YURAK QON-TOMIR TIZIMI
KASALLIKLARI BO’YICHA KASAL
XAYVONLARNI DAVOLASH
Reja:
9.1. Perikardit bilan og’rigan sigirni qabo’l qilish
9.2. Miokardoz bilan og’rigan otni qabo’l qilish
Mashg’ulotning maqsadi:
Studentlarga perikardit va miokardozga
diagnoz qo’yish, kasalliklarni davolash, oldini olish tadbirlarini va
yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini davolashda qo’llaniladigan vosita
va preparatlarni ishlatish va ularga reseptlar yozishni o’rgatish.
Kerakli asbob-uskuna va jixozlar:
Perikardit bilan kasallangan
sigir, miokardoz bilan kasallangan ot. Klinik tekshirish, dorilarni
ichirish va parenteral inyeksiyalar uchun asbob-uskunalar, antibiotiklar,
yurak glikozidlaridan namunalar, 20% li kofein eritmasi, 20% li kamfora
yog’i va boshqa preparatlar.
Mashg’ulotning borishi:
Har bir student o’qituvchidan kasal
hayvonni klinik tekshirish va davolash bo’yicha ma’lum topshiriq oladi.
Hamma talabalar yurakni ung va chap tomondan auskultasiya usulida
tekshiradi. Ikki student qon va siydikda laboratoriya tekshirishlari
47
o’tkazadi. O’qituvchi rahbarligida tekshirish natijalari tahlil qilinib,
davolash tartibi tuziladi.
Navbatchi talaba kasal hayvonni tekshirish va davolash uchun
kerakli jihoz va preparatlarni tayyorlagach, o’qituvchi va vrach ordinator
rahbarligida kasal hayvonni davolash ishlari bajariladi.
Klinik tekshirish natijalari, laboratoriya tekshirishlari, qo’yilgan
diagnoz, kasallik pragnozi, davolash va profilaktikasi to’g’risida har bir
student individual ravishda javob beradi.
Yurak kon-tomir tizimi
a’zolari organizmni kislorod, oziqa
moddalar va suv bilan ta’minlaydi hamda to’qimalardan metabolizm
mahsulotlarini chiqaruv a’zolariga yetkazib beradi. Tizim kasalliklari
paytida ish qobiliyati va mahsuldorlikni pasayishi, holsizlanish,
haroratni ko’tarilishi va ishtahani pasayishi kabi umumiy belgilar bilan
birgalikda aritmiya, xansirash, sianoz, yurak shovqinlari va shishlar
paydo bo’lishi kabi patognomonik belgilar kuzatiladi.
Aritmiyaning asosiy belgilari yurak qisqarishlari chastotasi, ketma-
ketligi va kuchining o’zgarishi hisoblanadi. Aritmiyalarning kelib
chiqishi ko’pincha yurakni o’tkazuvchi sistemasining funksional yoki
anatomik jarohatlanishi oqibatida kuzatiladi.
O’pkada qon harakatining susayishi va natijada qonda karbonat
angidrit miqdorining oshib ketishidan to’qimalarda kislorod tanqisligi
kuchayadi va kompensator jarayon sifatida hansirash paydo bo’ladi.
Yurak ish ritmi buziladi (aritmiya). Qonda kislorod miqdorining kam
bo’lishi shilliq pardalarning ko’kimtir buyalishiga (sianoz) sabab
bo’ladi.
Yurak shovqinlari perikard, miokard va endokard qavatlarining
jarohatlanishidan kelib chiqadi. Perikardning jarohatlanishidan kelib
chiqadigan shovqinlarga - perikardial; yurak klapanlarining
yetishmovchiliklari oqibatida kuzatilganda - endokardial; plevra va
perikard
qavatlari
jarohatlanishi
oqibatida
kuzatilganda
plevroperikardial shovqinlar deb ataladi.
Vena qon tomirlarida qonning dimlanishi va qon harakatining
susayib, qon bosimi va qon tomirlar o’tkazuvchanligining ortishi
shishlarni paydo qiladi. Shishlar ko’pincha tananing pastki qismlarida
paydo bo’lib, transsudat teri osti yog’ kletchatkasida va bo’shliqlarda
to’plangan bo’ladi. «Yurak shishlari» xamirsimon konsistensiyada,
og’riqsiz va mahalliy harorati ko’tarilmagan bo’ladi.
48
Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari quyidagicha tasniflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |