152
- kirish qismi, bunda organizm asosiy yuklamani bajarishga tayyorlanadi.
Birinchi qismda yengil mashqlar berilib, umumiy vaqtning 15-25% ni tashkil
etadi;
- asosiy qismi, bunda organizmga asosiy mashqlar beriladi va uning
jismoniy yuklamaga moslashishi amalga oshiriladi. Mashqlar, yuklamalar asta-
sekin o’sib boradi, avvaliga umumiy vaqtning 50%, keyinchalik 70% ajratiladi;
- yakuniy qismi – bunda organizmga yengil, bo’shashtiruvchi mashqlar
beriladi, organizmning dastlabki holatiga qaytishi ta’minlanadi. Avvaliga
umumiy vaqtning 25%, keyinchalik 15% ajratiladi.
Shifobaxsh gimnastika muolajasini amalga oshirish uchun har bir tizim
kasalligiga, har bir kasallikka alohida gimnastik mashqlar kompleksi tuziladi va
yakka, kichik guruh, guruh holida o’tkaziladi;
- bemorlarga beriladigan individual topshiriqlar bemorlarga kasalligini
bilgan holda shifokor yoki uslubchi tomonidan individul bajarishi uchun
mashqlar beriladi. Masalan: nafas a’zolari kasalligida – drenajlovchi dastlabki
holatlarda
mashqlar bajarish, maxsus tovushli nafas mashqlari va h.z.;
- me’yorli yurish – bu shakl yurak-qon tomir tizimi, nafas a’zolari,
tayanch-harakat apparati kasalliklarida, modda almashinuvi buzilishlarida
qo’llaniladi. Shakl Shifobaxsh shifokor yoki uslubchi tomonidan nazorat
qilinadi. Masalan: miokardning o’tkir infarkti – bemorlar me’yorli yurishni
palatada, so’ngra koridorda ma’lum masofalarni o’tish bilan amalga oshiradilar.
2. Shifoxonadan tashqarida qo’llaniladigan SHJT shakllari:
-terrenkur – har xil ko’tarilib tushish burchagiga, masofa uzunligiga ega
bo’lgan maxsus tayyorlangan yo’lka. Bu shakl asosan sanatoriya-kurortlarda,
dispanserlarda qo’llaniladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida, nafas a’zolari,
oshqozon-ichak yo’li, tayanch-harakat apparati kasalliklari va modda
almashinuvi buzilishi bor bemorlarga tavsiya etiladi. Davolash maqsadida
buyurilishi uchun terrenkurning 4 ta yo’nalishi tavsiya etiladi, ular:
153
- 1-yo’nalish – ko’tarilish burchagi 4˚ dan oshmaydi, masofa uzunligi 500
m;
- 2-yo’nalish – ko’tarilish burchagi 5-10˚, masofa 1000 m gacha;
- 3-yo’nalish – ko’tarilish burchagi 11-15˚, masofa 2000 m gacha;
- 4-yo’nalish – ko’tarilish burchagi 16-20˚, masofa 3000-5000 m gacha.
- sog’lomlashtiruvchi yugurish me’yorli sur’atda yugurish uchun oyoqlar
ma’lum balandlikka ko’tarilib yuguriladi;
- sayr qilish, ekskursiya sog’lomlashtirish, organizmni mustahkamlash,
chiniqtirish, emotsional tonusni tiklash maqsadida
foydalaniladi;
- yaqin turizm – asosan sanatoriya-kurortlarda, tog’li sharoitda qo’llanilib,
bemorlarga kuniga ko’p emas, kam emas o’rta hisobda 15 km gacha yurish
tavsiya etiladi;
- o’yinli darslar – shifoxonadan tashqarida o’yin vositalaridan
foydalangan holda o’yinli darslar amalga oshiriladi. Bu bilan bemorlar
organizmini o’sib boruvchi jismoniy yuklamalarga moslashtirib boriladi.
- ommaviy jismoniy tarbiyaviy chiqishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: