«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

 YUQORI NAFAS YO’LLARI
KASALLIKLARINI DAVOLASh
Reja: 
10.1. Antibiotiklar bilan davolash tartibi 
10.2. Intratraxeal inyeksiya 
10.3. Ingalyasiya va aerozoloterapiya
 
10.4. Yulduzsimon tugun novokainli qamali
 
Mashg’ulotning maqsadi: 
Talabalarga antibiotiklar va sulfanilamid 
preparatlarining turlari, ta’sir mexanizmlari va qo’llash to’g’risida 
tushuncha berish. Reseptlar yozish va amalda qo’llash, yuqori samarali 
antibiotiklar to’g’risida kunikmalar hosil qilish. 
Kerakli asbob-uskuna va jixozlar: 
antibiotik va sulfanilamid 
preparatlaridan na’munalar, antibiotiklarni qo’llash bo’yicha jadvallar, 
steril igna va щprislar. 
Mashg’ulotning borishi:
Farmokoterapiyadagi 
eng 
asosiy 
o’rinlarni antibiotik va sulfanilamidlar bilan davolash tashkil etadi. 
Nafas tizimi kasalliklarini davolashda antibiotikoterapiya asosiy 
o’rinda turadi. 
Antibiotiklar -
deb ba’zi zamburug’lar va bakteriyalar hamda 
ularning mahsulotlaridan olinadigan biologik faol moddalarga aytiladi. 
Antibiotiklar boshqa ximiyaviy preparatlardan farq qilib, ular kam


53 
zaharlilikka ega, kumulyativ xususiyati yo’q va ta’sir doirasi keng
bo’lib, gramm musbat, gramm manfiy mikroorganizmlarga ta’sir 
ko’rsatadi va davolash juda yaxshi natija beradi. 
Antibiotiklarning mikroorganizmlarga ta’sir mexanizmlari turlicha. 
Masalan, penisillinlar mikroblarning enzim sistemasi faoliyatini 
susaytirib, protoplazmada biomorfologik o’zgarishlarni keltirib 
chiqaradi. Tetrasiklinlar esa nuklein kislotalarning sintezini buzadi.
Antibiotiklar og’iz orqali va ko’pincha eritmalar holida parenteral 
yo’llar bilan organizmga yuboriladi. Chunki, ko’pchilik antibiotiklar 
hazm kanalining kislotalik muhitida tez parchalanadi, katta yoshdagi 
kovshavchilar oshqozon oldi bo’limlaridagi foydali mikrofloralarga ham 
o’ldiruvchi ta’sir etishi mumkin. 
Antibiotiklarni qo’llashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
1. 
Laboratoriya 
sharoitida 
mikroblarning 
antibiotiklarga 
sezuvchanliklari aniqlanadi. 
2. Davolashni mumkin qadar ertaroq boshlash va barvaqt to’xtatib 
qo’ymaslik kerak, aks holda resediv kuzatilishi mumkin. 
3. Dorining miqdori kasal hayvonning tana vaznini hisobga olgan 
holda aniqlanadi. Masalan, penisillin kichik dozada har bir kg tana vazni 
uchun 2-5 ming TB, o’rtacha dozada 6-10, yuqori dozada 11-20 ming 
TB da tavsiya etiladi. 
4. Bir sutka davomidagi inyeksiyalar soni erituvchining turiga 
qarab belgilanadi. Agar antibiotik distillangan suvda eritilsa, sutkasiga 
8-10 martagacha (har ikki soatda), 0,5%li novokain eritmasida eritilsa - 
har 4 soatda, bir foizli novokainda har 10-12 soatda, 2% li novokainda 
eritilsa - 24 soatda bir marta inyeksiya qilinadi. 
5. Antibiotikoterapiya kursi kasallikning o’tkir va yarim o’tkir 
tarzda kechishida o’rtacha 3 – 5 kun, surunkali kechishida - 7 kundan 
kam bo’lmasligi lozim (bisillinlar bundan mustasno), antibiotiklar uzoq 
muddat qo’llanilganda esa kandidamikoz va disbakterioz kelib chiqishi 
mumkin.
6. Og’ir hollarda bir necha antibiotiklar birgalikda qo’llaniladi.
Bunda sinergizm va antogonizm e’tiborga olinadi.
7. Antibiotiklarni murakkab eritmalar tarkibiga qo’shishda ularning 
qaysi modda yoki eritma bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi e’tiborga 
olinadi. 
Etiotrop davolashning asosini antibiotikoterapiya tashkil etib, 
antibiotiklar davolovchi dozada, kasallik og’ir kechganda esa maksimal 
dozada tavsiya etilishi kerak.


54 
Antibiotiklarning qondagi terapevtik konsentrasiyasini bir xil 
darajada saqlab turish maqsadida sekinlik bilan so’riladigan antibiotiklar 
ham tavsiya etiladi. Antibiotiklar va boshqa antibakterial preparatlarni 
tanlashda mikroorganizmlarning ularga nisbatan sezuvchanligi, yoki 
ularning davolashdagi samaradorligi e’tiborga olinadi. Penisillinlar 
qatoriga 
mansub 
antibiotiklarga 
nisbatan 
mikrorganizmlarning 
sezuvchanligi pasayganligi tufayli bugungi kunda yaxshi samara 
bermayapdi. Shuning uchun pensillin va streptomisin guruhlariga 
mansub antibiotiklarni yuqori dozalarda (15000-20000 TB/kg) va 
birgalikda qo’llash yaxshi samara berishi mumkin. Sekin so’riladigan va 
o’zoq ta’sirga ega bo’lgan antibiotiklar sifatida bisillin 1, 3, 5 yoki 
bimoksil qo’llaniladi. Pnevmoniyalarni, shu jumladan bronxopnev-
moniyani davolashda yarim sintetik antibiotiklardan ampisillin, 
amoksasillin, oksasillin, ampioks va boshqalar yaxshi samara beradi.
Gentamisin, kanamisin, neomisin, monomisin kabi aminoglikozidlar 
guruhiga mansub antibiotiklarning pnevmoniyalarni davolashdagi 
samaradorligi unchalik yuqori emas. Tetrasiklinlarning samaradorligi 
esa yuqori bo’lib, ularning boshqa antibiotiklarga chidamli hisoblangan 
xujayra ichidagi qo’zg’atuvchilar va grammusbat bakteriyalarga ham 
ta’sir etshi aniqlangan. Shuning uchun ularni zahirada saqlab turish va 
boshqa antibiotiklarning samarasi bo’lmaganda qo’llash lozim.
Tetrasiklin gidroxlorid hayvonlarga 5-7 kun davomida o’rtacha 15-
20 mg/kg dozada muskul orasiga kuniga 2 marta inyeksiya qilinadi.
Makrolidlar guruhiga mansub antibiotiklardan tilozin, fradizin, 
doksisillin va boshqalar tavsiya etiladi. Tilozin – 50 (1 ml.da 50 mg 
tilozin saqlaydi) 3-5 kun davomida kuniga 1 marta 4-10 mg.kg dozada
muskul orasiga inyeksiya qilinadi.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish