Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

xabardor bo‘lishi kerak:
- sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonunchilik asoslari;
- tibbiy xodimlar, bemorlaming huquq va majburiyatlari;
-  fuqarolik,  mehnat,  ma’muriy  i  jinoyat  huquqining  tibbiy 
faoliyatga taalluqli me’yorlari;


-  tibbiy  xodimlaming  kasb  huquqbuzarliklari  holatlarida olib 
boriladigan tekshiruvlaming xususiyatlari.
Talabalar quyidagi masalalami bilishi kerak:
-  tibbiy  faoliyat  bilan  bog‘liq  qonun  hujjatlari  talablarini  hal
etish;
- tibbiy hujjatlami tahlil etish;
- tibbiy yordam nuqsonlarini farqlash.
Talabalar mazkur fan bo‘yicha quyidagi amaliy ко ‘ nikmalarga 
ega bo‘lishi kerak:
-  tibbiy  yordam  ko‘rsatish  bilan  bog‘liq  bahsli  holatlarda 
o ‘tkaziladigan xizmat tekshiruvlarida ishtirok etish;
-  tibbiy  yordam  ko‘rsatishda  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklarni 
tahlil etish;
murda, 
tirik 
shaxs 
sud-tibbiy 
ekspertizalarida, 
shuningdek,  tibbiy  xodimlaming  kasb  huquqbuzarliklari  bo‘yicha 
o'tkazilayotgan  komission  sud-tibbiy  ekspertizalarda  mutaxassis 
yoki ekspert sifatida ishtirok etish.
So‘nggi  davrda  tibbiy  faoliyat  bilan  bog‘liq  jarayonning 
xususiyatlari  sezilarli darajada o ‘zgarganligini e’tirof qilish lozim. 
Binobarin, ilgari ushbu faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun 
tibbiyotga oid tegishli  bilim,  ko‘nikmalarga  ega  bo‘lish va umum 
qabul  qilingan  axloqiy-etik  qoidalarga  rioya  qilish  etarli  deb 
qaralgan bo‘Isa, hozirgi paytda bulardan tashqari bu faoliyat bilan 
bog‘liq  bo‘lgan huquqiy  m e’yorlami  bilish va  ularga  izchil  amal 
qilish zarur.
Amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  tibbiy  faoliyat  keng 
ma’noda  fuqarolarga  xizmat  ko‘rsatishga tenglashtirilgan.  Ushbu 
holatda  tibbiyot  xodimlari  xizmat  ko‘rsatuvchilar,  bemorlar  esa 
iste’molchilar  sifatida  talqin  etiladi.  Bu  vaziyat  tibbiy  faoliyatda 
tegishli huquqiy bilimlarga ega bo‘lish zaruratini yanada dolzarbroq 
qiladi.
Darhaqiqat,  mashhur  xirurg  N.  1.  Amosov  yozganidek 
“vrachning  vijdoniga  ishonish  lozim,  hech  qanday  qonun  uning


o ‘mini bosa olmaydi”.  Shu bilan birga tibbiy faoliyatning axloqiy- 
etik  va  huquqiy jihatlarining  o‘zaro  bog‘liqligi  va  ulami  zinhor 
bir-biriga  qarama-qarshi  qo‘yib  boimasligini  ta’kidlash  zarar 
(V.  L.  Popov).  Mazkur jihatlaming  o ‘zaro  munosabatida  huquqni 
ma’naviyatning  eng  quyi  darajasi  yoki  rna’lum  bir  minimumi, 
axloq,  etikani  esa  ma’naviyatning  yuqori  darajasi  deb  hisoblash 
lozim.  Zero,  axloqiy-etik  talablar  erkin,  ixtiyoriy  bajarilishi 
nazarda tutilsa, huquqiy me’yorlarning amal qilinishi bevosita yoki 
bilvosita majburlash orqali ta’minlanadi.
Shunday  qilib,  tibbiyot  huquqi  fanimng  tizimini  davolash- 
profilaktika,  sanitariya-gigiena  me’yorlari,  fuqarolar  so g iig in i 
saqlash  sohasidagi  faoliyatni  belgilovchi  huquqiy hujjatlar tashkil 
etadi.  Bundan  kelib  chiqqan  holda  mazkur  fanning  predmeti  turli 
ko‘rinishdagi  tibbiy  faoliyatni  olib  borish  jarayonidagi  huquqiy 
munosabatlarni  va  shu  munosabatlar  ishtirokchilarining  huquqiy 
statusini belgilovchi me’yorlami o‘z ichiga oladi.
Bu 
borada 
awalambor 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasini 
ко‘rsatish 
lozim. 
Mustaqillik 
yillarida 
0 ‘zbekistonda  sogiiqni  saqlash  tizimining  tegishli  huquqiy  -  
me’yoriy  bazas ini  yaratishga  alohida  e’tibor  qaratildi.  Jumladan, 
tibbiy  faoliyatga  oid  qator  maxsus  qonunlar  -   ’’Fuqarolar 
so g iig ‘ini  saqlash  to‘g ‘risida”,  “Davlat  sanitariya  nazorati 
to‘g ‘risida”, “Dori vositalari va iarmatsevtika faoliyati to‘g ‘risida”, 
“Giyohvand  vositalar  va  psixotrop-moddalar  to‘g ‘risida”,  “Odam 
immunotanqisligi  virusi  (OITV)  chaqiruvchi  kasalliklaming 
profilaktikasi 
to‘g ‘risda”, 
“Psixiatrik 
yordam 
to‘g‘risida”, 
“Radiatsion  xavfsizlik  to‘g‘risida”,  “Aholini  sil  kasatligidan 
himoyalash to‘g ‘risida”, “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi 
to‘g ‘risida” va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul  qilingan.
Binobarin,  qonun  yaratuvchilik  jarayoni  uzluksiz  b o iib , 
bu  yo£nalishda  zamon  talab-ehtiyojlaridan  kelib  chiqqan  holda 
kelajakda  yangi  qonunlarning  ishlab  chiqilishi  va  amaldagi 
qonunlarga  tegishli  o‘zgartishlar  yoki  qo‘shimchalar  kiritilishi


tabiiy holdir.
Ta’kidlash  lozimki,  tibbiy  faoliyat  nafaqat  yuqorida  qayd 
etilgan sogiiqni  saqlash  borasidagi qonunchilik bilan belgilanadi, 
balki  keng  ma’noda  tibbiyot  xodimlarining  kundalik  faoliyati 
fuqarolik, mehnat, m a’muriy va jinoiy huquqlar talablari doirasiga 
ham bevosita taalluqlidir.  Shu sababli huquqning ushbu sohalariga 
tegishli tibbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan me’yorlar ham tibbiyot 
huquqi tizimiga kiradi.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish