Xossalari. Kimyoviy toza, suvsiz 100 % li nitrat kislota-rangsiz suyuqlik, o‘tkir hidli, zichligi 1,52 g/sm3, +82,6°C da qaynaydi, 41,6°C da muzlaydi. Suv bilan har qanday nisbatlarda aralasha oladi. Suyultirilganda issiqlik chiqishi gidratlar hosil bo'lishidan dalolat beradi (HN03H20, HN03-2H20).
68,4 %li nitrat kislotasi esa azeotrop aralashma bo‘lib 121,9°C da qaynaydi (65- rasm), bunda u suv bilan birga qo‘shilib haydaladi. Nitrat islota issiqlik va yorug‘lik ta’sirida parchalanadi.
4HN03 -> 2H20 + 4N02+ 02.
Ajralib chiqqan azot (IV) - oksidi kislotada erib, uni qo‘ng‘ir yoki qizil ( erigan N02 ning miqdoriga qarab) rangga bo‘yaydi.
Shuningdek, nitrat kislota kuchli oksidlovchidir. U oltin, platina, tantal, radiy, iridiydan boshqa barcha metallami eritib tegishli nitratlar yoki oksidlaiga aylantira oladi. Konsentrlangan nitrat kislota ayrim metallami passivlashtiradi (U sovuq holda temirni passivlashtirishini M. Lomonov aniqlagan edi).
Masalan, temir, xrom, alu- miniylar o‘z yuzasini yupqa oksid parda hosil qilib, metallni nitrat kislotasining takror ta’siridan himoya qiladi. Shu xossasidan foydalanib, konsentrlangan nitrat kislotasi po‘lat va aluminiy bochkalarda yoki rezervuarlarda tashiladi va shu xildagi idishlarda saqlanadi.
Ko‘pgina organik moddalar, shu jumladan odam va hayvon to‘qimalari ham nitrat kislota ta’sirida emiriladi (masalan, bioqimyo kursida oqsillaming ksantoproyetein reaksiyasi) ba’zi birlari esa konsentrlangan nitrat kislotasi ta’sirida yonib ketishi mumkin. Nitrat kislota va uning oksidlari (NO va N02) o‘ta zaharli bo‘lib, atmosferada uning chegaraviy havfli konsentratsiyasi 0,1 mg/m3 ga tengdir.
Ishlatilishi. Nitrat kislotasi ahamiyati va ishlatish sohasining kengligi bo‘yicha boshqa anorganik kislotalar orsida faqat sulfat kislotadan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Juda ko‘p sohalarda ishlatiladi. Dunyoda ishlab chiqariladigan nitrat kislotaning 75 %i azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda, 15 %i portlovchi moddalar olishda, organik bo‘yoqlar, 10%i boshqa narsalar: organik reaktivlar, nitrolaklar, plastmassalar, kinoplyonkalar, sun’iy tolalar va boshqa oiganik moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yana u dori-darmonlar olishda oksidlovchi sifatida, suratxonalarda, nitrozali usulda sulfat kislota va boshqa ko‘pgina mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Olinishi. Nitrat kislota VIII asrdan buyon ma’lum. Ming yillardan ko‘proq vaqtdan beri uni selitrani temir ko‘porosi yoki qo‘sh tuzlar- achchiq toshlar bilan aralashtirib qizdirish yo‘li bilan olingan. XVIII asrning oxirlarida XX asrning 20- yillarigacha nitrat kislota faqat tabiiy selitradan konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib olingan.
NaN03+H2S04=HN03+NaHS04
Nitrat kislotaning azot oksidlaridan olish mumkinligi ilgari vaqtlardan buyon ma’lum.
NO °2 > N02 H2° > HNO3
Ammo azot oksidini sanoatda olishning tuzukroq usuli uzoq yillar davomida topilmadi.
Azot oksidi olishning birinchi plazma (elektr yoy) usuli iqtisodiy samaradorligi darajasi pastligi uchun xalq xo‘jaligi sohasida keng tarqalmadi. Ammo bu usulda tabiatda havodagi elektr razryadi paytida azot va kisloroddan azot oksidlari hosil bo‘lib turadi. Masalan, chaqmoq chaqqanda 1500 kg gacha azot birikma holga o‘tadi va u qor va yomg‘ir suvlarida erib azot birikmalari shaklida yerga tushadi va yemi azotgaboyitadi.
Ikkinchi usul ammiakni oksidlash usulidir. Bu usul 1839- yilda Kyulman NH3 platina ishtirokida azot oksidiga aylantirish mumkin ekanligini aniqlagan paytdan boshlab ma’lum. Ammo bu jarayonni sanoatda ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida XX asrning boshlaridagina V.Ostvold chuqur o‘rgandi. Natijada 1909- yilda Germaniyada Ostvol’d usuli bo‘yicha birinchi tajriba zavodi qurildi. Keyinchalik Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida (Bel’giya, Angiliya) ham yuqoridagidek zavodlar qurila boshlandi. Ammo bu zavodlaming mahsuldorligi past edi (masalan, Germaniyadagi zavod yiliga 18001. kuchsiz nitrat kislota ishlab chiqarardi xolos).
1914-1916- yillarda injener I.I.Andreyev ammiakning oksid- lanishga turli omillarining ta’sirini o‘rganib, bu jarayonni ancha takkomillashtirdi.
Andreyev loyihasi asosida Rossiyada birinchi nitrat ishlab chiqarish zavodi 1917- yilda Yuzovka hozirgi Donetskiy shahrida qurildi. Unda ko'mirni kokslashda olinadigan ammiakni ajratib olish va tozalashning yangi usuli qo'llaniladi. Kontakt apparatining keng yuzali konstruksiyasi va platina-iridiyli katalizatordan foydalanish, yuttirish minoralari qurilishida kislotaga chidamli granitdan
foydalanish kabi ko'pgina ijobiy yangiliklar qo'llanilishi sababli zavod mahsuldorligini ancha oshirishga erishildi. I.I.Andreyevning bu soha- dagi ishlari dunyoda nitrat kislota ishlab chiqarish taraqqiyotiga katta hissa bo'lib qo'shildi.
Sanoatda nitrat kislotaning quyidagi turlari ishlab chiqariladi. 1. Kuchsiz yoki suyuq holda: 1- nav - 56 %li, 2- nav - 47 % li,
nav - 45 % li. 2. Konsentrlangan: 1- nav -98 % li, 2- nav - 97 % li. 3. Melanj (fransuzcha so‘z bo‘lib, aralashma ma’nosini anglatadi) 89 % nitrat kislota, 7,5 % sulfat kislotadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |