Turizm turlarining tasnifi



Download 354,61 Kb.
bet2/14
Sana17.07.2022
Hajmi354,61 Kb.
#817493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
aviatsiya shartnomaм

Sport poxodlari bu asosan sportga taalluqlidir; bunday hollarda murakkab poxodlarning qiyinchilik darajalari, masofaning uzunligi, tabiiy to‘siqlarning qiyinchilik darajalari, aholi yashaydigan joylarga yetib borish tartiblari, sinovli poxodlar soni va boshqa shartlar qo‘yilgan bo‘ladi.


Targ‘ibot-tashviqot poxodlari – yirik ijtimoiy-siyosiy yoki sport anjumanlariga bag‘ishlangan bo‘lib, uning maqsadi jamoatchilik va ommani turizmga jalb etishdan iboratdir. Bunday hollarda jamoalardagi ilg‘or tajribalar almashinadi, turistik harakatdagi yangi voqealar, natijalar joriy etiladi, faol turistlar turli yo‘llar bilan rag‘batlantiriladi. Badiiy havaskorlik jamoalarining konsert chiqishlari, sport turlari bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari, turistik texnika va boshqa vositalarni bilish yuzasidan musobaqalar uyushtirilishi targ‘ibot ishlarining jonli, qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi.


Ekspeditsiya – turistik sayohat bo‘lib, u biron obyektni (geografik, geologik, o‘lkashunoslik, tarixiy va boshqalar) o‘rganish
maqsadida uyushtiriladi. Bunday sayohat jarayonlarida aktiv harakat, ya’ni piyoda yurish, chang‘ida va boshqalarda yurish, shuningdek, passiv harakat yo‘li bilan (transportda) masofani o‘tish mumkin.

Hududiy belgi jihatdan turistik sayohatlar, poxodlar mahalliy va uzoq, xarakterli jihatidan esa rejali va havaskorlik turlariga egadir. Rejali poxodlar avvaldan belgilangan va faqat maxsus ishlangan marshrutlar orqaligina uyushtiriladi. Bunday hollarda turistlar maxsus jihozlar, oziq-ovqat va instruktorlar bilan ta’minlanadi.


Havaskorlik sayohatlari jismoniy madaniyat jamoalari kengashlari, sport klublari, turistlar klubi, madaniyat klublari, turistlar oromgohlari, bazalari, bolalar turistik stansiyalari, maktablar, o‘quvchilar uylari va alohida turistlar guruhlari tomonidan uyushtiriladi. Bunda turistlar mustaqil ravishda o‘z marshrutlarini tuzadilar, poxod jarayonida o‘z-o‘zlariga xizmat qiladilar. Kerakli turistik jihozlar, oziq-ovqat va boshqa vositalarni o‘zlari xarid qilishlari yoki ijaraga olishlari lozim bo‘ladi.
Sayohatning bu xususiyati ommaviy ravishda bir kunlik va birnecha kunlik poxodlar o‘tkazish uchun eng qulay bo‘lib, u ko‘pincha ta’lim muassasalarida ko‘proq uyushtiriladi.
Shuni qayd qilish lozimki, kasaba uyushma tashkilotlari, sport klublari, haftada ikki kun dam olish kunlaridan unumli foydalanib, yirik korxonalar, ijodiy xodimlar jamoalari shahar atrofi joylariga poxod uyushtirish shakli keng avj olmoqda. Hatto Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Navoiy va boshqa bir qator shaharlardagi ishlab chiqarish, mehnat jamoalariga tog‘li zonalarda dam olish uylari, profilaktoriylar tashkil qilib, yil davomida hordiq chiqarish va sayohat qilish uchun ma’lum qulayliklar yaratib bermoqda.

Sayohatlar harakat usullariga qarab piyoda yurish, tog‘, suv, chang‘i, velosiрed, avtomobil, mototsikl va aralash turlariga bo‘linadi. Sayohat qilish va uning tartiblari 1982-yil 28-noyabrda tasdiqlangan "Havaskorlik turistik poxod va sayohatlarni tashkil qilish va o‘tkazish qoidalari” ga asosan o‘tkaziladi. Bu talablar hozirgi kunda ham keng qo‘llanmoqda. Havaskorlik sayohatlariga talabning ortib borishi bir kunlik va ko‘p kunlik poxodlar o‘tkzishni taqozo etmoqda. Shunga ko‘ra ko‘p kunlik sayohatlar I, II, III, IV, V qiyinchilik kategoriyalariga (darajalariga) bo‘linadi. Qiyinchilik darajalari poxodlarning masofasi, to‘siqlarning xususiyati va soni, har bir turning mazmuniga qarab belgilanadi. Ular haqida keyingi boblarda tegishli ma’lumotlar beriladi.


Xulosa qilib aytganda, mustaqillikning sharoitlari hamda imtiyozlari doirasida "Sog‘lom avlod” Davlat dasturida turizmdan maqsadli foydalanishi lozim. O‘quvchi-yoshlar va talabalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasb-hunar yo‘lidagi nazariy bilim hamda amaliy malakalarini takomillashtirishda sayohatlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy jarayondir.



Download 354,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish