615
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Multimediali ta’lim nazariyasida – ta’lim jarayonida optimal samaradorlikka
faqatgina verbal va vizual materiallar birgalikda, bir vaqtda berib borilgandagina erishish
mumkin deyiladi.
Multimediali ta’lim nazariyasi shu sohada ko‘plab tajribalar o‘tkazgan, uning
samaradorligini isbotlagan pedagog-psixolog Richard Mayer tomonidan yaratilgan.
Multimediali ta’limda o‘quvchining miyasi bir vaqtning o‘zida ikki turdagi axborotni
o‘zlashtiradi: vizual va tovushli. Nazariy jihatdan bu ikki axborot oqimi bir-birining
o‘rnini egallashga, ustunlik qilishga harakat qilishini taxmin qilish mumkin. Lekin
psixologik tadqiqotlarga ko‘ra verbal tarzda yetkazilgan ma’lumotlar vizual tasvirlar
bilan birga qo‘llanilsa, axborotni o‘zlashirish ko‘rsatkichi ortadi.
Verbal va vizual axborot birgalikda taqdim etilganda yuqori samara berishi Allan
Paivio ilk bor taklif etgan va Richard Meyer tomonidan birinchi marta multimediali
ta’limda qo‘llanilgan ikki yoqlamali ikodlashtirish nazariyasida ham o‘z tasdig‘ini
topgan. Meyer va uning tarafdorlari multimediali ta’limni guruhlarda ikki xil tarzda sinab
ko‘rishgan. Birinchi guruhlarga ular o‘qitilayotgan mavzulardagi vizual axborotlarning
tasvirlari ularni izohlovchi matn va audio materiallar bilan birgalikda, bir vaqtda berib
borilgan. Ikkinchi guruhda esa aynan shu mavzularni tushuntirish jarayonida vizual
axborot uni izohlovchi matn va audio materiallar alohida tarzda taqdim etilgan. Ikkinchi
guruhdagi ta’lim jarayonini monomediali ta’lim, deyish mumkin (faqatgina vizual tarzda
olib borilgan). Tadqiqot natijasidagi so‘nggi tekshirishlar birinchi guruh
qatnashchilarining ikkinchi guruhga nisbatan yuqori darajadagi o‘zlashtirishga
erishganligini ko‘rsatgan. Demak, ta’lim oluvchiga yetkazilayotgan vizual materiallar
verbal ma’lumotlar bilan parallel ravishda berib borilsa, bu ishtirokchining miyasi
tomonidan ma’lumotni o‘zlashtirishga qaratilgan yuklanishini kamaytiradi va
ma’lumotni o‘zlashtirib eslab qolishni osonlashtiradi. Meyer bu jarayonni “Modallik
effekti” yoki “modallik printsipi” deb atagan. Bu effektni Rower Point dasturida
tayyorlangan taqdimot yordamida o‘tkazilayotgan darsda qo‘llaydigan bo‘lsak, siz
tasvirlarni joylashtirganda uni izohlovchi matnni birgalikda joylashtirishingiz va ayni shu
tasvirni ifodalovchi matnning asosiy qismini verbal tarzda gapirib berishingiz zarur
bo‘ladi. Bu:
− diqqatni jamlaydi va o‘ziga tortadi;
− siz tushuntirayotgan ma’lumotni yaxshi tushunishi va o‘zlashtirishiga yordam
beradi;
Lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerak-ki, tasvir, audio material berib borilishi
jarayonida o‘qituvchi aytib o‘tayotgan ayni ma’lumotning matn holidagi ko‘rinishini
to‘liq holda dars taqdimotining sahifalariga joylashtirib berib borish mumkin emas.
O‘quvchini bir vaqtda bir xil ma’lumotni o‘qishi va eshitishi uning o‘zlashtirish
samaradorligini oshirmaydi. Aksincha, Sviller Chandler tomonidan izohlangan
diqqatning bo‘linish effektiga olib keladi. Beriladigan vizual materiallarda ekranga
Do'stlaringiz bilan baham: |