Udk “Tarix” kafedrasi


 Qо„qon xonligi tarixshunosligining davrlashtirilishi masalalari



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana27.02.2020
Hajmi1,02 Mb.
#41052
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qoqon xonligi siyosiy tarixining mustaqillik davri tarixshunosligi 1991-2012 yy


1.2. Qо„qon xonligi tarixshunosligining davrlashtirilishi masalalari 

 

Tarix  va  tarixiy  jarayonlar,  siyosiy-tarixiy  vaziyat  ularning  rо„y  berishidagi 

asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil 

qilish  tarixiy  haqiqatning  yuzaga  chiqishida  katta  omil  sanaladi.  Ayniqsa,  turli 

davrlarda  yaratilgan  tarixiy  ilmiy  asarlarda  mualliflarning  tadqiqot  masalalariga 

turlicha yondashuvlari  va fikrlari, xulosalarning turlichaligi, ularni ilmiy jihatdan 

chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik hamda xolislikka asoslanilgan eng tо„g„ri 

xulosalarni  chiqarish  bugungi  kun  tarixchi  mutaxassislari  oldida  turgan  muhim 

vazifalardan sanaladi.  

Respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimovning  “Tarixiy  xotirasiz  kelajak 

yо„q”  nomli  asarida  tarixchilarimiz  oldiga  bir  qator  ilmiy  nazariy  va  amaliy 

dolzarb  muammolarni  tadqiq  etish  vazifasini  qо„yilib,  О„zbekistonda  о„troq 

madaniyatning  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi,  о„zbek  xalqining  kelib  chiqishi 

tarixi  va  shakllanish  bosqichlarini  tarixiy  manbalar  asosida  ilmiy  konseptual 

tadqiq  etish,  о„zbek  davlatchiligining  kо„p  asrlik  tarixi  va  shakllanishining 

tarixiy  bosqichlarini  tadqiq  etish  va  ayniqsa  tarix  ilmini  zamonaviy  talablar 

darajasida  rivojlantirish  masalalari  alohida  kо„rsatib  о„tildi.-  “Modomiki,  о„z 

tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bо„lmas ekan, biz 

haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan 

qurollantirishimiz  zarur.  Tarix  bilan  qurollantirish,  yana  bir  bor 

qurollantirish zarur”.

58

 



Tarix  fani  tadqiqotlarida  tadqiqot  obyektining  tо„g„ri  tanlanishi  va 

tadqiqotchi  tomonidan  tadqiqotning  eng  maqbul  va  samarali  usullarining  qо„llay 

olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qо„qon xonligi tarixini о„rganish XIX asrning 

о„rtalaridan  boshlab  bugungi  kungacha  tarixchilar  e‟tiborini  о„ziga  jalb  qilib 

kelmoqda. Xonlik tarixini о„rganishda turlicha yondashish va munosabatlar, ayrim 

vaqtlarda  tarixiy  jarayonlar  va  voqelikni  obyektiv  baholamaslik  holatlariga  yо„l 

qо„yildi. Xonlik tarixini yoritishdagi bunday munosabat ushbu holni tarixshunoslik 

                                                 

58

 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Шарқ, 1998. 22-б. 



 

26 


nuqta-nazaridan  chuqur  tahlil  qilishni  talab  etadi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda 

mavzuning о„rganilishini mavjud ilmiy tadqiqotlarning yо„nalishi, davr va boshqa 

xususiyatlariga kо„ra bir necha guruhga bо„lib kо„rib chiqish talab etiladi.

59

 



Birinchi  asosiy  davrga  XIX  asr  30-yillaridan  XX  asrning  dastlabki  о„n 

yilliklarigacha,  ya‟ni  Turkistonning  mustamlaka  davrida  yaratilgan  asarlarni 

kiritish  mumkin.  Bunda  ayniqsa  rus  sharqshunoslarining  mehnati  salmoqli  о„rin 

egallaydi.  Rus  sharqshunoslari  tomonidan  Qо„qon  xonligi  tarixini  о„rganish  XIX 

asrning  о„rtalaridan  boshlandi.  Bungacha  xonlik  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy 

hayoti  haqida  asosan  chor  armiyasi  harbiylari  va  elchilik  aloqalari  orqali,  turli 

yо„llar  bilan  olingan  ma‟lumotlar  umumiy  ma‟lumotlar  tarzida  tо„plangan.  XIX 

asrning  о„rtalarida  va  ayniqsa  ikkinchi  yarmida  yaratilgan  tarix  asarlarida, 

esdaliklarda, tavsifnoma  va  josuslik  xizmati hisobotnomalarida xonlikning  asosan 

sо„nggi  davr  tarixi  yoritib  berilgan.  Shundan  kelib  chiqib,  bu  davr 

tarixshunosligining о„zini ikki qismga ajratish mumkin.

60

  



Birinchi qismida, ya‟ni XIX  asrning 50-60 - yillarigacha yaratilgan asarlar 

Rossiya  imperiyasining  о„zbek  xonliklarini  bosib  olish  maqsadidagi  harbiy 

bosqinchiligini  amalga  oshirish  vaqtida  foydalanish  uchun  yig„ilgan  ma‟lumotlar 

bо„lsada,  xonlikning  shu  davrgacha  bо„lgan  umumiy  ahvoli  haqida  qimmatli 

ma‟lumotlarni  bugungi  kungacha  yetib  kelishini  ta‟minladi.  Bunday  asarlar 

qatoriga  F.Nazarov,

61

  N.I.Potanin,



62

  V.V.Velyaminov-Zernov,

63

  M.N.Galkin,



64

 

A.Maksheyev



65

  hamda  A.Nurekin

66

  kabilarning  asarlarini  va  maqolalarini  kiritish 



mumkin. 

                                                 

59

 Илҳомов З. Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. Т. 2007. 9-б. 



60

 О„sha joyda. 

61

  Назаров  Ф.  Записки  о  некоторых  народах  и  землях  Средней  части  Азии.  С.-Пб.,  -1821;  Также: 



Записки о некоторых народах и землях Средней части Азии. - М.: Наука, 1968. - 76 с. 

62

 Записки о Кокандском ханстве хорунжего Потанина (1829-1830 гг.) // Туркестанский сборник. -



Т.389; // Военный журнал. С.-Пб. 1831. № 4-5. –С.35. 

63

  Вельяминов-Зернов  В.В.  Исторические  известия  о  Кокандском  ханстве  от  Мухаммед-Али  до 



Худаярхана.  -С.-Пб.:  1856.  -С.327-371;  Сведения  о  Кокандском  ханстве  //  Вестник  Русского 

Географического общества. –С.-Пб. 1856. Т. 18. -С.108-151. 

64

 Галкин М.Н. Краткая записка об исторических правах России на кокандские города Туркестан и 



Ташкент // Русский вестник. 1856. №5. Туркестанский сборник. Т.6. 

65

  Макшеев  А.  Показания  сибирских  казаков  Милюшина  и  Батыришкина,  бывших  в  плену  у 



кокандцев  с  1849  по  1852  гг.  //  Вестник  Русского  Географического  обҳества.  –Ч.17  (II).  –С.-Пб. 

1856. -С.20-32. 



 

27 


Bu  mualliflar  asarlaridagi  asosiy  xususiyat  shundaki,  ular  rus  tarixchilari 

yoki tadqiqotchilari uchun deyarli noma‟lum bо„lgan Qо„qon xonligi haqida, uning 

aholisi, urf-odatlari, hududlari va chegaralari, harbiy ahvoli va boshqalar yuzasidan 

asosan  ilk  axborotlarni  tо„plaganlar  ma‟lumot  tarzida  yetkazib  berganlar. 

Shuningdek,  bu  asarlarda  keyingi  davrlarda  yuzaga  kelgan  «buyuk  davlatchilik» 

g„oyalarini bо„rttirib kо„rsatish kabi holatlar sezilmaydi.

67

 

Mustamlaka  davri  tarixshunosligining  ikkinchi  davrida,  ya‟ni  XIX  asrning 



ikkinchi  yarmida  yaratilgan  asarlarda  xonlikning  sо„nggi  davrlari  ichki  va  tashqi 

siyosati,  harbiy  ahvoli,  xonlikning  chor  Rossiyasi  tomonidan  bosib  olinishi  va 

tugatilishi  voqealari  keng  ma‟lumotlar  asosida  yoritib  berilgan.  Bu  asarlardagi 

ma‟lumotlar  voqealarning  bevosita  ishtirokchilari  va  ayni  zamonda  yashagan 

olimlar  tomonidan  yoritilganligiga  qaramay,  ularda  Rossiya  imperiyasi 

mustamlakachiligi  manfaatlariga  mos  ravishda,  buyuk  davlatchilik  nuqtai 

nazaridan  yondashilganligini  kо„rish  mumkin.  Masalaga  bunday  konseptual 

yondashuvning  asosiy  sababi  bir  tomondan  buyuk  davlatchilik  qarashlari  bо„lsa, 

ikkinchi  tomondan podsho tuzumining ta‟siri  edi.  G.A.Ahmadjonovning ta‟kidlab 

о„tishicha, “mustamlakaga aylantirish va uning oqibatlari bilan aloqador haqqoniy 

tarixiy-siyosiy asarlarni chop etish” “podsho senzurasi ta‟qiqlari sababli” mumkin 

emas  edi.

68

  Biroq,  bu  ma‟lumotlarni  tanqidiy  ravishda  jiddiy  о„rganish  foydadan 



xoli emas.  

 

О„rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi bu yerda 



yashovchi xalqlar uchun «juda foydali bо„lganligi» hamda Rossiya О„rta Osiyoga 

«sivilizatsiya  olib  kelganligini»  zо„r  berib  kо„rsatishga  urinish  asosan  harbiylar 

uchun  juda  xususiyatli  bо„lgan.  Ular  orasida  M.A.Terentyev  tomonidan  yozilgan 

uch  jildlik  «Zavoyevaniya  Sredney  Azii»  asari  boshqa  mualliflarning  asarlariga 

nisbatan  voqealarning  keng  va  mukammal  yoritilganligi  bilan  alohida  о„rin 

                                                                                                                                                             

65

  Макшеев  А.  Показания  сибирских  казаков  Милюшина  и  Батыришкина,  бывших  в  плену  у 



кокандцев  с  1849  по  1852  гг.  //  Вестник  Русского  Географического  обҳества.  –Ч.17  (II).  –С.-Пб. 

1856. -С.20-32. 

66

  А.Нурекин.  Очерки  истории  Коканда  с  1841  по  1864  гг.  //  Туркестанские  ведомости.  1871, 



сентябрь. 

67

 Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. 9-б. 



68

 Ахмеджанов Г.А. Российская империя в Центральной Азии. – Т.: Фан, 1995. – 137 с. 



 

28 


tutadi.

69

  Bunda  muallif  chor  Rossiyasining  faqatgina  XIX  asr  ikkinchi  yarmidagi 



harbiy  yurishlarini  emas,  balki  XVIII  asr  boshlarida  О„rta  Osiyo  hududlariga 

qilingan harbiy yurishlar tarixiga ham keng о„rin beradi. M.A.Terentyev voqelarni 

bir tomonlama, ya‟ni chor imperiyasining manfaatlari nuqtai – nazaridan yoritadi. 

Bunda asosan podsho armiyasi askarlarining jang faoliyatlari voqealar tafsilotining 

markazida  turadi.  U  boshqa  mualliflarga  nisbatan  mahalliy  tarixchilar  asarlaridan 

foydalanish  imkoniyatiga  kо„proq  ega  bо„lsada,  ularga  masalaning  asosiy 

manbalari sifatida qaramaydi.

70

  



YE.T.Smirnov 

tomonidan 

yozilgan 

«Sultani  Kenisari  i  Sadik 

(bibliograficheskiye  ocherki)»  nomli  asarda  Qozog„iston  hududlarining  chor 

qо„shinlari  tomonidan  bosib  olinishiga  qarshi  kurashgan  Kenisari  sulton,  Janubiy 

Qozog„iston  hududlari,  Toshkent  himoyasi,  Buxoro  amirligi  hamda  Xiva 

xonligining  chor  Rossiyasi  qо„shinlariga  qarshi  olib  borgan  kurashlarida 

sarkardalik  faoliyati  bilan  mashhur  bо„lgan  Sulton  Sodiq  haqida  qimmatli 

ma‟lumotlarni  berib  о„tadi.  Muallif  har  ikki  sarkarda  haqida  ma‟lumotlarni 

mahalliy  manbalar  asosida  tahlil  etib  beradi.  Shuningdek,  ushbu  asardan  Qо„qon 

xonligi  ichki  siyosatiga  aloqador  ma‟lumotlar  bilan  birga  xonlikning  chor 

Rossiyasi  harbiy  bosqinchiligiga  qarshi  kurashlari  tarixi  va  tarixiy  shaxslar 

haqidagi qimmatli ma‟lumotlar keltirib о„tilgan.

71

 

N.I.Veselovskiyning 



«Киргизский  рассказ  о  русских  завоеваниях  в 

Туркестанском    крае»

  nomli  asari  mahalliy  tarixchi  Mullo  Holiboy 

Mambetovning «О„rus lashkarining Turkistonda tarix 1269-1282 sanalarda qilg„on 

futuxotlari»  asari  asosida  yozilgan  va  rus  tiliga  tarjima  qilib,  ayrim  voqealar 

muallif tomonidan tahlil etilgan. Ushbu asar Qо„qon xonligining chor Rossiyasiga 

qarshi  1853  yildan  1865  yillargacha  olib  borgan  kurashlari  haqidagi  qimmatli 

ma‟lumotlarni  о„z  ichiga  olish  bilan  birga  xonlikning  ichki  siyosati  va  xonlik 

                                                 

69

 Терентьев М.А. История завоевании Средней Азии. – СПб., 1906.  



70

 Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. 18-б. 

71

 Смирнов Е.Т. Султаны Кенисара и Садык. -Т.: Тип  С.И.Лахтина, 1889;  



 

29 


boshqaruvida  alohida  о„rin  tutgan  tarixiy  shaxslar  haqidagi  ma‟lumotlar  о„rin 

olgan.


72

 

Yana  shuni  alohida  ta‟kidlab  о„tish  joizki,  V.V.Bartold,  N.I.Veselovskiy, 



A.Zimin О„rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixini mahalliy 

tarixchilar  tomonidan  yozilgan  asarlarni,  ularda  bu  masalaga  bildirilgan 

munosabatlarini  о„rganib,  xolis  yondashilgandagina  obyektiv  baho  berish 

mumkinligini  alohida  ta‟kidlab  о„tganlar.

73

  Shu  jihatlari  bilan  bu  olimlar 



tomonidan  yozilgan  bir  qancha  asarlar  о„zining  ma‟lum  darajada  obyektivliligi 

bilan  ajralib  turadi,  bunda  ular    mahalliy  tarixchilar  tomonidan  yozilgan  asarlarni 

bevosita о„rganib va tahlil etib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qilganlar.

74

 



Qо„qon  xonligi  tarixi  masalalariga  bag„ishlangan  tadqiqotlarning  ikkinchi 

asosiy  davrni  sovet  davri  tarixshunosligi  tashkil  qiladi.  Sovet  hokimiyatining 

dastlabki yillaridan XX asrning 40-50 - yillarigacha bо„lgan vaqt mobaynida sobiq 

ittifoqqa birlashtirilgan mamlakatlarda fanning barcha sohalarida sotsialistik tuzum 

va  kommunistik  mafkura  ta‟siri  kuchayib  bordi.  Tarix  fani  sohasida  amalga 

oshirilayotgan  ilmiy  tadqiqotlar  kommunistik  mafkura  tamoyillari  asosida 

yо„naltirilgan bо„lib, ularda partiyaviy-siyosiy ta‟sir va bosim ostida sovet ijtimoiy 

fanlari sohasiga xos bо„lgan metodologik noxolisliklar ustunlik qiladi. 

Bu  davr  mobaynida  fan  sohasida  birmuncha  yuutuqlar  qо„lga  kiritilgan 

bо„lsada,  XX  asrning  50-yillariga  kelib  sobiq  Sovet  Ittifoqi  markazining  milliy 

masalalar  borasidagi  siyosatining  kuchayishi,  xususan  «yagona  sovet  xalqini» 

shakllantirish  borasidagi  mafkuraviy  siyosati  fan  sohasiga,  jumladan  tarix  fani 

sohasiga  ham  katta  ta‟sir  о„tkazdi.  О„rta  Osiyo  davlatlari  tarixining  milliy 

xususiyatlarini  chuqur  о„rganish  va  ommalashtirish  cheklab  qо„yildi.  Ayniqsa, 

chor  Rossiyasining  О„rta  Osiyo  xonliklarini  bosib  olishi  va  mustamlakaga 

aylantirishi  masalasida  obyektivlik  jihatlari  kamaydi.  XX  asrning  80-yillari 

о„rtalariga  kelib,  sobiq  ittifoqda  «qayta  qurish»  jarayoni  boshlanishi  bilan 

                                                 

72

  Веселовский  Н.И.  Киргизский  рассказ  о  русских  завоеваниях  в  Туркестанском    крае  /  Текст, 



перевод и приложения. – Спб., 1894; 

73

 Веселовский В. Киргизский рассказ о русских завоеваниях в Туркестанском крае. -С. 7-9. 



74

 Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. 20-б. 

 


 

30 


oshkoralik va demokratiya tamoyillari yuzaga chiqa boshladi. Tarix fani sohasida, 

ayniqsa, chor Rossiyasining О„rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va mustamlakaga 

aylantirish  borasida  ilmiy  jihatdan  asoslangan  va  kommunistik  mafkuradan  holi 

bо„lgan fikrlarni bildirish uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi.

75

 

 Yuqoridagilarga  asoslangan  holda,  Sovetlar  davri  (1917-1991  yy.) 



tarixshunosligini,  garchi  u  umumiy  yaxlitlikni  tashkil  etsada,  masalaga  bо„lgan 

yondashuv xususiyatiga asosan uch qismga bо„lish mumkin.  

Birinchi  qismi  Sovet  hokimiyatining  dastlabki  yillaridan  XX  asrning  50-

yillari  о„rtalarigacha  bо„lgan  vaqtni  о„z  ichiga  oladi.  Bu  davrda  A.F.Kalujin, 

A.Baymurzin, G.A.Plyashko, A.Popov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan 

tadqiqotlarda  va  tarix  kitoblarida  Qо„qon  xonligi  tarixi  va  chor  Rossiyasi 

tomonidan  uning  mustamlakaga  aylantirilishi  masalalari  qisman  avvalgi  davr 

tadqiqotlari an‟analarini davom ettirgan holda, ya‟ni voqealarni manbalar va arxiv 

hujjatlari asosida deyarli obyektiv ravishda yoritishga harakat qilganlar.

76

 

Qо„qon  xonligi  tarixi  masalalarini  yoritishda  bir  tomonlama,  «buyuk 

davlatchilik 

shovinizmi» 

nuqtai 


nazaridan 

yondashuvni 

Sovet 

davri 


tarixshunosligining ikkinchi qismida yaqqol kо„rish mumkin. Bu davr XX asrning 

50-yillaridan 80-yillarning о„rtalarigacha bо„lgan vaqtni о„z ichiga oladi. 

 

XX  asrning  50-yillaridan  boshlab  Rossiya  imperiyasining  О„rta  Osiyoni 



«bosib  olishi»  iborasi  о„rniga  sun‟iy  ravishda  «qо„shib  olishi»  iborasi  ishlatila 

boshlandi.  Mazkur  jarayon  1955  va  1959  yillarda  О„rta  Osiyoning  1917  yilgacha 

bо„lgan  tarixiga  bag„ishlangan  birlashgan  ilmiy  anjumanlardan  sо„ng  yanada  avj 

oldi.  Ularda  rasmiy  ravishda  О„rta  Osiyoning  chor  Rossiyasi  «qо„shib  olinishi», 

mahalliy  xalqlarning  imperiya  tarkibiga  «ixtiyoriy»  ravishda  «qо„shilganligi»ning 

                                                 

75

 Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. 22-б. 



76

  Калужин  А.Ф.  Из  истории  завоевания  Узбекистана  царской  России  //  Труды  Узб.  гос.  ун-та. 

Самарканд.  1939.  Т.16.  С.109;  Баймурзин  А.  Из  истории  захвата  царизмом  Большой  и  Средней 

Орды. // Изв. Каз филиала АН СССР. Серия история. Алма-Ата. 1940. -Вўп.I. -С.95; Пляшко Г.А. К 

истории  русско  -английских  отношений  в  Средней  Азии.  Дисс  …  канд.ист.наук.  -Кировоград,, 

1953; Попов А. Из истории завоевания Средней Азии. -М.- Л. Наука, 1940. 



 

31 


«progressiv  natijalari»  ta‟kidlab  о„tildi.

77

  Aynan  shu  vaqtdan  boshlab  amalga 



oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda hamda maqola va asarlarda masalaga xolis, ilmiylik 

va tarixiylik nuqtai nazaridan obyektiv yondashuvga tо„la amal qilish kamaydi. Bu 

holni  XX  asrning  50-80  yillarida  tadqiqot  olib  borgan  aksariyat  tarixchilarning 

asarlarida kuzatish mumkin.  

 

Jumladan, 



bu 

davrda 


K.Usenbayev, 

S.Sagatov, 

S.T.Tileuqulov, 

L.D.Dergachyova, 

R.Beknazarov, 

A.X.Xasanov,X.SH.Inoyatova, 

N.Xalfin, 

R.Nabiyev, H.Z.Ziyoyev,

 

O.Bо„riyev va A.О„rinboyev hamda boshqalarning ilmiy 



tadqiqotlarida  Rossiya  imperiyasi  tomonidan  о„zbek  xonliklarining  bosib  olinishi 

voqealari  ancha  batafsil,  manbalar  hamda  arxiv  hujjatlari  asosida  yoritib  berilgan 

bо„lsada,  kommunistik  mafkura  tazyiqi  va  senzurasi  ta‟sirida  masalaning  asl 

mohiyatini  ochib  berishda  tо„sqinlikka  uchradilar  va  ayni  vaqtda  chor 

Rossiyasining  О„rta  Osiyoni  bosib  olinishining  «progressiv  axamiyati»ga  ham 

alohida urg„u berishga majbur bо„ldilar.

78

  

Tarixshunoslik  masalalarining  bu  bosqichidagi  tarixiy  tadqiqotlar  orasida 



X.Z.Ziyayev, 

X.SH.Inoyatov, 

R.N.Nabiyev, 

A.Popov, 

N.A.Xalfin 

kabi 


tadqiqotchilarning  asarlari  alohida  о„rin  tutadi.  О„rganilayotgan  mavzu  yuzasidan 

ularning  amalga  oshirgan  eng  katta  xizmatlari    mavzuga  aloqador  ma‟lumotlarni 

tо„plash va sistemalashtirish,  yangi  manbalarni ilmiy  muomalaga kiritish  Qо„qon 

xonligining XIX asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy – siyosiy hayoti hamda xonlikda 

sodir  bо„lgan  tarixiy  jarayonlar  va  chor  Rossiyasining  harbiy  bosqinichiligi 

masalalarini  chuqur  ilmiy  tahlil  qilish  bilan  belgilanadi.  Bularning  barchasi 

о„rganilayotgan muammo yuzasidan tarixiy bilimlar saviyasining ortishiga xizmat 

qildi.  Biroq,  mavjud  totalitar  tuzumning  partiyaviy  –  siyosiy  mafkurasi  ta‟siri  va 

ta‟qiqlari  tufayli  mazkur  olimlar  ham  о„z  ishlarida  tarixiy  voqelikni  asl  holida 

kо„rsatib berishda tо„sqinlikka uchradilar. 

                                                 

77

 Материалы объединенной научной сессии, посвяҳенной истории Средней Азии и Казахстана в 



дооктябрьский  период.  –  Т.,  1955;    Материалы  объединенной  научной  сессии,  посвященной 

прогрессивному значению присоединения Средней Азии к России. – Т., 1959. 

78

 Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. 22-б. 



 

32 


Sovet davri tarixshunosligi haqida fikr bildirar ekan, Prezident I.A.Karimov 

shunday  degan  edi:  -“Sovet  davrida  yozilgan  tarixni  men  tarix  sanamayman. 



О„zgalar yozib bergan tarixni о„qitishga mutlaqo qarshiman”.

79

 



R.N.Nabiyevning «Iz istorii Kokandskogo xanstva (Feodalnoye xozyaystvo 

Xudoyorxana)» nomli monografiyasi xonlik iqtisodiy va ijtimoiy, jumladan siyosiy 

tarixining  eng  muhim  jihatlarini  yoritib  beradigan  va  bu  davrda  mahalliy 

tarixchilarning  asarlari  asosida  yozilgan    diqqatga  sazovor  asar  bо„lishiga 

qaramasdan,  markazning  О„zbekiston  tarixiga  bо„lgan  cheklash  siyosati  ta‟sirida 

undan foydalanish ta‟qiqlab qо„yildi. Asar sovet davri tarixiy tadqiqotlari doirasida 

amalga  oshirilgan  bо„lib,  unga  ham  shu  davr  tarixiy  tadqiqotlar  uchun  ayrim 

umumiy  metodologik  xususiyatlar  xos  bо„lsada,  biroq  muallif  tomonidan  xonlik 

tarixiga  oid  bо„lgan  kо„plab  mahalliy  tarixchilar  asarlari,  arxiv  hujjatlari  asosida 

mukammal  tadqiqotni  amalga  oshiriladi.  Biroq  bunday  mukammallik  podsho 

Rossiyasi  mafkuraviy  qarashlaridan  saqlanib  qolgan  hamda  sovet  davridagi 

mavjud partiyaviy – siyosiy tamoyillariga asoslangan «chorizmning О„rta Osiyoga 

sivilizatsiya  olib  kelganligi»ga  zid  bо„lganligi  uchun  monografiya  qatag„onga 

uchradi.


80

  

Biroq  bu  bilan  yuqorida  nomlari  keltirilgan  mualliflar  asarlarining  ilmiy 



qiymati  pasaymaydi  va ularni  tarixni о„rganishda  yaroqsiz deb  hisoblash  mutlaqo 

notо„g„ri  bо„ladi.  Aksincha,  ularda  keltirilgan  qimmatli  ma‟lumotlar  va  tarixiy 

tahlillarni  chuqur  о„rganib,  ayrim  hollarda  tanqidiy  yondashib  ilmiy  xulosalar 

chiqarilishi  bugungi  kun  tarixshunosligida  muxim  axamiyat  kasb  etadi.  Sovet 

davri,  shuningdek  chor  Rossiyasi  mustamlakasi  davri  tarixshunosligini  ilmiy 

jihatdan  sinchiklab  о„rganish,  xaqqoniylik  va  xolislik,  obyektivlik  va  tarixiylik 

tamoyillariga  amal  qilgan  holda  ilmiy  asoslangan  nazariy  xulosalar  chiqarish 

tarixchilar oldidagi о„ta muhim vazifadir.  

Sovet  davri  tarixshunosligining  uchinchi  qismi    XX  asrning  80  -yillari 

ikkinchi yarmi bilan belgilanadi. 80 - yillarning oxirlariga kelib masalaga obyektiv, 

                                                 

79

 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Т:, “Шарқ”, 1998. 9-бет. 



80

 Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари. 23-б. 



 

33 


tarixiylik  nuqtai-nazaridan  yondashish  kuchayib  bordi.  Tarixchi  olimlardan  biri 

Z.H.Ziyoyevning  tashabbusi  bilan  1990  yil  о„tkazilgan  «Turkistonning  Rossiya 

tomonidan  bosib  olinishi»  mavzusidagi  ilmiy  anjuman  masalaga  tubdan  yangicha 

yondashuvga  asos  yaratdi.  Buni  о„sha  yillardayoq  olim  tomonidan  e‟lon  qilingan 

bir qancha maqolalarda ham kuzatish mumkin.

81

 



H.N.Bobobekov  ham  о„zining  bir  qator  ilmiy  maqolalarida  chor 

Rossiyasining  О„rta  Osiyoni  bosib  olishi  masalasiga  doir  dolzarb  masalalarni 

kо„tarib  chiqadi.

82

  «Qayta  qurish»  siyosati  davom  etib  turgan  1989  yildayoq  u 



о„zining «Rossiya О„rta Osiyoni bosib olganmi?» hamda «О„rta Osiyo Rossiyaga 

qо„shib  olinganmi?»  nomli  ikki  maqolasida  arxiv  hujjatlari  va  ayrim  mahalliy 

tarixchilar  asarlari  asosida  О„rta  Osiyo  xonliklarining  chor  Rossiyasi  tomonidan 

harbiy  zо„ravonlik  va  bosqinchilik  yurishlari  orqali  bosib  olganligini  isbotlab 

berdi.

83

  H.N.Bobobekov  о„zining  bu  ilmiy  qarashlarini 



«Народные  движения  в 

Кокандском  ханстве  и  их  социально-экономические  предпосылки» 

nomli 

monografiyasida ham davom ettirdi.



84

  

Ushbu  olimlarning  bu  yillarda  yaratgan  ilmiy  xulosalari  haqli  ravishda  shu 



vaqtgacha  О„zbekiston  tarixiga  nisbatan  hukm  surgan  mafkuraviy  tazyiqni  rо„yi-

rost  ochib  tashladi  va  tarixni  obyektiv  va  xolislik  nuqtai  nazaridan  о„rganishga 

bо„lgan munosabatning yuzaga kelishiga turtki bо„ldi. 

Qо„qon  xonligi  tarixi  tarixshunosligining  uchinchi  asosiy  davrini  

О„zbekiston  mustaqilligining  qо„lga  kiritilishi  va  mustaqillik  yillarida  yaratilgan 

ilmiy asarlarni va tadqiqotlar tashkil etadi.  

Mustaqillik  yillarida  H.Z.Ziyoyev,  H.N.Bobobekov,  SH.H.Vohidov, 

G„.Ahmadjonov,  N.A.Abduraximova  va  boshqalar  tomonidan  Qо„qon  xonligi  va 

Rossiya  imperiyasi  mustamlakachiligi  tarixiga  bag„ishlangan  bir  qancha  ilmiy 

                                                 

81

 Зияев Х.З. «К истории завоевания узбекских ханств».  //  Общественные науки в Узбекистане. -



1990.  №2; «Завоевания Бухарского и Хивинского ханств». //  Общественные науки в Узбекистане. 

-1990.  -№8. 

82

  Бобобеков  Ҳ.Н.  Россия  Ўрта  Осиѐни  босиб  олганми?  //  Фан  ва  турмуш,  -  1989,  -  8-сон;  Ўрта 



Осиѐ Россияга қўшиб олинганми? // Фан ва турмуш, - 1989,  -10-сон. 

83

 Ўша жойда. 



84

  Бабабеков Х.Н.  Народные  движения  в  Кокандском  ханстве  и  их  социально  –  экономические  и 

политические предпосилки (XVIII – XIX вв). Дисс … д-ра ист. наук. - Т. - 1991. 302 с 


 

34 


tadqiqot  ishlari

 

amalga  oshirildi  va  asarlar  yaratildi.



85

  H.Z.Ziyoyevning 

«Turkistonda  Rossiya  tajovuzi  va  hukmronligiga  qarshi  kurash»

86

  asari  keyingi 



yillarda  nashr  etilgan  ishlar  orasida  о„zining  mukammalligi  bilan  alohida  о„rin 

tutadi.  Asarda  Qо„qon  xonligi  tarixining  ayrim  jihatlarini  yoritish  bilan  birga 

Rossiya 

imperiyasining 

О„rta 

Osiyo 


xonliklariga 

harbiy 


yurishlari, 

mustamlakachilikning  о„rnatilishi  va  uning  mohiyati,  milliy  istiqlol  uchun 

kurashgan vatanparvarlar faoliyatiga ham keng о„rin ajratadi.  

H.N.Bobobekov  о„z  ilmiy  tadqiqot  ishlarida  XIX  asr  ikkinchi  yarmida 

Qо„qon  xonligida  yuz  bergan  milliy  ozodlik  harakatlari  va  ularning  sabablari  va 

natijalarini yoritishga katta ahamiyat bergan.

87

 

  



SH.H.Vohidov  о„z  ilmiy  tadqiqot  ishida  Qо„qon  xonligi  tarixshunoslik 

maktabining  shakllanishi  va  xususiyatlari  hamda  manbalar  tahliliga  boshqa 

tadqiqotchilarga nisbatan kengroq tо„xtalib о„tadi.

88


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish