“Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab
va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini
shakllantirishga qaratilgan metoddir.
“Loyiha” metodi - bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan
vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va
amalga oshirish ishlarini olib borishidir.
Har bir interfaol metod ta’lim tarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish,
o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar, shuningdek jamoalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror
toptirish, g‘oyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, shaxs sifatida
namoyon bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit hamda muhitni yaratishda katta
imkoniyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |