1. Qo’l massaji.
Massajning an’anaviy usulidir. Qo’l massaji yordamida
massajning hamma usullarini qo’llash mumkin, hattoki lozim bo’lganda ularni
kambinatsiyalash va ketma-ketligini o’zgartirish mumkin. Bu massajning salbiy
tomoni massajchining charchashidir.
2. Apparatli massaj.
Bu usulning kamchiligi shundaki, massajchi
uqalanayotgan sohani sezmaydi, ba’zi massaj usullarini qo’llab bo’lmaydi.
Shuning uchun apparatli massaj qo’lli massajga qo’shimcha vosita sifatida
qo’llaniladi. Amaliyotda ko’p hollarda vibromassaj, pnevmomassaj (vakuumli)
va gidromassaj qo’llaniladi.
3. Kombinatsiyalangan massaj.
Bu apparatli massajning klassik yoki
segmentar massajning birgalikda o’tkazilishidir. Kombinatsiyalangan massaj
organizmga fiziologik ta’sirini kuchaytiradi, massaj muddatini qisqartiradi va
ko’pchilikka o’tkazish imkoniyatini beradi. Bu massaj sport amaliyotida keng
qo’llaniladi.
Shuningdek
jarohatlarda,
tayanch-harakat
apparatining
kasalliklarida va asab tizimi kasalliklarida keng qo’llaniladi. Massaj klassik
massajning tayyorlov qismi bilan boshlanadi.
Orqa sohasining massaji silash bilan boshlanadi, so’ngra siqib chiqarish
usuli qo’llaniladi. Keyin dumg’aza sohasi, qovurg’alararo soha, trapetsiyasimon
171
mushak, yelka bo’g’imi, kurak osti sohasida surtish usullari qo’llaniladi.
Keyingi bosqichda orqaning keng mushaklarining bir va ikki harakatli
aylanasimon yumshatish usuli bajariladi. Qo’l bilan massaj tugatilganidan so’ng
apparatli massajga o’tish mumkin. Apparatli massaj asosan orqaning keng, uzun
va trapetsiyasimon mushaklariga qaratiladi. Birinchi navbatda umurtqa
pog’onasining ikki tomoni uqalanadi, keyin dumg’azadan bo’yingacha uzun
mushak bo’ylab massaj qilinadi. Uzun mushaklardan asta-sekin keng
mushaklarga o’tiladi. So’ngra trapetsiyasimon mushak kurakning pastki
qismidan yuqoriga va yon tomonga harakat qilish bilan uqalanadi. Orqaning
qiyshiq mushaklari kuchsiz bosim va qisqa vaqt uqalanadi. Orqaning massaji
qo’l massaji bilan tugatiladi, bunda bir qancha silashdan so’ng, 2-3 marta siqib
chiqarish usuli qo’llaniladi, keyin uzun mushaklar qisqichsimon usuli bilan
yumshatiladi. Bu usullardan so’ng kurak osti sohasi va orqaning keng
mushaklari yumshatiladi-yu, keyin mushaklarda silkitish usuli qo’llaniladi. Orqa
massaji silash bilan tugatiladi.
Qo’lning tashqi yuzasining massaji silash va ikki harakatli aylanasimon
yumshatish usullari bilan boshlanadi. So’ngra apparatli massajga o’tish mumkin,
massaj ikki va uch boshli mushaklarga qaratilgan. Yelkaning o’rta sohasidan
asab tomirlari o’tganligi sababli apparat yordamida ehtiyotlik bilan massaj olib
boriladi. Apparat massaji tugatilganidan so’ng qo’llar yordamida silash va
yumshatish usullarini qo’llab, massaj tugatiladi.
Qo’lning ichki yuzasi huddi shunday tartibda amalga oshiriladi. Qo’llar
massajidan so’ng tos sohasining massaji o’tkaziladi. Massaj silash va siqib
chiqarish bilan boshlanadi. Katta dumba mushagi birikkan sohada surtish usuli
qo’llaniladi. So’ngra dumg’aza, tos-son bo’g’imi va dumba mushagida surtish
usuli o’tkaziladi. Tosda apparat yordamida massaj dumg’aza sohasidan yon
tomonga qarab boshlanadi, keyin yonbosh suyagining qirralari, so’ngra dumba
mushagi uqalanadi. Massaj qo’llar yordamida silash, siqib chiqarish, surtish
usullarini qo’llab tugatiladi.
172
Sonning orqa yuzasida massaj silash, siqib chiqarish va yumshatish
usullari bilan o’tkaziladi. Keyin apparat yordamida massajga o’tiladi. Sonning
ichki yuzasida apparat bilan massaj qilinmaydi. Massaj qo’llar yordamida silash,
siqib chiqarish va yumshatish usullarini qo’llab tugatiladi.
Sonning oldingi yuzasi qo’llar yordamida silash va siqib chiqarish
usullarini qo’llash bilan boshlanadi. Keyin yumshatish usuli qo’llaniladi va
apparat massajiga o’tiladi. Massaj qo’llar yordamida silash, yumshatish va
silkitish usullari bilan tugatiladi.
Tizza bo’g’imining orqa yuzasida massaj qo’l bilan boshlanib, so’ngra
apparatli massajga o’tiladi. Massaj aylanasimon silash bilan tugatiladi. Tizza
orqa chuqurchasi massaj qilinmaydi, balki uning atrofida olib boriladi.
Tizza sohasida qo’l massaji boldir mushagi va axill payida o’tkaziladi.
Apparat massajidan so’ng qo’l yordamida massaj tugatiladi.
Tizza bo’g’imining oldingi yuzasida massaj aylanasimon va qisqichsimon
surtish usulini 4 ta barmoqning yostiqcha sohasi bilan hamda kaft asosi
yordamida aylanasimon surtish usuli bilan o’tkaziladi. So’ngra apparat
yordamida har xil yo’nalishlarda massaj qilinadi. Massaj aylanasimon silash
bilan tugatiladi.
Tizzaning oldingi yuzasida massaj to’g’ri yoki tizza bo’g’imida bukilgan
oyoqlarda o’tkaziladi. Massaj silash, siqib chiqarish va qisqichsimon yumshatish
usullarini qo’llab o’tkaziladi va apparat massajiga o’tiladi. Massaj qo’llar
yordamida tugatiladi.
Tovon bo’g’imida massaj qisqichsimon va aylanasimon surtish usullari
bilan boshlanadi, so’ngra apparat massajiga o’tib, qo’llar yordamida silash bilan
tugatiladi.
Ko’krak sohasida massaj silash bilan boshlanib, so’ngra to’g’ri va
aylanasimon yo’nalishlarda qovurg’alararo mushaklarda siqib chiqish va surtish
usullari o’tkaziladi. 4 ta barmoqning yostiqchalari yordamida to’sh suyagi va
unga birikkan ko’krak mushaklarida aylanasimon surtish usuli amalga oshiriladi.
173
Katta mushaklarida bir va ikki halqali yumshatish usuli qo’llaniladi. So’ngra
apparat massajiga o’tiladi. To’sh suyagi massajidan so’ng qo’ltiq ostiga
yo’nalish bo’yicha ko’krak so’rg’ichini aylanib o’tgan holda katta ko’krak
mushaklari massaj qilinadi. Massaj qo’llar yordamida tugatiladi.
Shuni esda saqlash kerakki, kombinatsiyalangan massaj o’tkazishda urish
usullarini qo’llash tavsiya etilmaydi. Massaj o’tkazish vaqti quyidagicha
taqsimlanishi maqsadga muvofiqdir, ya’ni qo’l massaji umumiy vaqtning
taxminan 70%, apparat massaji 30% ni hosil qilishi kerak.
Apparatli massaj klassik massajning ma’lum usullarining o’rniga
qo’llanilishi mumkin. Agar kombinatsiyalangan massaj vibromassaj bilan
qo’llanilsa, u vibratsion, silash va yumshatish usullarining o’rnini qoplaydi.
Vakuumli massaj va gidromassaj yumshatish va surtishda qo’llash mumkin.
4. Oyoq bilan massaj.
Bu massaj shakli qadimdan hammomlarda sharq
massajchilari tomonidan qo’llanilgan. U mushak tonusi oshgan sportchilarda
qo’llanilgan qo’l massaji kerakli samara bermaganda qo’llanilishi tavsiya etiladi.
Oyoq massaji katta tana va mushak vazniga ega bo’lgan sog’lom odamlarda
o’tkazilishi mumkin. Oyoq massaji jarohatlarda, tayanch-harakat apparati
kasalliklarida, umurtqa silida, osteoporozda, bel-dumg’aza radikulitida,
Bexterov kasalligida, miokard infarktida, bronxial astmada, II-III darajali
gipertoniya kasalligida, onkologik kasalliklarda tavsiya etilmaydi. Shuningdek
yoshi kattalarga ham tavsiya etilmaydi. Massaj vaqtida qabul qiluvchi polda
yoki gilamda yotishi kerak. Massaj yumshatish va surtish usullarini qo’llash
bilan bir yoki ikkala oyoqlar yordamida o’tkaziladi. Orqa soha massaj
qilinayotganda massajchi ikkala oyog’i bilan qabul qiluvchining orqasiga chiqib,
beldan bo’yin sohasi tomon harakat qilib yumshatish usulini bajaradi. Oyoqlarda
yumshatish o’tkazilganda harakat sondan tizza tomon bo’ladi. Oyoq massajidan
so’ng uqalangan hamma sohada qo’llar yordamida silash, yumshatish va surtish
usullari o’tkaziladi.
174
Do'stlaringiz bilan baham: |