Toshkent yangiyul poligraph service


‘rtacha bosimda ammiak sintezlash



Download 0,69 Mb.
bet97/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

0‘rtacha bosimda ammiak sintezlash. Sanoatda sintetik ammiak ishlab chiqarish qo‘llaniladigan bosimga qarab uch xil bo'ladi: 1. Past bosimda — 10 MPa gacha; 2. 0‘rtacha bosimda -25—60 MPa; 3. Yuqori bosimda — 60—100 MPa.

Hozirgi vaqtda ko‘pincha o‘rta bosimda ammiak ishlab chiqarish qo'llaniladi. 0‘rtacha bosimda ammiak ishlab chiqarishning texnologik sxemasi 62- rasmda berilgan.

Toza va aylanma gazlar aralashmasi ko‘p pog‘onali turbo- kompressor(5)da (bug‘, havo, gazlar bilan ishlovchi motorga tur­bina deyiladi, kompressor havoni yoki gazlarni siquvchi apparat).

30—22 MPa gacha siqilib ammiak sintezi kalonasiga beriladi, qaysiki, unda (1) ammiak sintezlanadi. Sintez kalonasida (kalona-ustun) chiqqan tarkibida hajm jihatdan 20% gacha NH3 saqlovchi gaz (harorati 400°C ) awal bug* hosil qiluvchi qozon orqali o‘tib suvli sovitgich(3)ga boradi. So‘ngra 30—40°C haroratgacha soviydi va speratorga (ajratuvchi apparat) boradi. Separatorda ammiakning bir qismi gazlardan ajraladi, kondensatlanadi.

Reaksiyaga kirishmay qolgan aylanma gazlar sirkulyatsiyasi gazlari deyilib, kompressorda so'rib olinadi. Ammiak hosil bo‘lishiga sarflangan gaz miqdoriga teng miqdordagi toza azot vodorodli gazlar aralashmasi bilan qo‘shilib, ammiakli gazlar aralashmasidan to'liqroq ajratish uchun kondensatsiya kalonasiga yuboriladi. Bunday qilish toza azot vodorodli gazlar aralashmasini suyuq ammiak bug‘lantirgich(7)da va kondensator(6)da aralashgan suyuq ammiak bilan bevosita to‘qnashuvi natijasida -10°C gacha sovitish orqali C02 va CO lardan yanada qo‘shimcha ravishda tozalash hamda ammiakni to‘liqroq ajratish imkonini beradi.

Gaz kondensatsiya kalonasidagi issiq almashtirgichning tashqi tomonidan — quvurlararo bo‘shliqdan (a) hamda gaz ajratgichdan (v) nasadka (b) (tomchilami ushlab qoladi) orqali o‘tib (gazni issiqligidan ammiak bug‘lanadi, gaz esa soviydi) sovigan gaz yana kondensatsiya kolonnasiga kiradi va suyuq ammiakdan ajralib nasatka orqali issiq almashtirgichning ichidan o‘tadi va o‘z issiqligining bir qismini kirayotgan gazga berib sintez kalonasining yuqori qismidan kimdi.

Sirkulyatsiya gazlari tarkibida asta-sekinlik bilan inert qo‘shim- chalar (CH4, Ar) to‘planib, miqdori ko‘payib boradi. Bu holat reaksiya unumdorligiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan sirkulyatsiya gazlari tashqariga chiqarib yuboriladi va tarkibidagi qo£shimchalarni shunday yo‘l bilan kamaytirib turiladi. Ammiak sintezlash qurilmasining asosiy qismi sintez kolonnasidir (63- rasmga qarang). Kolonna 175—200 mm, (odatda xromvanadiyli) po‘latdan yasalgan silindrsimon korpus bo‘lib, ustki va ostki qismi qopqoq bilan berkitilgan. Kolonnaning balandligi 12—20 m. Hozirgi zamon kolonnalarining ichki diametri 1,0—2,8 m bo'ladi. Kolonnalar loyihasi asosan koфusning kattaligi va ichki nasadkasining tuzilishi bilan farq qiladi.

Kolonna korpusining ichida nasatka (ichki qurilma) bo‘lib, u katalizator qutisi va issiq almash- tirgichdan iborat bo‘ladi. Kata­lizator qutisi kolonnaning yuqori qismiga joylashgan bo‘lib, katali­zator oralariga va kolonnaning ostki qismiga quvursimon issiq almash- tirgich o'matilgan. Bularjarayon­ning avtotermikligini (o‘zini-o‘zi issiqlik bilan ta’minlash) ta’min­laydi. Katalizator, quvursimon holda joylashtirilgan reaktorlar, qaytar izotemik jarayonda optimal harorat rejimini ta’minlay oladi. Shuning uchun hozirgi zamon yirik ammiak sintezi qurilmalarida tokchali sintez kolonnalari qo‘llanilmoqda. Bunda katalizator qutisiga o'matilgan tokchalarga katalizator qo‘yiladi.

Katalizatoming miqdori (qavatning qalinligi) gaz tezligining kamayishi va gazning ammiakga aylanish darajasining kamayishi bilan ortib boradi. Tokchali sintez kalonasida harorat rejimi optimalga yaqin.

S

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish