«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

 YURAK QON-TOMIR TIZIMI 
KASALLIKLARI BO’YICHA KASAL
XAYVONLARNI DAVOLASH
 
 
Reja: 
9.1. Perikardit bilan og’rigan sigirni qabo’l qilish
 
9.2. Miokardoz bilan og’rigan otni qabo’l qilish
 
Mashg’ulotning maqsadi: 
Studentlarga perikardit va miokardozga 
diagnoz qo’yish, kasalliklarni davolash, oldini olish tadbirlarini va 
yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini davolashda qo’llaniladigan vosita 
va preparatlarni ishlatish va ularga reseptlar yozishni o’rgatish. 
Kerakli asbob-uskuna va jixozlar: 
Perikardit bilan kasallangan 
sigir, miokardoz bilan kasallangan ot. Klinik tekshirish, dorilarni
ichirish va parenteral inyeksiyalar uchun asbob-uskunalar, antibiotiklar, 
yurak glikozidlaridan namunalar, 20% li kofein eritmasi, 20% li kamfora
yog’i va boshqa preparatlar. 
Mashg’ulotning borishi: 
Har bir student o’qituvchidan kasal 
hayvonni klinik tekshirish va davolash bo’yicha ma’lum topshiriq oladi. 
Hamma talabalar yurakni ung va chap tomondan auskultasiya usulida 
tekshiradi. Ikki student qon va siydikda laboratoriya tekshirishlari 


47 
o’tkazadi. O’qituvchi rahbarligida tekshirish natijalari tahlil qilinib, 
davolash tartibi tuziladi. 
Navbatchi talaba kasal hayvonni tekshirish va davolash uchun 
kerakli jihoz va preparatlarni tayyorlagach, o’qituvchi va vrach ordinator 
rahbarligida kasal hayvonni davolash ishlari bajariladi. 
Klinik tekshirish natijalari, laboratoriya tekshirishlari, qo’yilgan 
diagnoz, kasallik pragnozi, davolash va profilaktikasi to’g’risida har bir 
student individual ravishda javob beradi. 
Yurak kon-tomir tizimi
a’zolari organizmni kislorod, oziqa 
moddalar va suv bilan ta’minlaydi hamda to’qimalardan metabolizm 
mahsulotlarini chiqaruv a’zolariga yetkazib beradi. Tizim kasalliklari 
paytida ish qobiliyati va mahsuldorlikni pasayishi, holsizlanish, 
haroratni ko’tarilishi va ishtahani pasayishi kabi umumiy belgilar bilan 
birgalikda aritmiya, xansirash, sianoz, yurak shovqinlari va shishlar
paydo bo’lishi kabi patognomonik belgilar kuzatiladi. 
Aritmiyaning asosiy belgilari yurak qisqarishlari chastotasi, ketma- 
ketligi va kuchining o’zgarishi hisoblanadi. Aritmiyalarning kelib 
chiqishi ko’pincha yurakni o’tkazuvchi sistemasining funksional yoki 
anatomik jarohatlanishi oqibatida kuzatiladi. 
O’pkada qon harakatining susayishi va natijada qonda karbonat 
angidrit miqdorining oshib ketishidan to’qimalarda kislorod tanqisligi 
kuchayadi va kompensator jarayon sifatida hansirash paydo bo’ladi. 
Yurak ish ritmi buziladi (aritmiya). Qonda kislorod miqdorining kam 
bo’lishi shilliq pardalarning ko’kimtir buyalishiga (sianoz) sabab 
bo’ladi. 
Yurak shovqinlari perikard, miokard va endokard qavatlarining 
jarohatlanishidan kelib chiqadi. Perikardning jarohatlanishidan kelib 
chiqadigan shovqinlarga - perikardial; yurak klapanlarining 
yetishmovchiliklari oqibatida kuzatilganda - endokardial; plevra va 
perikard 
qavatlari 
jarohatlanishi 
oqibatida 
kuzatilganda 
plevroperikardial shovqinlar deb ataladi. 
Vena qon tomirlarida qonning dimlanishi va qon harakatining 
susayib, qon bosimi va qon tomirlar o’tkazuvchanligining ortishi 
shishlarni paydo qiladi. Shishlar ko’pincha tananing pastki qismlarida 
paydo bo’lib, transsudat teri osti yog’ kletchatkasida va bo’shliqlarda 
to’plangan bo’ladi. «Yurak shishlari» xamirsimon konsistensiyada,
og’riqsiz va mahalliy harorati ko’tarilmagan bo’ladi.


48 
Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari quyidagicha tasniflanadi: 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish