. Harakat tartibotini kengaytirish qachon va kim bilan hal etiladi? 
7. Harakat tartibotlari va ularning vazifalari qanday?  
8.  Shifobaxsh  gimnastika  muolajasini  tuzishda  nimaga  e’tibor  berish 
kerak? 
 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish