Udk “Tarix” kafedrasi



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana27.02.2020
Hajmi1,02 Mb.
#41052
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qoqon xonligi siyosiy tarixining mustaqillik davri tarixshunosligi 1991-2012 yy


 

 

G„.Ahmadjonovning  «Rossiyskaya  imperiya  v  Sentralnoy  Azii»  nomli 



monografiyasi  chor  Rossiyasining  О„rta  Osiyo  xonliklarini  mustamlakaga 

aylantirishi  va  imperiyaning  Turkistonda  yuritgan  mustamlakachilik  siyosati 

tarixining  tarixshunosligiga  bag„ishlangan  bо„lib,  bu  sohada  tadqiqot  olib  borgan 

bir  qator  olimlarning  ilmiy  xulosalari  tarixshunoslik  nuqtai-nazaridan  tahlil 

etilgan.

89

  



 

Shu  sohada  ayrim    manbalar  bilan  tanishib,  о„ziga  xos  tadqiqot  ishlari  olib 

borgan  adabiyotshunos  olim  SH.Yusupov  Qо„qon  xonligi  tarixi  bilan  bog„liq 

                                                 

85

  Зиѐев  Ҳ.З.  Туркистонда  Россия  тажовузи  ва  ҳукмронлигига  қарши  кураш.  -Т.:  Шарқ,  1998; 



Бабабеков  Х.Н.  Народные  движения  в  Кокандском  ханстве  и  их  социально  –  экономические  и 

политические предпосўлки (XVIII – XIX вв). Дисс … д-ра ист. наук.  - Т. - 1991. 302 с. Воҳидов 

Ш.Ҳ.  XIX  –  ХХ  аср          бошларида  Қўқон  хонлигида  тарихнависликнинг  ривожланиши.  Тарих 

фанлари д-ри илм. 1998. - 240 б. 

86

  Зиѐев Ҳ.З. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. -Т.: Шарқ. 1998. -478 



б. 

87

 Бобобеков Ҳ. ва бошқ. Ўзбекистон тарихи. Қисқача маълумотнома. -Т.: Шарқ,  2000. Б. 160–163. 



88

 Воҳидов Ш.Ҳ. XIX – ХХ аср бошларида Қўқон хонлигида тарихнависликнинг    ривожланиши. 

Тарих  фанлари  д-ри  ...  диссер.  -Т.  -1998;  Қаранг:  Муҳаммад          Юнус    Тоиб.  Тарихи  Алиқули 

Амирлашкар  //  Шарқ  юлдузи.  -1996.  №1-2;      Аваз  Муҳаммад  Аттор  Ҳўқандий.  Тарихи 

жаҳоннамойи // Шарқ юлдузи. 1998 йил. 6–сон;   Қўқон    хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва 

мансаблар. Т.: Фан, 1996. Б. 49. 

89

  Ахмеджанов  Г.А.  Российская  империя  в  центральной  Азии  (история  и  историография 



колониальной политики царизма в Туркестане). – Т.: Фан, 1995. – 218 с. 

 

35 


ma‟lumotlarga bir muncha batafsil tavsif berishga harakat qilgan. U о„z fikrlarini 

Ibratning  «Tarixi  Farg„ona»,  Mullo  Olim  Mahdumhojaning  «Tarixi  Turkiston», 

Mirzo Olim Mushrifning «Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin» asarlari asosida 

yoritib bergan.

90

  



 

Keltirib о„tilgan asarlar bilan bir qatorda horijlik tarixchi  olimlar ham XIX 

asr  ikkinchi  yarmi  Qо„qon  xonligi  va  Rossiya  imperiyasi  о„rtasidagi  о„zaro 

munosabatlar  masalasiga  tо„xtalib  о„tganlar.  Horij  olimlari  tomonidan  chor 

Rossiyasining О„rta Osiyo xonliklari, xususan Qо„qon xonligiga qarshi olib borgan 

harbiy  siyosati  va  ularni  mustamlakaga  aylantirishi  tarixi  masalasida  olib  borgan 

tadqiqot  ishlari  ham  о„rganilayotgan  mavzuning  tahlilini  chuqurroq  va  kengroq 

tahlil  etishda  katta  ahamiyatga  ega.    Totalitar  tuzum  davrida  murojaat  qilish  va 

о„rganilishi  ta‟qiqlangan  horij  tadqiqotchilarining  asarlarida  sovet  tadqiqotchilari 

uchun  mumkin  bо„lmagan  tarixiy  tahlilga  keng  о„rin  berilgan  hamda  tarixiy 

jarayonlarning asl mohiyati ochiq oydin yoritib berilgan. Bunday tadqiqotchilar va 

ularning  asarlari  orasida  D.Bergxorn,  E.Bekon,  R.Konnuest,  E.Ollvort, 

T.Ranovski–Xarmstoun,  L.Tillet,  D.Uiler,  D.Xuson  va  boshqalarni  alohida 

kо„rsatib о„tish mumkin. Ular haqli ravishda sovet tarixshunoslik fani va unda yо„l 

qо„yilayotgan  haddan  tashqari  mafkuraviy  yondashishni  qattiq  tanqid  qilgan 

edilar.


91

 

 

О„zida  Qо„qon  xonligi  tarixi,  ayniqsa  xonlikning  elchilik  masalalari  bilan 



bog„liq  siyosati  haqida  qimmatli  ma‟lumotlarni  jamlagan  M.Saray  va 

Inalchiklarning  asarlari  ham  muhim  ahamiyatga  ega  bо„lgan  horij  tadqiqotlari 

sanaladi.  Bu  asarlar  Qо„qon  xonligi  tomonidan  Turk  sultoniga  yuborgan  elchilik 

masalalarining  batafsil  yoritib  berilganligi  bilan  ahamiyatlidir.

92

  Yaponiyaning 



                                                 

90

 Юсупов Ш. Хуфия қатламлар. -Т.: Маънавият, 1999. Б. 80-95. 



91

 Barghorn L. Sovet Russian Nationalism. – New York, 1956; J. Wheeter. The modern history of Central 

Asia. –London, 1964; E.A. Allworth. Uzbek Literary politics – New York 1964; E. Bacon. Central Asiens 

under Russians Rule. – New York, 1966; R. Conguest. Soviet Nationalitiea in Practice. – London, 1967; 

L.  Tillet.  The  Great  Friendship.  Soviet  Historians  on  the  Non-Russian  Nationalities.  –  North  Carolina, 

1969. T. Rakovska-Harmstone. Russian and Nationalism in Central Asia. – Baltimore, 1970; D.Hooson. 

The Soviet Union. People and Regions – California, 1977 и др. 

92

  Saray  M.  Rus  isgali  devrinda  Osmanli  devleti  ile  Turkistan  hanliklari  arasindeki  siyasi 



munasabetler(1775-1875).  -Ankara.  1994.  -S74.  Saray  M.  Rusiyanin  Turk  yurdlarina  yayilmasi.  – 

 

36 


Tokio  universiteti  (X.Komatsu)  va  О„zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi 

Sharqshunoslik 

instituti 

(B.M.Bobojonov, 

SH.X.Vohidov) 

hamkorligida 

Yaponiyada  chop  etilgan  «Tuhfa-yi  Taib»  asarida  mualliflar  manbalarga 

asoslangan  holda  Qо„qon  xonligining  chor  Rossiyasiga  qarshi  kurashlari  hamda 

xonlikning ichki siyosati masalalari bir qator ma‟lumotlarni keltiradilar

93

. 



Bu  davrda  yaratilgan  ilmiy  tadqiqotlar  va  ilmiy  adabiyotlar  qatorida 

Z.Ilhomovning  Qо„qon  xonligi  tarixini  davrlashtirish  va  tarixshunoslik 

masalalariga  bag„ishlangan  “Qо„qon  xonligi  tarixshunosligining  ayrim  masalalari 

(tahlil  va  mulohazalar)”  nomli  risolasi  xonlik  tarixini  davrlashtirish  va 

tarixshunoslik masalalarining bir qator jihatlarini yoritib berganligi bilan e‟tiborga 

loyiq.


94

 Risolada xonlik tarixini davrlashtirishning an‟naviy davrlashtirilishi va bu 

davrlashtirish  tarkibidagi  kichik  davrlar  va  ularning  bir-biridan  farqlanuvchi  bir 

qator nazariy-metodologik jihatlarini kо„rsatib о„tgan.

95

 

Yuqoridagilardan  kо„rinadiki,  keltirib  о„tilgan  asarlarda  mualliflar  Qо„qon 



xonligi  tarixini  yoritishda  turli  nuqtai-nazarlardan  yondashib,  bir  qator  ilmiy 

tadqiqotlarni  amalga  oshirganlar,  aynan  mana  shu  holat  xonlik  tarixining  keyingi 

yillarda chuqur va ilmiy jihatdan yangi va obyektiv yondashuvlar asosida, ilmiylik, 

tarixiy  xolislik  nuqtai-nazaridan  о„rganish  borasida  tarixchilar  e‟tiborini  о„ziga 

tortib  kelmoqda  va  bu  sohada  tarixiylik  jihatdan  ilmiy  qarashlar  asosida  obyektiv 

xulosalarga  asoslanilgan  fikrlar  kо„payib  bormoqda.  Bunday  tadqiqotlar  xonlik 

tarixining mukammal darajada о„rganilishiga katta hissa bо„lib qо„shilmoqda. 

 

 



                                                                                                                                                             

Istanbul.  1975.  -S.35.    Inalcik.  Osmanli  –  Rus  rekabetinin  mensei  ve  Volga  –  Don  kanali  tesebbusi.- 

Ankara. 1948. -S349-402. 

93

 Муҳаммад Йунус Хаджа б. Муҳаммад Амин-Хаджа. Туҳфа-йи Таиб // Islamic Area Studies Project 



Central Asian research Series  –Ташкент-Токио. 2002. -№ 6. -С.1.   

94

  Илҳомов  З.А.  “Қўқон  хонлиги  тарихшунослигининг  айрим  масалалари  (таҳлил  ва 



мулоҳазалар)”. Т. 2007. 

95

 Ўша жойда. 



 

37 


1-BOB BО„YICHA XULOSA 

 

Dissertatsiyaning  birinchi  bobida  asosiy  vazifa  etib  qо„yilgan  Qо„qon 

xonligi  siyosiy  tarixining  asosiy  masalalarini  sо„nggi  yillarda  chop  etilgan  ilmiy 

tadqiqotlar  asosida  umumiy  tavsifini  keltirib  о„tish  masalasi  yuzasidan  amalga 

oshirilgan  tadqiqot  shuni  kо„rsatadiki,  XX  asrning  sо„nggi  о„n  yilligi  va  XXI 

asrning  dastlabki  о„n  yilligi  mobaynida    Qо„qon  xonligi  tarixiga  oid о„nlab  ilmiy 

tadqiqot amalga oshirilgan, yuzlab ilmiy va uslubiy ishlar nashr ettirilgan. Amalga 

oshirilgan  ilmiy  tadqiqotlarning  asosiy  tadqiqot  obyektlari  sifatida  xonlikning 

tashkil  topishi  jarayonlaridan  boshlab  XIX  asrning  70-yillarigacha  bо„lgan  davr 

mobaynidagi  siyosiy  jarayonlar,  xonlikning  ichki  siyosiy  hayoti  va  tashqi  siyosiy 

darayonlardagi 

ishtiroki, 

qо„shni 

mamlakatlar 

bilan 

о„zaro 


siyosiy 

munosabatlarining asosiy xususiyatlarini kо„rish mumkin. Adabiyotlar tahlili shuni 

kо„rsatadiki,  asosiy  tadqiqotlar  Qо„qon  xonligining  siyosiy  tarixi  masalalariga 

bag„ishlangan,  xonlikning  tarixshunosligi  masalalariga  bag„ishlangan  ishlar  esa 

umumiy tadqiqotlarning unchalik  katta qismini tashkil qilmaydi.  

Shuningdek,  dissertatsiya  tadqiqoti  jarayonida  xonlik  tarixini  о„rganishda 

sо„nggi  bir  asr  davomida  turlicha  yondashish  va  munosabatlar,  ayrim  vaqtlarda 

tarixiy jarayonlar va voqelikni obyektiv baholamaslik holatlariga yо„l qо„yilganligi 

borasida  fikrlar  bildirildi,  xonlik  tarixini  yoritishdagi  bunday  munosabat  ushbu 

holni  tarixshunoslik  nuqta-nazaridan  chuqur  tahlil  qilish  va  mavzuning 

о„rganilishini  mavjud  ilmiy  tadqiqotlarning  yо„nalishi,  davr  va  boshqa 

xususiyatlariga  kо„ra  bir necha guruhga bо„lib  kо„rib chiqish masalalariga e‟tibor 

qaratildi  va  ajratib  olingan  har  bir  davr  yuzasidan  asarlarning  xususiyatlari  tahlil 

etilib,  bu  ularning  ilmiy  tadqiqotlarga  ealb  etilishi,  tadqiqotlarning  davriy 

xususiyatlari haqida xulosalar berildi.  

 

 



 

 

38 


2-BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA QО„QON XONLIGI SIYOSIY 

TARIXINING О„RGANILISHI VA TARIXSHUNOSLIKNING 

RIVOJLANISHI 

 

2.1.  Qо„qon xonligi siyosiy tarixining tarixshunosligi 

 

Tarix  va tarixiy  jarayonlar,  siyosiy-tarixiy  vaziyat  ularning  rо„y  berishidagi 



asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil 

qilish  tarixiy  haqiqatning  yuzaga  chiqishida  katta  omil  sanaladi.  Tadqiqotchilar 

tomonidan О„zbekiston tarixining turli sohalari yuzasidan juda kо„plab tadqiqotlar 

va  turli  muammolari  yuzasidan  izlanishlar  olib  borilgan  bо„lsada,  bugungi 

kungacha О„zbekiston tarixi sohalarining barcha masalalari tо„lig„icha tadqiq qilib 

bо„lingan deb bо„lmaydi. Ayniqsa, turli davrlarda yaratilgan tarixiy ilmiy asarlarda 

mualliflarning tadqiqot masalalariga turlicha yondashuvlari fikrlar va xulosalarning 

ham  turlicha  bо„lishiga  olib  kelgan.  Ularni  ilmiy  jihatdan  chuqur  tahlil  qilish  va 

tarixiylik,  ilmiylik  va  xolislikka  asoslanilgan  eng  tо„g„ri  xulosalarni  chiqarish 

bugungi kun tarixchi mutaxassislari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.  

Bugungi  kunda  tarix  faniga  qо„yilayotgan  talablar  о„tmishni  sinchiklab 

о„rganish,  jamiyat  oldida  turgan  muammolarni  bor  murakkabligi  bilan  baholash, 

ularni  hal  etishga  bо„lgan  yondashuvlar  va  nuqtai-nazarlarni  tahlil  etib,  ulardan 

bugungi kun uchun zarur xulosalarni chiqarishni talab etadi. 

Mustaqillik  yillarida    О„zbekiston  tarixi  har  tomonlama  xolis  va  ilmiy 

yoritila  boshlandi.  Ayniqsa,  о„zbek  davlatchiligi  tarixi  va  uning  jahon 

sivilizatsiyasi  taraqqiyoti  jarayonlarida  tutgan  о„rnini  yoritishga  katta  e‟tibor 

berilmoqda.  

О„zbek  davlatchiligi  tarixi  masalalariini  yoritish  borasida  bugungi  kunda 

respublikamizdagi  ilmiy  tadqiqot  institutlari  va  oliy  о„quv  yurtlari  tadqiqotchilari 

tomonidan  kо„pgina  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Ayniqsa,  keyingi  bir  necha  yil 

davomida  О„zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasi  Tarix  Instituti  hamda 

respublikamizdagi  oliy  о„quv  yurtlari  mutaxassislari  tomonidan  о„zbek 

davlatchiligi  tarixi  masalalariga  bag„ishlangan  kо„plab  respublika  va  xalqaro 

miqyosdagi  ilmiy-nazariy  anjumanlar  о„tkazib  kelinmoqda.  Bundan  kо„rinadiki, 


 

39 


bugungi  kunda  о„zbek  davlatchiligi  tarixi  va  uning  taraqqiyoti  masalalarini 

о„rganishga katta e‟tibor berilmoqda va bu mavzu tarixchilar oldidagi eng muhim 

vazifalardan biri bо„lib qolmoqda. 

Qо„qon xonligi tarixi chor Rossiyasi hukmronligi va sovet davrida ma‟lum 

darajada  о„rganildi.  О„sha  davrda  tadqiqotchilar  xonlik  tarixiga  oid  talay  yozma 

manbalarni  ilmiy  muomalaga  kiritdilar  hamda  bu  davlatning  ijtimoiy-siyosiy 

taraqqiyoti bilan bog„liq kо„p faktik ma‟lumotlarni tо„plashga muvaffaq bо„ldilar. 

Ammo  tarix  fanida  hukmron  bо„lgan  kommunistik  mafkura  Qо„qon  xonligi 

tarixini  obyektiv  tarzda  yoritishga,  uning  yaxlit  tarixiy  konsepsiyasini  yaratishga 

imkon  bermadi.  Shuning  uchun  mustaqillik  yillarida  respublikamizning  bir  necha 

yetakchi tarixchi olimlari hamda qator yosh tadqiqotchilar Qо„qon xonligi tarixini 

atroflicha  о„rganishga  bel  bog„ladilar.  Ularning  ilmiy  izlanishlari  xonlikning 

tarixshunosligi,  manbashunosligi,  siyosiy  tarixi,  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyoti, 

savdo va diplomatik aloqalari, madaniy hayoti va boshqa muammolarga qaratildi.

96

 

Tarix  ilmining  rivojlanishi  kо„p  jihatdan  yozma  manbalarning  о„rganilishi 



va  ularning  ilmiy  muomalaga  kiritilishi  bilan  bog„liqdir.  Bu  borada  taniqli 

manbashunos  olim  SH.H.Vohidovning  xizmatlari  diqqatga  sazovordir.  U  sovet 

davrida  boshlagan  xayrli  ishini  davom  ettirib,  Qо„qon  xonligi  tarixini  о„zida 

mujassam  etgan  mahalliy  tarixnavislarning  asarlarini  о„rganish  va  ularni  nashr 

etish  borasida  kо„p  xizmatlar  qildi.  Bunday  ishlarning  natijasi  о„laroq 

SH.H.Vohidov  1998  yilda  “XIX-XX  asrning  boshlarida  Qо„qon  xonligida 

tarixnavislikning  rivojlanishi”  mavzusida  doktorlik  dissertatsiyasini  yoqladi

97



Ushbu  dissertatsiya  materiallari  asosida  2010  yilda  “Qо„qon  xonligida 

tarixnavislik”  nomli  monografiyasini  e‟lon  qildi

98

.    SH.H.Vohidovning  asarlari 



tufayli  ilmiy  jamoatchilikda  XIX–XX  asrning  boshlarida  Farg„onada  о„ziga  xos 

tarixnavislik  maktabi  vujudga  kelganligi  hamda  bu  maktabga  mansub  bо„lgan 

muarrixlar  asarlarining  Qо„qon  xonligi  tarixini  о„rganishda  g„oyat  muhim  о„rin 

                                                 

96

  Р.А.Арслонзода,  М.Ахунова.  Ўзбекистон:  Мустақиллик  йилларида  Қўқон  хонлиги  тарихининг 



ўрганилиши . http://uzbegim.us 

97

 Воҳидов Ш.Ҳ. XIX – ХХ аср     бошларида Қўқон хонлигида тарихнависликнинг ривожланиши. 



Тарих фанлари д-ри илм. 1998. - 240 б. 

98

 Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010. 



 

40 


tutganligi haqida aniq tasavvurlar shakllandi.

99

 



Istiqlol  yillarida  tajribali  olimlar  bilan  bir  qator  yosh  olimlar  ham  Qо„qon 

tarixnavislik  maktabida  yaratilgan  asarlarni  tadqiq  etish  va  nashr  qilishga  о„z 

hissalarini  qо„shdilar.  Ulardan  biri  D.Sangirova  1999  yilda  “Muhammad  Aziz 

Marg„iloniyning  “Tarixi  Aziziy”  asari  muhim  tarixiy  manba”  mavzusidagi 

nomzodlik  dissertatsiyasida  ushbu  asarning  Qо„qon  xonligi  tarixini  о„rganishdagi 

ahamiyatini kо„rsatib о„tdi. Jumladan, bu asar Xudoyorxonning oxirgi boshqaruvi 

davrida  xonlikdagi  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvol,  “mahrumi  meros”  va  boshqa  yangi 

soliqlarning  joriy  etilishi,  Pо„latxon  qо„zg„oloni  va  Farg„onaning  chor  Rossiyasi 

tomonidan bosib olinishi tо„g„risida qimmatli ma‟lumotlar berilishi qayd etiladi

100


Ayni  vaqtda  D.Sangirova  SH.H.Vohidov  bilan  hamkorlikda  Muhammad  Aziz 

Marg„iloniy asarining original qismi bо„lgan beshinchi bobini izohlar bilan nashr 

etdi.


101

 

Muhammad  Solih  Toshkandiyning  “Tarixi  jadidayi  Toshkand”  asarini 



boshqa  yosh  tadqiqotchi  –  О„.A.Sultonov  о„rgandi.  О„z  izlanishlari  yakunida  u 

nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi hamda “Muhammad Solihxо„ja va uning 

“Tarixi  jadidayi  Toshkand”  asari”  nomli  monografiyasini  e‟lon  qildi”.  Kо„rsatib 

о„tilgan  manba  muallif  tomonidan  asosan  unda  Toshkent  shahri  tarixining 

yoritilishi  nuqtai  nazaridan  о„rganilgan.  О„.A.Sultonov  Toshkent  shahri 

topografiyasi,  shaharning  mashhur  kishilari,  aholining  mashg„ulotlari  kabi 

masalalarga asosiy e‟tiborni qaratdi.

102


 

Istiqlol  yillarida  Qо„qon  xonligi  tarixiga  oid  mahalliy  tarixnavislar 

asarlarining nashr etilishi ijobiy hodisa bо„ldi. Dastlab qо„qonlik tarixnavislarning 

eski о„zbek tilida bitilgan asarlari, jumladan, Ibratning “Farg„ona tarixi”,

103

 Mirza 


Olim maxdum hojining “Tarixi Turkiston”

104


, Mirza Olim Mushrifning “Ansob us-

                                                 

99

 О„sha joyda. 



100

 Муҳаммад Азиз Марғилоний. Тарихи Азизий. Т.Маънавият. 1999. 

101

 О„sha joyda. 



102

  Султонов  У.А.  Муҳаммад  Солиххўжа  ва  унинг  "Тарихи  жадидайи  Тошканд  асари"  мухим 

тарихий манба сифатида. Тарих  фан номз ...дисс. - Тошкент: 2007. 

103


 Ибрат . Фарғона тарихи. Т.Мерос. 1991. 

104


 Мирзо Олим Маҳдумхожа. Тарихи туркистон. Т.2010. 

 

41 


salotin  va  tavorix  ul-xavoqin”

105


  kitoblari  nashr  etildi.  Ushbu  nashrlar  keng 

kitobxonlar ommasini ajdodlarimizning ma‟naviy merosi bо„lmish bu asarlar bilan 

yaqindan  tanishtirish  jihatidan  ahamiyatli  edi.  Ammo  tarixchilar  uchun  bu 

asarlarning  batafsil  sharh  va  izohlar  bilan  boyitilgan  ilmiy-tanqidiy  nashri  zarur 

edi.  Shu  boisdan  keyinchalik  “Ansob  us-salotin”  va  “Tarixi  Turkiston” 

SH.H.Vohidova va S.Yо„ldoshevlar tomonidan qayta nashr etildi.

106

 

Tarixning  mukammal  va  atroflicha  о„rganishning  eng  muhim  asoslaridan 



biri  manbalardir.  Manbalar  asosida  о„rganilgan  tarix  о„zining  tarixiyligi, 

ishonchliligi,  voqelarning    bor  tafsilotlari  bilan  yoritib  berilishi  bilan  alohida 

ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, tarixni о„rganishda manbalarga tayanish ham 

eng  muhim  omillardan  biridir.  Bunda  nafaqat  milliy  tarixnavislik  maktablarida 

yaratilgan  ma‟lumotlardan  va  asarlardan,  balki  mamlakatimiz  tarixinining  turli 

jihatlari  qayd  etib  о„tilgan  horijiy  mamlakatlar  tarixchilari  tomonidan  yozib 

qoldirilgan  manbalar  va  rasmiy  hujjatlarni  ham  ilmiy  jihatdan о„rganish va ularni 

ilmiy  muomalaga  jalb  qilish  tariximizni  о„rganishni  mazmun  jihatdan  yanada 

boyitishi  mumkin.    Manbashunos  olimlar  Qо„qon  tarixnavislik  maktabida  fors-

tojik  tilida  yozilgan  asarlarni  о„zbekchaga  tarjima  qilish  va  nashr  etishga  e‟tibor 

qaratdilar. SH.H.Vohidov tomonidan Muhammad Yunus Toibning “Tarixi Aliquli 

amirlashkar”,  Muhammad  Hakimxon  tо„raning  “Muntaxab  at-tavorix”  asarlari 

nashr etildi.

107


  

Shuni  ham  qayd  etish  lozimki,  Qо„qon  tarixnavislik  maktabida  yaratilgan 

asarlar  nafaqat  О„zbekistonda,  balki  xorijiy  mamlakatlarda  ham  о„rganilib,  nashr 

etila boshlandi. Jumladan, 1991 yilda Tohir Xо„jandiyning “G„aroyibi sipoh” asari 

Tojikiston  Respublikasining  Xо„jand  shahrida  nashr  etildi.  О„zbek  va  yapon 

olimlarining  hamkorligi  tufayli  2002  yilda  Muhammad  Yunusxо„ja  Toibning 

                                                 

105


 Мирза Олим Мушриф. Қўқон хонлиги тарихи. Т.1995. 

106


 О„sha joyda.  

107


 Кавахара Я. Мухаммад Хакимхоннннг "Мунтахаб ат таворих'" асари тарихий манба сифатида // 

Тарихий  манбашуносликнинг  долзарб  муаммолари.  Республика  илмий-амалий  анжуман 

материаллари. Т., 2001. 


 

42 


“Tuhfai Toib” asari chop etildi

108


. Muhammad Hakimxon tо„raning “Muntaxab at-

tavorix”  asari  fors-tojik  tilida  arab  imlosida  Tokioda  bosmadan  chiqdi.  Ushbu 

nashr asarning oldingi nashrlaridan о„zining mukammalligi va bir necha qо„lyozma 

nusxalarning  qiyosiy  tahlili  asosida  yaratilganligi  bilan  ajralib  turadi.  Qо„qon 

xonligi  manbashunosligi  bо„yicha  taniqli  mutaxassis,  qozog„istonlik  olim 

T.K.Beysembiyev esa “Tarixi Aliquli amirlashkar” asarining inglizcha tarjimasi va 

unga ilova qilingan matnini Londonda nashr ettirdi. 

Qо„qon  xonligi  tarixiga  oid  yozma  manbalarning  tarjima  va  nashr etilishi 

tarixiy  tadqiqotlar  bazasini  kengaytirishga  xizmat  qildi  hamda  ilmiy  izlanishlarni 

jonlantirishga turtki bо„ldi. 

О„zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  sо„ng  Qо„qon  xonligi  tarixini 

retrospektiv  tarzda  yoritib  bergan  dastlabki  asar  –  bu  “О„zbekiston  tarixi”ning 

uchinchi  jildidir.  Ushbu  kitobning  “Qо„qon  xonligi”  deb  atalgan  qismida 

xonlikning  tashkil  topishi,  hududi,  aholisi,  xо„jalik  hayoti  haqida  batafsil 

ma‟lumotlar  beriladi.  Ammo  ushbu  nashrda  sovet  tarixshunosligiga  xos  bо„lgan 

ayrim  jihatlar  kо„zga  tashlanadi.  Qо„qon  xonligi  “tipik  feodal  davlat”  bо„lganligi 

haqidagi  da‟volar,  xonlik  tarixining  ijtimoiy-iqtisodiy  nuqtai-nazarlariga  kо„proq 

urg„u berilishi shular jumlasidandir. 

Milliy  istiqlol  davrida  taniqli  olim  H.N.Bobobekov  Qо„qon  xonligi  tarixi 

bilan bog„liq bir necha kitob va maqolalar e‟lon qildi. Ulardan biri “Qо„qon tarixi” 

deb atalsa-da, aslida unda Qо„qon shahrining xonlik davri tarixi yoritilgan. Muallif 

xonlikning  qisqacha  tarixini  bayon  etib,  asosiy  e‟tiborni  “xalq  harakatlari”ga, 

shuningdek  xonlikning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  hayotiga  qaratadi.  Ammo 

kitobda ayrim bahsli fikrlar ham uchraydi. Masalan, muallifning Qо„qon xonligida 

muntazam qо„shin bо„lmaganligi haqidagi fikri munozaralidir. Muallif tomonidan 

xonlikda  rо„y  bergan  ayrim  qabilaviy  va  etnik  mojarolarni  “xalq  harakati”  yoki 

“sinfiy  kurash”  sifatida  talqin  etilishida  shо„rolar  davridagi  tarix  fanida  ustuvor 

bо„lgan metodologiyaning ta‟siri sezilib turadi.

109

 

                                                 



108

  Муҳаммад  Йунус  Хаджа  б.  Муҳаммад  Амин-Хаджа.  Туҳфа-йи  Таиб  //  Islamic  Area  Studies 

Project Central Asian research Series  –Ташкент-Токио. 2002 

109


 Р.А.Арслонзода, М.Ахунова. Ўзбекистон: Мустақиллик йилларида Қўқон хонлиги тарихининг 

 

43 


О„rta  Osiyo  davlatlari,  jumladan,  Qо„qon  xonligining  Rossiya  bilan 

diplomatik  aloqalari  tarixi  X.G„.G„ulomovning  monografiyasi  va  doktorlik 

dissertatsiyasida о„z aksini topdi. Muallif asosan rus tilidagi manbalarga tayangan 

holda ushbu aloqalarni atroflicha va obyektiv tarzda yoritishga erishdi.

110

 

Qayta qurish va xususan mustaqillik davrida Qо„qon xonligining tugatilishi 



tarixchilarimiz  tomonidan  yangicha  talqin  etila  boshlandi.  Sovet  adabiyotlarida 

о„zbek  xonliklarining  Rossiyaga  “qо„shib  olinishi”  va  uning  “progressiv 

ahamiyati”  tо„g„risidagi  tezis  ustuvor  bо„lsa,  endilikda  tarixiy  faktlar  asosida 

ularning,  jumladan,  Qо„qon  xonligining  Rossiya  imperiyasi  tomonidan  zabt 

etilganligi asoslab berildi. Bu borada H.Z.Ziyoyevning xizmatlarini ta‟kidlab о„tish 

joiz.  U  о„zining  ilmiy  maqolalari  va  xususan  “Turkistonda  Rossiya  tajovuzi  va 

hukmronligiga  qarshi  kurash”  nomli  kitobida  hujjatli  materiallar  asosida  Qо„qon 

xonligining  chor  qо„shinlari  tomonidan  bosib  olinganligini  kо„rsatib  berdi

111



Bosqinchilarga qarshi olib borilgan jangu jadallar tafsilotlarining bayon etilishi, bu 



janglarda  jasorat  va  qahramonlik  namunalarini  kо„rsatgan  vatanparvarlar  ismi-

shariflarining  keltirilishini  asarning  muhim  ahamiyatli  jihatlari  deb  hisoblash 

kerak.

112


 

Chor  istilosi  masalasi  “О„zbekistonning  yangi  tarixi”  nomli  nashrning 

birinchi  kitobida  ham  о„z  aksini  topgan.  Bu  nashr  mualliflari  ham  Qо„qon 

xonligining  chor  mustamlakachilari  tomonidan  bosib  olinishi  tarixini  obyektiv 

tarzda yoritib berishga harakat qilganlar.

113


 

Mustaqillik  davrida  yaratilib,  Qо„qon  xonligi  tarixini  turli  jabhalarini 

о„zida  mujassam  etgan  yirik  asar  –  bu  B.M.Bobojonovning  “Qо„qon  xonligi: 

hokimiyat,  siyosat,  din”  nomli  monografiyasidir.  Ushbu  asarning  mavjud 

adabiyotlardan  farqli  tomoni  shundaki,  muallif  Qо„qon  xonligining  siyosiy, 

iqtisodiy  va  ijtimoiy  tarixini  islom  dini  ta‟limlari  va  yо„l-yо„riqlari  bilan  bog„liq 

                                                                                                                                                             

ўрганилиши . http://uzbegim.us. Қаранг: Бобобеков Х. Қўқон тарихи. - Т., 1996. - Б. 112. 

110

 Ғуломов Х. 



111

 Зияев Х.З. туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмролнлигига қарши кураш. Т.Шарқ. 1998. 

112

 О„sha joyda. 



113

  Ўзбекистоннинг  энг  яги  тарихи.  2-китоб.  Туркистон  чор  Россияси  мустамлакаси  даврида 

Т.Шарқ. 2000. 


 

44 


holda  tadqiq  etadi.  Asar  Qо„qon  xonligi  tarixiga  oid  manbalar  va  adabiyotning 

batafsil tahlilidan boshlanadi.

114

 Muallif xonlik tarixiga oid adabiyotlarning ijobiy 



tomonlarini  ta‟kidlab  о„tgan  holda,  ularning  aksariyati,  xususan  sovet  davri 

adabiyotlari,  jiddiy  nuqson  va  kamchiliklardan  holi  emasligini  qayd  etadi. 

Monografiyada  ilk  bora  Qо„qon  xonligining  siyosiy  tarixi  batafsil  bayon  etilib, 

Minglar  davlatining  shakllanishi  va  faoliyatida  islomiy  omillar  ta‟siri  kо„rsatib 

beriladi.  Muallif  Minglar  sulolasi  hokimiyatini  “legitimlashtirish”,  ya‟ni 

qonuniylashtirilishi masalasiga e‟tibor qaratadi.

115

 

 Asarning keyingi boblarida xonlar о„z hokimiyati, ichki va tashqi urushlar, 



axloq  va  odob  kabi  hodisalarni  qay  tazda  diniy-islomiy  qoida  va  normalar  bilan 

uyg„unlashtirib  borganliklarini  qо„qonlik  tarixnavislar  asarlaridan  olingan  kо„p 

sonli 

faktik 


materiallar 

asosida 


tadqiq 

etadi. 


Umuman 

olganda, 

B.M.Bobojonovning mazkur monografiyasi Qо„qon xonligi tarixshunosligida ham 

mavzu  jihatidan,  ham  tadqiqot  usullari  jihatidan  alohida  ajralib  turadi.  Bu  asar 

Qо„qon  xonligi  tarixini  chuqur  idrok  etish  yо„lida  qо„yilgan  muhim  qadam,  deb 

hisoblash mumkin

116



Mustaqillik  yillarida  Qо„qon  xonligi  tarixining  turli  qirralari  qator 



dissertatsiyalarda о„z aksini topdi.  

Z.A.Ilhomov  tomonidan  Qо„qon  xonligining  XIX  asr  50-60  yillaridagi 

siyosiy  tarixi,  xususan,  xonlikning  chor  Rossiyasiga  qarshi  kurashlarining  tarixi 

yoritilgan  va  unda  shuningdek  Qо„qon  xonligi  sarkardasi  Aliquli  Amirlashkar  va 

uning  xonlik  siyosiy  tarixida  tutgan  о„rni  yoritib  berilishi  bilan  birga,  xonlikning 

tashqi davlatlar bilan diplomatik aloqalari tarixi, xonlikda amalga oshirilgan harbiy 

va davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlar jarayonlari yoritib berilgan.

117


  

V.Ishquvvatov  tomonidan  amalga  oshirilgan  tadqiqotda  esa  xonlikning 

XIX  asr  birinchi  yarmida  amalga  oshirgan  diplomatik  aloqalari  tarixining 

                                                 

114

 Бабаджанов М.Б. История Коканского ханства: власть, религия и политика. Т.2010. 



115

 О„sha joyda. 

116

 О„sha joyda. 



117

  З.Илҳомов.  Алиқули  Амирлашкар  ва  унинг  Қўқон  хонлиги  сиѐсий  таврихида  тутган  ўрни. 

Тарих фан. номз. дисс  -  Тошкент, 2004; Қаранг: З.Илҳомов  Амирлашкар тарихи. монография. Т. 

2013. 


 

45 


tarixshunoslik masalalari yoritib berilgan.

118


 Mazkur tajqiqotda xonlikning siyosiy 

tarixiy  jarayonlarini  о„qish  bilan  bir  qatorda  xonlik  tomonidan  Rossiya 

imperiyasiga  va  о„z  navbatida  imperiya  tomonidan  Qо„qon  xonligiga  yuborilgan 

bir  qator  elchilar,  ularning  faoliyati,  amalga  oshirgan  ishlari,  elchiliklar  haqidagi 

yozib  qoldirgan  xotiralari  va  ularning  manbaviy  jihatlari  haqida  ham  bir  qator 

qimmatli ma‟lumotlarni о„qish mumkin.  

S.Tillaboyev  tomonidan  amalga  oshirilgan  tadqiqotning  bir  qismi    ham 

Qо„qon xonligi tarixiga bag„ishlangan bо„lib, unda xonlikning boshqaruvigna oid 

bir qator ma‟lumotlar keltirib о„tilgan.

119


  

Shunday  xususiyatlarni  о„zida  kо„rsatib  bera  olgan  va  mazmun  jihatdan 

ancha  mukammal  bо„lgan  tadqiqotlardan  biri  SH.Qо„ldoshev    tomonidan  amalga 

oshirilgan  «Qо„qon  xonligi  va  Sharqiy  Turkiston  о„rtasidagi  siyosiy,  iqtisodiy  va 

madaniy  aloqalar  (XVIII-XIX  asrning  о„rtalari)”  mavzusidagi  tadqiqotdir

120


О„zbek davlatchiligi tarixida muhim о„rinlardan birini egallagan Qо„qon xonligi va 

uning  tashqi  siyosati  hamda  diplomatik  aloqalari  tarixini  yoritib  berishga 

bag„ishlangan  mazkur  tadqiqot  ishida  juda  kо„plab  yangi  ma‟lumotlar  keltirilgan 

va turli tillarda yozib qoldirilgan  manbalar ishga jalb etilgan. Buni tadqiqotchining 

eng katta yutuqlaridan biri sifatida e‟tirof etib о„tish о„rinlidir.  

Tadqiqotning  kirish  qismida  mavzuning  dolzarbligi  kо„rsatib  berilgan  va 

bunda  Sharqiy  Turkistonning  tarixiy  jarayonlardagi  о„zbek  xonliklari  bilan 

aloqalari,  xususan  Qо„qon  xonligi  bilan  savdo,  iqtisodiy  va  siyosiy,  madaniy 

sohalardagi  aloqalari  tarixini  manbalar  asosida  yoritib  berish  va  ilmiy  jihatdan 

tahlil etilishiga alohida e‟tibor qaratilgan. Shuningdek, bu qismda ishning nazariy 

metodologik  asoslari,  о„rganilishi  darajasi  va  tarixshunoslik  masalalari,  tadqiqot 

chegaralari  hamda  ishning  ilmiy  yangiliklari  va  amaliy  ahamiyati  kо„rsatib 

                                                 

118

  В.Ишқуватов.  Қўқон    Россия  диплматик  алоқлари  тарихшунослиги.  Тарих  фан.  номз.  дисс  - 



Тошкент,  2004;    Қаранг:В.Ишқуватов.  Қўқон    Россия  диплматик  алоқлари  тарихшунослиги. 

Т.2008. 


119

  С.Тиллабоев.  Туркистон  ўлкасининг  маъмурий  бошқарув  тизимида  маҳаллий  ахоли 

вакилларининг иштироки. Т.Фан, 2011 

120


 Қўлдошев Ш. «Қўқон хонлиги ва Шарқий Туркистон ўртасидаги сиѐсий, иқтисодий ва маданий 

алоқалар (XVIII-XIX асрнинг ўрталари)” Тарих фан. номз. дисс - Тошкент, 2010. 



 

46 


berilgan

121


SH.Qо„ldoshevning  bu  tadqiqot  ishida  Markaziy  Osiyoda  kechgan  ijtimoiy 

siyosiy jarayonlar va ularda Sharqiy Turkiston xalqlari hamda Qо„qon xonligining 

ma‟lum  darajadagi  ishtiroki,  о„zaro  munosabatlari  va  о„zaro  ta‟siri  jarayonlarini 

ochib  berishga  yо„naltirilgan.  Bunda  tadqiqotchi  tomonidan  Qо„qon  xonligining 

nafaqat  Sharqiy  Turkiston  bilan,  balki  Xitoy  bilan  munosabatlari  va  о„zaro 

aloqalarini  yoritib  berishga  ham  katta  e‟tibor  qaratilgan.  Shuningdek    har  ikki 

hudud  о„rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  solish  borasida  ayrim  vaqtlarda  Xitoy 

imperatorlari va Qо„qon hukmdorlari о„rtasidagi elchilik munosabatlari va holatlari 

ham  yoritib  berilgan.    Bu  bobda  shuningdek,  bugungi  kunda  tarix  kitoblarida 

kо„zga tashlanmagan bir qator yangi ma‟lumotlar kо„rish mumkin va tadqiqotchi 

bu  ma‟lumotlarni  ilmiy  jihatdan  turli  manbalar  va  mualliflarning  xulosalariga 

asoslangan holda isbotlashga harakat qilgan. Shuningdek faoliyati ma‟lum darajada 

ilmiy  adabiyotlarda  о„z  aksini  topgan  bir  qator  tarixiy  shaxslar  (Umarxon, 

Erdonabiy,  Muhammad  Alixon,  Jahongirxontо„ra,  Valixontо„ra,  Yoqubbek 

Badavlat va boshq) bilan bir qatorda nomlari kam uchragan yoki bizga noma‟lum 

bо„lgan  tarixiy  shaxslar  (amaldorlar,  elchilar,  savdogarlar  va  boshq)  va  ularning 

ikki hudud о„rtasidagi о„zaro munosabatlardagi ishtiroki va о„rni masalalari yoritib 

berilgan

122


.  

Dissertatsiyada  Qо„qon  xonligi  va  Sharqiy  Turkiston  о„rtasidagi  iqtisodiy 

aloqalar  masalalariga  bag„ishlangan  bо„lib,  bunda  tadqiqotchi  tomonidan  har  ikki 

tomondan amalga oshirilgan savdo karvonlari va ularning harakatlari yо„nalishlari, 

Qо„qon xonligi hududlarida faoliyat kо„rsatgan Sharqiy Turkiston savdogarlari va 

aksincha  Sharqiy  Turkistondagi  qо„qonlik  savdogarlar  va  ularning  faoliyatidagi 

turli davrlarda rо„y berib turgan turli о„zgarishlar, imtiyozlar va cheklanishlar, turli 

tarixiy  vaziyatlarning  iqtisodiy  munosabatlarga  ta‟siriga  qaramasdan  bunday 

aloqalarning  tо„xtab  qolmaganligi  va  har  ikki  tomonga  keltirgan  ijobiy  tomonlari 

masalalariga tо„xtalib о„tgan.

123

  

                                                 



121

 О„sha joyda. 

122

 О„sha joyda. 



123

 О„sha joyda. 



 

47 


Shuningdek,  har  ikki  hudud  xalqlari  о„rtasidagi  madaniy  sohadagi  о„zaro 

yaqinlik  va  ijod  namunalari  hamda  madaniy  aloqalar  masalalariga  tо„xtalib 

о„tilgan.

124


  

Mustaqillik  yillarida  Qо„qon  xonligi  tarixiga  oid  amalga  oshirilgan  ilmiy 

tadqiqotlardan  yanak  biri  Z.Madraximov  tomonidan  amalga  oshirilgan  “Qо„qon 

xonligida  savdo  munosabatlari”  nomli  dissertatsiya  ishidir

125

.    Tadqiqot  о„zbek 



xonliklari  orasida  muhim  о„rin  tutgan  Qо„qon  xonligining  ichki  va  tashqi  savdo 

munosabatlaridagi  ishtiroki,  о„rni  va  savdo  munosabatlarining  xususiyatlari, 

iqtisodiy  sohaning  о„ziga  xos  jihatlarini  manbalarga  va  statistik  hujjatlarga 

asoslangan holda yoritib berilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.   

Mazkur  tadqiqotda  Qо„qon  xonligining  savdo  markazlari  va  iqtisodiy 

jihatdan muhim ahamiyatga ega bо„lgan ayrim viloyatlari va hududlarining xonlik 

iqtisodiy  hayotidagi  о„rnini  kо„rsatib  berilgan.  Shuningdek,  muallif  tomonidan 

Qо„qon  xonligi  siyosiy  tarixini  tо„rt  bosqichga  bо„lib  о„rganishning  tavsiya 

etilganligi va bu jarayonlarning iqtisodiy hamda siyosiy jarayonlar bilan bog„liqligi 

xususida ayrim fikrlarning berilishi ham ishning yutug„idir

126

.  


Dissertatsiyaning keyingi qismlarida xonlikdagi savdo munosabatlari va pul 

muomalasiga  oid  juda  muhim  ma‟lumotlar  keltirilgan  bо„lib,  iqtisodiy 

munosabatlarda  amalda  qо„llanilgan  ayirboshlash  vositalari,  xususan  tangalarning 

turlari,  ularning  turli  darajadagi  og„irlik  о„lchovlari  va  qiymatlari,  pul  zarb  etish 

jarayoni  va  uning  turli  о„ziga  xos  amaliyotlari  haqida  manbalarga  asoslanilgan 

ma‟lumotlar keltirib о„tilgan. Shuningdek, ayrim tovarlarning tarixiy nomlari ham 

(masalan atlas - jiba arqoq) tilga olingan. Har bir qism sо„nggida keltirib о„tilgan 

ma‟lumotlar yuzasidan umumiy xulosalar va taxliliy ma‟lumotlar berib о„tilgan va 

bu 

shubhasiz 



dissertantning 

masalaga 

ilmiy-tahliliy 

jihatdan 

jiddiy 

yondashganligini kо„rsatib beradi.



127

 

Bu  tadqiqot  ishida  Qо„qon  xonligining  qо„shni  mamlakatlar  bilan  tashqi 



                                                 

124


 О„sha joyda. 

125


  Мадрахимов  З.  “Қўқон  хонлигида  савдо  муносабатлари”.  Тарих  фан.  номз.  дисс  -  Тошкент, 

2010. 


126

 О„sha joyda. 

127

 О„sha joyda. 



 

48 


savdo  munosabatlaridagi  о„rni,  savdo  yо„llari  va  ularning  muhim  yо„nalishlari, 

turli savdo yо„nalishlari bо„yicha bozorlarga keltirilgan va olib ketilgan tovarlar va 

ularning  turlari,  miqdorlari  haqida  ham  qimmatli  ma‟lumotlar  keltirib  о„tilgan. 

Shuningdek, xonlikning tashqi savdo munosabatlarida yaqin qо„shnilari – Buxoro 

amirligi  hamda  Xiva  xonligi  bilan  olib  borgan  savdo-iqtisodiy  aloqalari  haqida 

ham  sо„z  yuritilib,  bunday  aloqalarning  har  uchala  davlat  uchun  ahamiyati  va 

muhim jihatlarini kо„rsatib berilgan.

128


   

Dissertatsiyaning  e‟tiborga  molik  qismlaridan  biri    -  savdo-iqtisodiy 

munosabatlarning  etno-integratsion  sohadagi  о„rni  va  ahamiyatini  ochib  berishga 

ham  alohida  tо„xtalib  о„tilganligidir.  Bunda  qо„shni  mamlakatlar  va  olis  horijiy 

davlatlardan  kelgan  savdogarlar  va  ularning  xonlik  savdosidagi  ishtiroki,  ularga 

xonlik hokimiyati va mahalliy hokimiyatlar tomonidan yaratib berilgan sharoitlar, 

savdo  bilan  bir  vaqtda  turli  millatlar  о„rtasidagi  о„zaro  munosabatlar  ham  ham 

qimmatli  ma‟lumotlar  keltirib  о„tilganki,  bular  Qо„qon  xonligi  tashqi  davlatlar 

uchun  nafaqat  teng  xuquqli  iqtisodiy  hamkor  bо„lganligi,  balki  siyosiy  va  milliy 

masalalarda  ham  davlatning  qat‟iy  siyosati  mavjud  bо„lganligini  kо„rsatib 

beradi.

129


  

Dissertatsiyaning  “Bozor  infrastrukturasi,  uning  ichki  va  tashqi  savdoda 

tutgan  о„rni”  deb  nomlangan  qismida    Qо„qon  xonligida  nafaqat  savdo  aloqalari, 

balki savdoni amalga oshirish uchun barcha sharoitlarning yaratilganligi, bozorlar, 

rastalar,  bozorlarning  mavqelari,  karvonsaroylar  va  ularning  savdo  ishlaridagi 

xizmati  va  axamiyati  va  boshqa  shu  kabi  ma‟lumotlar  keltirib  о„tilgan.  Bunda 

yuqorida kо„rsatib о„tilgan joylarning umumiy iqtisodiy munosabatlarning amalga 

oshirilishi  va  iqtisodiy  taraqqiyotning  muhim  omillaridan  biri  ekanligi  alohida 

ta‟kidlab  о„tiladi.  Bundan  tashqari  mazkur  bobda  bojxona  ishlari  va  soliqlar, 

ularning  turlari,  tо„lov  ishlarining  amalga  oshirilishi  va  tо„lovlarning  miqdorlari, 

bojxona  bilan  bog„liq  ayrim  qimmatli  ma‟lumotlar  ham  keltirib  о„tilgan  va  tahlil 

qilingan.

130

  

                                                 



128

 О„sha joyda. 

129

 О„sha joyda. 



130

 О„sha joyda. 



 

49 


Qо„qon  xonligi  tarixini  о„rganishda  mustaqillik  davrida  о„tkazilgan  turli 

ilmiy-nazariy konferensiyalar muhim о„rin tutadi. Xususan, 2004 yilda Qо„qon va 

Farg„ona  shaharlarida  bо„lib  о„tgan  anjumanlar  materiallarida  ham  xonlik 

tarixining  ayrim  muammolari  xususida  bahr  yuritildi.  Ushbu  kitoblarning  tahlili 

shuni  kо„rsatadiki,  eslatib  о„tilgan  anjumanlarda  xonlik  tarixining  ba‟zi 

masalalariga  doir  jiddiy  mulohazalar  bayon  qilingan.  Ammo  aksariyat  ma‟ruzalar 

mavzuning  torligi,  yangilikning  yо„qligi,  ilmiy  apparatning  talab  darajasida 

emasligi  yoki  umuman  yо„qligi  bilan  ajralib  turadi.  Bunday  ma‟ruzalarni  xonlik 

tarixshunosligiga qо„shilgan hissa, deb aytish amri maholdir. 

Yuqorida  keltirib  о„tilgan  asarlar,  xonlik  siyosiy  tarixini  yoritibberuvchi 

ilmiy  tadqiqotlar,  ularda  kо„tarilgan  muammolar  va  tadqiqot  obyektini  tashkil 

qiluvchi  masalalarning  mazmuni  va  mohiyatidan  anglash  mumkinki,  mustaqillik 

yillarida  Qо„qon  xonligi  tarixini  о„rganish  bо„yicha  salmoqli  ishlar  amalga 

oshirildi.  Xususan  xonlik  tarixiga  oid  yozma  manbalarni  tadqiq  etish,  tarjima  va 

nashr  qilish  bobida  talay  ijobiy  ishlar  amalga  oshirildi.  Xonlik  tarixining  kam 

о„rganilgan  jihatlari,  jumladan,  Rossiya  bilan  diplomatik  aloqalari,  uni  chor 

qо„shinlari  tomonidan  istilo  qilinishi  masalalari  yangicha  yondashuvlar  asosida 

yoritib  berildi.  Shu  bilan  birga  sо„nggi  paytlarda  Qо„qon  xonligi  tarixini  yangi 

metodologik  asoslarda  о„rganish  tomon  jiddiy  burilish  kuzatilmoqda.  Bularning 

barchasi  tarixchilarimiz  Qо„qon  xonligi  tarixi  yangi  konsepsiyasini  yaratishga 

kirishganliklaridan darak beradi.

131


 

 

 



                                                 

131


 Р.А.Арслонзода, М.Ахунова. Ўзбекистон: Мустақиллик йилларида Қўқон хонлиги тарихининг 

ўрганилиши . http://uzbegim.us. 



 

50 


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish