623
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2019-yil 23-avgust kuni
“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchining mavqeini
yanada oshirish” masalasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda
ta’lim-tarbiya tizimini tubdan yangilash, metodik xizmat ko‘rsatish sohasini yangi
bosqichga ko‘tarish borasida bir qancha vazifalar belgilab berilgan edi.
Ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv reja asosida tanlov
sinflarining tashkil etilishi, ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish
tartibining joriy etilganligi, maktablarning boshqaruv tizimida Kuzatuv kengashlarining
tuzilishi natijasida ko‘plab o‘zgarishlar, yangiliklar, innovatsiyalar va texnologiyalar
paydo bo‘lmoqda.
Shuningdek, Xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tayanch
o‘quv rejaga asoslangan davlat ta’lim standartlarini bajarish bo‘yicha fanlar va sinflar
kesimida dars o‘tish va maktabdan bo‘sh vaqtlarida to‘garaklar bilan ishlashish tizimi
yo‘lga qo‘yilgan.
Ta’limning sifatini oshirishda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarida to‘garaklarga jalb
etilishining ahamiyati katta. Birinchidan, fan to‘garaklari va pullik to‘garaklarda
o‘quvchilar o‘zlarini erkin tutishi, tanlagan, qiziqqan yo‘nalishi bo‘yicha qatnashishi,
mavzularning majburiy emasligi va muammoli mavzular bo‘yicha o‘qitilishi
o‘qituvchilarning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu borada ota-onalarning nizom asosida pul to‘layotganligini hisobga
oladigan bo‘lsak, ular tomonidan o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashlariga imkoniyat
yaratib berishi va nazoratning kuchayishi ta’lim sifatini oshishining yana bir indikatori
bo‘lib hisoblanadi.
Shuningdek, fan to‘garaklari va pullik xizmat ko‘rsatish to‘garaklari orqali yuqori
sinf o‘quvchilarini ma’lum bir kasbga yo‘naltirish ishlarini ham olib borish o‘zining
ijobiy natijani beradi.
Barchamizga ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan to‘garaklar faoliyat yuritib kelmoqda.
Ularning metodik ishlarini maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor
o‘rinbosari muvofiqlashtirib bormoqda va hisobotlar bilan cheklanmoqda. To‘garak
ishlarini sifat va mazmun jihatini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. Ya’ni,
so‘ngi paytlari maktablarda fan to‘garaklari, pullik xizmat ko‘rsatish to‘garaklari,
maktabdan tashqari to‘garaklar (bichish, tikish, texnologiya, musiqa, turizm, rasm va
hakoza) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularni muvofiqlashtirish faqat havoyi
raqamlarga e’tibor berish bilan cheklanib, ularning metodik jihatdan yordamga
muhtojligiga e’tibor qaratilmayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 343-
Do'stlaringiz bilan baham: |