«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Sulfanilamidlar
deb tarkibida oq streptosid molekuklasi saqlovchi 
azotli birikmalarga aytiladi. Norsulfazol, sulfademizin, sulgin,
sulfantrol, urosulfan, disulfarmin va hakozo. Kasal hayvon qonida 
mikroorganizmlar tomonidan ajratilgan fermentlar paraaminobenzoy 
kislotasi bilan birikib, mikrob organizmi uchun zarur biologik faol 
moddalarni hosil qiladi. Qo’llanilgan sulfanilamid preparati 
paraaminobenzoy kislotasining strukturasini buzadi va natijada mikrob 
xujayrasida biologik faol moddalar hosil bo’lishi to’xtaydi. Mikroblar 
o’ladi yoki o’sish va rivojlanishdan qoladi. 
Sulfanilamid og’iz orqali har bir kg tana vazni uchun o’rtacha 0,02-
0,03g miqdorida sutkasiga 3-4 martadan tavsiya etiladi. 


55 
Sulfanilamid preparatlari asosan buyrak orqali va qisman o’t 
suyuqligi, tezak, terlash orqali organizmdan chiqariladi. Ayrimlari 
(ftalozol, sulgin) butun hazm trakti orqali o’tib tezak bilan chiqariladi.
 
Nafas tizimi
a’zolarining asosiy vazifasi organizm to’qimalarini
kislorod bilan ta’minlash hamda ularda hosil bo’lgan karbonat angidritni 
tashqariga chiqarib yuborishdan iboratdir. Ushbu tizim kasalliklari 
qo’ylar ichki yuqumsiz kasalliklarining - 27%, cho’chqalarning - 17%, 
va qoramollar yuqumsiz kasalliklarining 11 foyizini tashkil etadi. Nafas 
tizimi kasalliklarining keng tarqalishiga texnologik jarayonlarning 
buzilishi oqibatida organizm tabiiy rezistentligining pasayishi hamda 
turli xil mikrofloralar sabab bo’ladi. 
Nafas tizimi kasalliklari organizmda gazlar almashinuvi, yurak - qon 
tomir, hazm, ayirish va boshqa tizim va a’zolar funksiyalarining izdan 
chiqishiga sabab bo’ladi. 
Nafas tizimi kasalliklarida umumiy belgilardan tashqari, shu tizim 
kasalliklariga xos bo’lgan belgilar: nafas yo’llari shilliq pardasida
yallig’lanish belgilarining bo’lishi, burundan oqmalar oqishi, aksirish, 
yutal, tomoq va kekirdak paypaslanganda uning sezuvchanligining 
ortishi, bronxlar va o’pka auskultasiya qilinganda xirillashlarning 
eshitilishi, o’pka perkutor tovushining o’zgarishi, tana haroratining 
ko’tarilishi kuzatiladi. 
Nafas tizimi kasalliklari anatomik tamoyilga asosan nafas 
yo’llarining kasalliklari (rinit, gaymorit, frontit, laringit, traxeit, bronxit) 
hamda o’pka va plevraning kasalliklariga (pnevmoniyalar, plevritlar, 
pnevmotoraks, gidrotoraks, emfizema) bo’linadi. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish