Energiya turlari va manbalari. Kimyo sanoatida turli xil: elektr, issiqlik, yadro, kimyoviy va nur energiyalaridan foydalaniladi. Bular- dan eng ko‘pi issiqlik energiyasi bo'lib, shartli yoqilg‘iga aylantirib hisoblaganda u 50 % ni, bevosita issiqlik sifatida 10 % ni tashkil etadi. Qolgan 40 % energiyani esa elektr energiyasi tashkil etadi. Boshqa tur energiyalaming ulushi juda kam bo'ladi.
Elektr energiyasi: elektrokimyoviyjarayonlami (suyuqlanma va eritmalarni elektroliz qilish va boshqalar) amalga oshirish uchun, elektrotermik (qizdirish uchun) va elektromagnitli (rudalarni elektrmagnit usulida boyitishda) jarayonlar hamda elektr energiyasi talab qiluvchi boshqa operatsiyalar (changlarni, tumanlarni elektrofiltrlarda cho'ktirish uglevodorodlami elektrokrering qilish va boshqalar) uchun sarflanadi. Turli fizikaviy operatsiyalami: maydalash, yanchish, aralashtirish, sentrifugalash, tashish, qadoqlash, ventilyatorlami, kompressorlarni ishlatish uchun va boshqalarni amalga oshirish uchun sarflanadi. Elektr energiyasi, asosan, issiqlik elektrostansiyalari (IES), gidroelektrostansiyalari (GES) va atom elektrostansiyalarida (AES) hosil qilinadi.
Issiqlik energiyasi sanoatda reaksiyaga kirishuvchi reagentlami qizdirish uchun ishlatiladi. Yana u har xil texnologik operatsiyalami bajarishda (qurilish, bug‘latish, suyuqlantirish, distillash va boshqalar) foydalaniladi. Ko‘pgina ishlab chiqarishlarda (masalan, sement, shisha, chinni buyumlar va boshqalar) issiqlik energiya- sining manbai sifatida qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg‘ilami yonishidan hosil bo'lgan gazlar ishlatiladi. Ko‘pgina kimyoviy korxonalar, ayrim sexlar issiqlik energiyasini issiq suv va bug' shaklida oladi. Qaysiki, ular maxsus bug‘ qozon qurilmalari yoki IES larida hosil qilinadi.
Yadro energiyasi bevosita radiatsion kimyoviy jarayonlarni o‘tkazishda foydalaniladi. Bunda radioaktiv nurlantirish (y- va /3- nurlar, yoki neytronlar bilan) orqali polimerlanish reaksiyalarini amalga oshirish, polimerdan yasalgan buyumlami mustahkamligini oshirish, qotirish, fenol, anilin va boshqa mahsulotlarni sintezlash kabi jarayonlarda amalga oshiriladi. Ammo yadro energiyasi, asosan, elektr energiyasi olish uchun foydalaniladi. Hozirgi paytda dunyoda 300 dan ortiq AESlar bo‘lib, ularda 8 % energiya hosil qilinadi.
Kimyoviy energiya ekzotermik reaksiyalar paytida ajralib chiqadi. Bu energiyadan issiq suv yoki bug1 hosil qilish uchun yoki dastlabki materiallami taxminiy qizdirish uchun foydalaniladi. Ba’zan, elektr eneigiyasiga aylantirishda (galvanik elementlarda va akkumlyatorlarda) ham ishlatiladi. Eneigiyaning bu turidan keng foydalanish yirik ishlab chiqarish korxonalarida juda katta iqtisodiy samara beradi. Masalan, ayrim ishlab chiqarishlarda (sulfat kislota va ammiak va boshqalarda) ular ehtiyoji uchun talab qilinadigan energiya to‘liq kimyoviy energiya hisobiga qoplanadi. Hatto, ba’zan ortib ham qoladi. Ortiqcha energiya esa boshqa korxonalar talabini qondirish uchun issiq suv yoki bug' ko'rinishida ularga yuboriladi. Masalan, sulfat kislota ishlab chiqarish korxonasini (1 t. H2S04 ishlab chiqarganda) energiya bilan to‘la ta’minlash uchun 0,36 mJ (megaJoul) energiya talab qilinadi. 1 t. sulfat kislota ishlab chiqarganda ajralib chiqadigan kimyoviy energiya esa, 5 mJ ni tashkil etadi. Talabni qondirish uchun bu eneigiyaning atigi 7 % i yetarlidir.
Nur energiyasi, ultrabinafsha, infraqizil, lazer nurlanishi energiyalari kimyo sanoatida keng qo'llanilmoqda. Masalan, vodorod xlorid sintezi, organik birikmalarni galogenlash, izomerlash reaksiyalari, suvni zaharsizlantirish va boshqalarda.
Nur energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi fotoelektrik qurilma texnologik jarayonlami avtomatik nazorat qilish va boshqarishda: binolami isitishda va kosmik texnikani eneigiya bilan ta’minlashda qo'llaniladi. Quyosh energiyasidan foydalanishning fotokimyoviy usullari ishlab chiqilmoqda. Masalan, suvni fotokimyoviy parchalash va undan vodorod, kislorod ajratib olish usuli kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |