Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Nazorat savollari:
1. Tibbiyot huquqi fanining maqsadi va vazifalari nimalardan 
iborat?
2. Tibbiyot huquqi fanining predmeti?
3.  Tibbiy  faoliyatda  huquqiy  va  axloqiy-etik  me’yorlaming 
o‘zaro munosabati?
4.  Tibbiy  faoliyat  qanday  huquqiy  munosabatlar  bilan 
bog‘liq?


II Bob. FUQAROLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASH BO‘YICHA
 
QONUNCHILIK ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Asosiy  qonunning  18-moddasida  mamlakatda  barcha 
fuqarolaming jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini  ijtimoiy  kelib  chiqishi, 
e ’tiqodi,  shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar tengligi va bir 
xil  huquq,  erkinliklarga ega ekanligi  e’tirof qilingan.  Ayni paytda 
qonun  bilan  belgilangan  imtiyozlar  ijtimoiy  adolat  printsiplariga 
mos boMishi shartligi ta’kidlangan.
Konstitutsiyaga 
muvofiq 
fuqarolaming 
qonunchilikda 
belgilangan  huquq,  erkinliklari  daxlsiz  bo‘lib,  faqat  sud  qarori 
bilan  ulardan  mahrum  etish  yoki  ulami  cheklash  mumkin.  Shu 
bilan birga fuqarolar va davlatning huquq va burchlari bo‘yicha bir- 
biriga nisbatan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan (19-modda).
Binobarin,  fuqarolaming  huquq  va  erkinliklaming  amalga 
oshirilishi  davlat,  jamiyat  va  boshqa  shaxslaring  qonuniy 
manfaatlari,  huquq  va  erkinliklariga  putur  etkazmasligi  shart 
(20-modda).
Konstitutsiyaning  IX bobida fuqarolaming mulkdor bo‘lish, 
mehnat qilish, dam olish, tegishli holatlarda ijtimoiy ta’minot olish, 
bilim olish kabi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari qatorida 40-moddada 
har bir fuqaroning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga 
ega  ekanligi  kafolatlangan.  Ushbu-moddaning  talqinida  malakali 
tibbiy  xizmat  tushunchasiga  tibbiy-ijtimoiy  yordamning  barcha 
ko‘rinishlari  -   birlamchi  tibbiy-sanitariya,  tez,  shoshilinch  va 
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam kirishi nazarda tutiladi.
Zero,  Konstitutsiyaning  43-moddasida  davlat  tomonidan 
barcha  fuqarolaming  qonunlar  bilan  mustahkamlangan  huquq 
va  erkinliklarining  ta ’minlanishi  kafolatlangan.  Xususan,  davlat 
tomonidan  har  bir  fuqaroning  malakali  tibbiy  xizmatning  barcha 
turlaridan  foydalana  olishi  uchun  zarur  bo‘Igan  shart-sharoit  va 
imkoniyatlar yaratiladi.


Fuqarolar huquq  va  erkinliklarining daxlsizligini  ta’minlash 
maqsadida Konstitutsiyada tegishli kafolatlar keltirilgan. Jumladan,
44-moddaga muvofiq har bir shaxsga о !z huquq vaerkinliklarini sud 
orqali  himoya qilish,  davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat 
birlashmalarining  g‘ayriqonuniy  xatti-harakatlari  ustidan  sudga 
shikoyat qilish huquqi kafolatlangan. Binobarin, voyaga etmaganlar, 
mehnatga  layoqatsizlar  va  yolg‘iz  keksalaming  huquqlari  davlat 
himoyasida  ekanligi  Konstitutsiyaning  45-moddasida  alohida 
ta’kidlanadi.
Mantiqiy  jihatdan 
qonunchilikda 
belgilangan 
huquq 
va  erkinliklarga  egalik  ma’lum  bir  burch,  majburiyatlaming 
boMishini  nazarda  tutadi.  Xususan,  Konstutsiyaning  XI  bobi 
fuqarolaming  burchlariga  bag‘ishlangan.  Burch,  majburiyatlarga 
rioya qilmaslik yoki  ulaming talablarini to iiq  bajarmaslik holatlari 
bo‘yicha  mas’uliyat  amaldagi  qonunchilikda  belgilangan  tartibda 
fuqarolaming  turli  xil  javobgarlikka  tortilishiga  sabab  bo‘ladi. 
Shuning  uchun  huquq,  majburiyat  va javobgarlik  hamisha  o'zaro 
uzviy bog‘liq tushunchalar tarzida qabul qilinishi lozim.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish