Konsentrlangan nitrat kislotasining to‘g‘ri sintezi. Konsentrlangan nitrat kislotasi olishning suyuq kislota olishdan asosiy farqi nitroza gazlaridan suyuq N204 ni ajratib olishdir. Atmosfera bosimida olingan nitroza gazlari, foydalanish qozonidan o‘tgach tarkibidagi suvni yo£qotish uchun tez suratda sovitiladi. Buning uchun (69- rasm) nitroza gazlari suvli tez sovutkich (1) orqali o‘tadi.
Undan suvning ko‘p qismi 3 %li nitrat kislotaga aylanib tushadi, qolgan qismi esa sovitgichda (2) kondensatlanadi, so‘ngra ventilyator
(gaz yoki havo haydovchi,shamollatib turuvchi asbob) bilan ichida keramik halqalardan nasadkasi bo‘lgan oksidlash minorasiga
olib beriladi. Unda NO oksidlanib N02 ga aylanadi (oksidlovchi minorada NO ning N02 ga oksidlanishi nitroza gazlari tarkibidagi kislorod hisobiga boradi. Reaksiya past haroratda borishi yuqorida aytilgan), ajralib chiqqan issiqlik minorani sug‘orib va aylanib turuvchi
50 %li nitrat kislotasi bilan olinib turiladi. 50 %li nitrat kislota azot oksidlari bilan o‘zaro ta’sirga uchramaydi-birikmaydi. Oksidlanmay qolgan NO dookislitelda (5) 98 %li nitrat kislotasi bilan oksidlanadi.
N0+2HN032 +H20-136,2 kJ
Hosil bo‘lgan N02 (oksidlanish minorasida va dookislitelda hosil bo'lgan N02 birgalikda) sho'roba sovutkichlar(6)da —10°C gacha sovitilib ko‘p qismi suyuq holga o‘tkaziladi. Qolgan ozroq qismi yuttirish minorasida -10°C gacha sovitilgan 88 %li nitrat kislotasida eritib olinadi (98 %li nitrat kislota N02 ni o‘ziga yaxshi eritadi va nitro-oleumga aylanadi. So'ngra u 75—80°C gacha qizdirilsa yana NOz ni ajratib chiqaradi) yuttirish minorasidan (8) oqib tushgan nitrooleum, avtoklavda hosil bo'lgan nitrooleum bilan birgalikda oqartiruvchi kolonnaga yuboriladi, binobar inu tashqi tomonda bug‘ bilan qizdirilib turiladi. Unda bug'lanib chiqqan azot (IV) va qo‘sh oksidlari sovitkichga (10) borib yana azot qo‘sh oksidiga aylanadi.
Oqargan 98 %li nitrat kislota esa tayyor mahsulot hisoblanadi. Uning bir qismi 5 va 8 minoralami sug'orish uchun yuboriladi, qolgan qismi omboiga olinadi. Azot qo‘sh oksidi aralashtiigichga (11) boradi va unga 2,4,5 apparatlaridan oqib tushuvchi 55-60 % li nitrat kislota bilan aralashib avtoklavga (12) keladi. (Avtoklavbu moddalami yuqori bosimda qizdirish uchun ishlatiladigan germetik qopqoqli apparatdir). Bu maqsadda ishlatiladigan avtoklav qalin devorli po‘latdan yasalgan silindirsimon apparat bo‘lib, balandligi 8,5 m, ichining diametri 1 m, ichiga korroziyadan mudofaa qilish uchun aluminiy qoplangan hamda to‘r tarelkalar o‘rnatilgan va to‘r tarelkalaming mayda teshikchalaridan sekin oqib o‘tib pastga tushadi. Avtoklavning tubiga toza kislorod ham yuborilgach, natijada qarama- qarshi oqimda yuqoriga ko‘tariluvchi kislorod ishtirokida azot qo'sh oksididan nitrat kislota hosil bo‘ladi. 11. HN03 ishlab chiqarish uchun
29 t/ ammiak, 150 m3 kislorod, 0,05 g platina, 270 kvt/s elektr energiyasi, 0,6 t. bug‘, 200m3 suv sarflanadi. Chirchiq, Olmaliq, Farg'ona va Navoiydagi nitrat kislota ishlab chiqarish zavodlari respublikamiz ehtiyojini qondirib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |