617
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
3.
B.R.Adizov Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari.
Ped.fan.dok.diss. T., 2003-y
VIRTUAL OLAMDA INTERFAOL VIRTUAL TAʼLIM OLISH
SAMARADORLIGI AHAMIYATI
Giyosov Ulug‘bek Eshpulatovich, To‘raeva Nigora Husniddin qizi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU doktoranti
Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiya sifatida chet ellarda vertual oliy
o‘quv yurtlarini tashkil qilish tan olinmoqda. Vertual ta’lim tarafdorlarining soni borgan
sari ortib bormoqda. Mazkur tizim yo‘lga qo‘yilgan AQSh, Angliya, Germaniya, Koreya,
Yaponiya kabi davlatlarda OTM larida bir yilga bir necha millionlarni tashkil etmoqda.
Buning sababi shuki, ta’lim muassasalarida an’naviy usulda bilim olishga nisbatan
masofadan turib bilim olish foydalanuvchilar uchun ham qulay, ham arzon, eng asosiysi
foydalanuvchilar o‘zlariga ma’qul bo‘ladigan vaqtlarda bilim olishlariga imkon beradi.
Virtual 3D universitet o‘quv jarayonini tashkil qilish modellarini yaratish dasturiy
tizimini ishlab chiqish uchun umumiy metodologik prinsiplari. Bugungi kunda virtual
reallik ilovalari ishlab chiqish uchun virtual reallik texnologiyalari va prinsiplarini
qo‘llashga kirishdir. Ushbu metodologik prinsip uch yo‘nalish bo‘yicha dasturiy
ta’minotga yondashadi: passiv virtual borliq inson tomonidan boshqarilmaydigan
avtonom grafik tasvirni tovush bilan kuzatilishi, tekshiriluvchi virtual borliq
chegaralangan miqdorda foydalanuvchiga taqdim qilinadigan ssenariy, tasvir, tovushni
tanlash imkonining borligi, interfaol virtual borliq treking vazifasini bajara oladigan
maxsus qurilma yordamida yaratilgan dunyo qonunlari asosida vertual muhitni
foydalanuvchi o‘zi boshqara olishidir. Ko‘pchilik IT-tashkilotlarda virtual reallik
ilovalari ishlab chiqish loyihadagi muhandislar, menejerlar va boshqa manfaatdor
tomonlarni o‘z ichiga olgan birgalikdagi harakatdir. [3]
Interfaol-virtual taʼlim muhitini tashkil etish tamoillari quydagicha:
✓ O‘quvchilarni odatdagi tabiiy ta’lim muhitida ishtirok etgandek o‘quv kontentini
amalga oshirish;
✓ Samarali ishtirok etish qo‘llab quvatlash. Bunda barcha ishtorokchilarni, taqdimot
faylini, mashg‘ulot to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin;
✓ Darsni turli xil o‘quv senariylar va jiddiy o‘yinlar orqali amalga oshirish
imkoniyati paydo bo‘ladi. Ofisni va o‘quv muhitini modellashtirish;
✓ Ta’lim vositalarining xilma-xilligi. Bunda taqdimotlar, veb-kamera, fayllarni
almashish uchun ilova, ovoz berish tizimlari bir vaqtda mujjassam bo‘ladi.
✓ o‘quvchilar gruppasi holatini qo‘llab quvvatlash;