6
Tushirish zonasida to‘siqqa (ortish-tushirish bo‘limlariga ajratuvchi to'siq) frezer (kesuvchi pichoqlar ) o‘rnatilgan bo‘lib, kamera yo‘nalishiga teskari yunalishda aylanib turadi. Kamera har 1,5—2,5 soatda bir marta aylanadi. Shu vaqt ichida superfosfot yetiladi. So‘ngra tushirishiga tayyor bo'lgan superfosfat frezer pichoqlar bilan kesilib, ichi bo‘sh cho‘yandan yasalgan, silindrsimon quvur orqali pastga - transpartyoiga tushadi. U omboiga olib borib tashlaydi. Standart superfosfat kamerasining balandligi 2,5 m , diametri 7,1 m bo‘lib, uning mahsuldorligi 50 t/soatga teng bo‘ladi. Soatiga 100—150 t superfosfat ishlab chiqaradigan kameralar ham bor.
Oddiy superfosfatning asosiy kamchiligi uning tarkibida oziq elementlaming kamligidir. Boyitilgan apatitlarda olingan superfosfat, tarkibida 19-20% P2Os, Qoratog‘ fosforitidan (boyitilgan) olinganida esa 15% P205, saqlaydi. Shundan 5,5 % P205, H3P04 shaklida bo‘ladi. 50 % gacha CaS04 va 11 -14 % boshqa begona qo'shimchalar saqlaydi. Uning tarkibida H3P04 ning bo‘lishi o‘g‘itni saqlash va ishlatishni qiyinlashtiradi. Tashish xarajatlarini ko‘paytiradi. Shuning uchun kislotani maydaiangan ohaktosh, bo‘r, fosfarit uni yoki gazsimon ammiyak qo‘shib neytrallanadi. Bu jarayon donadorlash paytida amalga oshiriladi.
Undan tashqari, uni yetilishi uchun katta hajmdagi ombor- xonalar va saqlovchi joylar talab qilinadi. Bu kamchilikni tuzatish mumkin. Buning yagona yo'li superfosfatni omborxonalarda saqlamay yetiltirish usullariga o'tishdir. Bunday qilinganda ftor saqlovchi gazlaming atmosferaga chiqib, uni zaharlanishining ham oldi olingan bo‘lur edi. Omborlarda yetiltirmay oddiy superfosfat olish usullariga qo‘sh superfosfat olishda qo'llanilayotgan kamera-oqimli va oqimli usullarini ko‘rsatish mumkin.
Superfosfatni donadorlash biroz qiya o‘rnatilgan barabanlarda (1) olib boriladi (76- rasm). Unga tashigichdan (2) to‘xtovsiz superfosfat kelib turadi va (16% gacha) suv sachratilib turiladi. Barabanlar sekin aylanib turadi. Natijada mayda zarrachalar nam bo‘lgandan bir-biriga yopishib donachalar hosil qiladi. So'ngra quritgich barabanga (3) o‘tadi va undan galvirga (4) boradi. Hosil bo‘lgan donachalaming 2 mm dan kichigi qayta donadorlashnga, 4
mm dan kattasi esa maydalagichga (6) va undan yana g‘alvirga boradi. Quritish barabanidan chiqqan gazlar superfosfat changlarini ushlab qolish uchun siklon apparatga (7) yetib boradi. So‘ngra SiF4 ni ushlab qolish uchun suv bilan sug‘orilib turuvchi minoraga boradi.Donadorlangan superfosfat 19,5—20,5 % P2Os, ushlaydi. Shunda 25,5 % gacha H 3 PO 4 shaklida bo'ladi.
Qoratog* fosforitidan olingan superfosfat donadorlanganda ammiak bilan neytrallash jarayoni ham qo'shib olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |