Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

kzlamoi  lozim».  Platon  o‘zining pedagogika nazariyasida Sparta va 

Afina  taiim-tarbiya  tizimining  ba’zi  bir  belgilarini 

birlashtirishga 

intiladi.

Platonning  fikricha,  bolalar 3  yoshdan  boshlab  6  yoshgacha davlat 

tomonidan 

tayinlab, 

qo‘yilgan 

tarbiyachilar 

rahbarligida 

maydonchalarda  turli  o‘yinlar  o‘ynash  bilan  shug‘ullanishlari  lozim. 

Platon  o‘yinlami  maktabgacha  tarbiya  vositasi  deb  hisoblab,  ularga 

katta  ahamiyat  beradi,  shuningdek,  bolalarga  hikoya  qilib  beriladigan 

materiallami  sinchiklab  tanlash  kerakligini 

ham  uqtirib  o‘tadi.  U 

bolalarga eng yoshlik chog‘idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi.

Bolalar 7 yoshdan  12 yoshgacha davlat maktablariga qatnaydilar va 

bunday  maktablarda  ularga  o‘qish,  yozish,  hisob,  musiqa  va  ashula 

o‘rgatiladi.

Bolalar  12 yoshdan  16  yoshgacha odatdagi  badantarbiya mashqlari 

o‘rganiladigan palestrada,  ya’ni jismoniy  tarbiya maktabida o‘qiydilar. 

Palestrani  tamomlagan  o‘spirinlar  18  yoshgacha  hisob,  geometriya  va 

astronomiyani  o‘rganadilar,  bunda  ko‘proq  amaliy  maqsadlar  (ulami 

jangchilar  qilib  tayyorlash)  ko‘zda  tutilgan.  18  yoshdan  20  yoshgacha 

yigitlar  «Efebiya»  da  tarbiyalanadilar,  ya’ni  harbiy  gimnastika 

tayyorgarligini o‘taydilar.  Aqliy  mashg‘ulotga mayli  boimagan yigitlar 

20  yoshdan  boshlab,  jangchilar  qatoriga  o‘tadilar.  Abstrakt,  ya’ni 

mavhum  tafakkurga  qobiliyati  borligi  ochiq  ko‘ringan  yoshlar,  ya’ni 

yigitlaming  ozroq  qismi  30  yoshga  qadar  falsafa,  shuningdek,  hisob, 

geometriya,  astronomiya  va  musiqa  nazariyasini  o‘rganish  bilan 

shug‘ullanib,  shu  tariqa  ilm  olishning  uchinchi,  oliy  bosqichini 

o‘taydilar, ammo bunda amaliy maqsad ko‘zda tutilmasdan, balki falsafa



104


-  nazariyani mukammal o‘rganish ko‘zda tutiladi.  Shu tariqa  ular davlat 

mansablarida  ishlashga  tayyorlanadilar.  Iste’dodi  g‘oyat  o‘tkir  ekanligi 

maium  boigan  va juda  ozchilikni  tashkil  etgan  yigitlar  falsafa  ilmini 

o‘rganishni  yana  5  yil  (35  yoshga  qadar)  davom  ettiradilar,  shundan 

so‘ng  35  dan  50  yoshgacha  davlatni  boshqaruvida  «yaxshilik  g‘oyasi» 

targibotchilari boiib qoladilar.

Platon  ham xotin-qizlar  tarbiyasi  xususida fikr yuritib,  Spartadagi 

usulni ma’qullaydi.

Umuman,  Platon  tarbiya  tizimining  butun  mazmuni  va  mohiyati 

jismoniy  mehnatdan  g‘oyat  nafratlanish  ruhi  bilan  sug‘orilgan.  Platon 

g‘oyasiga ko‘ra, bo‘lajak faylasuflar va jangchilaming «jismoniy mehnat 

to‘g‘risida  hatto  o‘ylashlari»  ham  taqiqlab  qo‘yilgan,  shuningdek, 

qullaming bolalarini o‘qitmagan ma’qul, degan g‘oya ilgari surilgan.

Biroq  Platon  maktabgacha  tarbiya  to‘g‘risida,  davlat  tomonidan 

izchillik  bilan  olib  borilish  lozim  bo‘lgan  tarbiya  tizimi  to‘g‘risida  bir 

qancha  muhim  fikrlami  aytdi,  ijobiy  o‘mak  namunasida  tarbiyalash 

kabilami talab qildi.

Platon  o‘zining  axloqiy  tarbiya  nazariyasini  yaratar  ekan,  ustozi 

Sokratga  ergashib,  obyektiv  idealizm  yoiini  tutadi.  Platon  axloqiy 

tarbiya  nazariyasining  asosiy  nazariy  tanyach  nuqtasi  -   inson  ongi 

chegaralaridan 

tashqarida  boigan  va  mangulik  g‘oyalari  olamida 

xudoning  doimiy  nazorati  ostida 

boiadigan  yagona  o‘zgarmas 

«yaxshilik»  g‘oyasidir.  Uning fikricha, yerdagi yaxshiliklaming hamma 

turi  o‘zida  me’yor,  go‘zallik  va  haqiqatan  iborat  uch  tushunchani 

jamlagan oliy «yaxshilik g‘oyasi» ning inikosigina boiishi mumkin.

Platon  fikricha,  odamning  axloqiy  hayoti  shu  oliy  «yaxshilik 

g‘oyasi»ga  intilishga  to ia   bo‘ysungan  va  xushbaxtlikni 

tashkil 


etadigan,  faqat  oliy  «yaxshilik»  g‘oyasiga 

intilishidagina  xulqning 

namunasini  ko‘rish  mumkin.  Shunday  qilib,  Platon  insonning  xulqini 

xudo xohishiga bo‘ysundirishga harakat qilgan.

Platon  insonga  xos  axloqiy 

kategoriyalar 

va  tushunchalami 

sinchiklab  ishlab  chiqib,  ulaming  barqarorligi  va  muayyanligini 

isbotlagani  holda ulami  kishilar joriy  qilishini  ham  e’tirof etmadi.  Shu 

bilan,  u  axloqiy  qonunlar  kishilar  uchun  majburiy  yoki  nomaqbul 

boiishi  mumkinligi  haqidagi  fikrga  o‘rin  qoldirmadi.  U  bu  o‘rinda 

aristokrat  zodagonlamigina  nazarda  tutgan  xolos.  Xalq  ommasiga 

kelganda  unga  axloqiy  hayotda  arzimas  o‘rin  berilgan,  uning  fikricha, 

xalqqa faqat bo‘ysunish, itoatkorlik axloqigina xos.  Qullar hech qanday



105


fazilatga  ega emaslar,  deb  hisoblagani  sababli  Platon  axloqiy  etikasiga 

ko‘ra, ular umuman chinakam axloq egasi boiishi mumkin emas.

Platonning  axloqiy  tushunchalami  o‘zgarmas  va  barqaror  deb 

qarashi  hamda  ulami  mutlaqlashtirishi  jamiyat  siyosiy  tuzilishining 

o‘zgarmasligi  g‘oyalarini  himoya  qilishga  va  quldorlik  davlatini 

ideallashtirishga xizmat qildi. Natijada Platon axloqiy tarbiya nazariyasi 

jozibador  boiib  ko‘rinadi.  Ular  uning  axloqiy  tarbiya  nazariyasida  o‘z 

hayotlari tarzining  in’ikosi va himoyasini ko‘rdilar.

Platonning 

shogirdi 

boigan, 

makedoniyalik 

Iskandami 

tarbiyalagan,  qadimgi  Yunonistonning  eng  yirik  idealist-faylasufi  va 

olimi  Arastuning  (eramizdan  awal  384—322-y illar)  pedagogika 

nazariyasini yaratish va uni rivojlantirishdagi xizmatlari juda ulkan.

Platon  olamni  g‘oyalar  dunyosi  va  hodisalar  dunyosi  deb  ikkiga 

boigan  boisa,  uning  shogirdi  Arastu  olamni  yaxlit  deb  bildi  va 

narsalami  o‘zidan  ajratib  boimaydi,  dedi.  Arastuning  ta’kidlashicha, 

g‘oyani  shaklga  o‘xshatish  mumkin.  Har  qanday  buyumda  biz  uning 

moddasini  va  shaklini  ko‘rishimiz  mumkin.  Moddada  narsalar  boiishi 

uchun  imkoniyatlar  bor,  modda  biron  shakl  olganidan  so‘nggina  narsa 

boiib  qoladi.  Chunonchi,  marmaming  o‘zi  bir  moddadir,  ammo  unga 

maium shakl berilsa, haykal tusini olishi mumkin.

Butun hayot taraqqiyot jarayonidir, bu jarayon, Arastuning fikricha, 

tashqi  kuchlaming  ta’siri  ostida,  sodir  boimaydi,  balki  ichki 

taraqqiyotning  o‘zidir.  Arastu  tashqi  olamning  mavjudligiga  shubha 

qilmaydi  va  hissiy  tajribani,  sezgilami  bilishning  asosi  deb  hisoblaydi. 

Arastuning ta’kidlashicha, bilishdagi xatolar noto‘g‘ri tafakkurdan, ya’ni 

hissiy  tajribani  noto‘g‘ri  talqin  qilishdan  kelib  chiqadi.  Eng  muhimi 

shundaki,  Arastu  shakl  bilan  mazmunning  birligini  ko‘rsatib  o‘tdi, 

taraqqiyot g‘oyasini olg‘a surdi.

Arastu  olamda tana va jon  bor,  tana bilan jon  materiya bilan  shakl 

tariqasida bir-biridan ajralmagan holda mavjuddir, deydi. Uningcha, uch 

xil  jon  bor:  o‘simlikdan  tarkib  topgan  jon  oziqlanishda  va  urchib 

ko‘payishda namoyon boiadi;  hayvonotdan tarkib topgan jon,  o‘simlik 

xossalaridan tashqari  sezgilarda va istaklarda namoyon boiadi;  aqlning 

ifodasi  boigan  jon,  o‘simlik  va  hayvonot  xossalaridan  tashqari,  u 

tafakkur yoki bilish xislatlariga ham egadir. Insondagi jonning hayvoniy 

qismi aqlga tobe boiganligi sababli, uni iroda deb atash mumkin.

Arastuning  fikricha, jonning  mana  shu uch  xiliga muvofiq,  uch  xil 

tarbiya -  jismoniy  tarbiya,  axloqiy tarbiya,  aqliy tarbiya boiishi  kerak. 

Tarbiyaning maqsadi, uning fikricha, jonning oliy tomonlarini — aql va

106



irodani  kamol  toptirishdan  iborat  edi.  Har  bir  moddada  rivojlanish 

imkoniyati  bor  bo‘lganidek,  insonga  ham  tabiat  faqat  qobiliyatlaming 

boshlang‘ ichinigina  beradi,  insonda  kamol  topish  imkoniyati  tabiatda 

mavjuddir  va  bu  imkoniyat  tarbiya vositasi  bilan  ro‘yobga  chiqariladi. 

Tabiat jonning  uch  xilini  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘lab  qo‘ygan, 

biz  ham  tarbiyada  tabiat  belgilab  bergan  yo‘ldan  borib,  jismoniy, 

axloqiy  va  aqliy  tarbiyani  bir-biri  bilan  chambarchas  bogiab  olib 

borishimiz lozimligini uqtiradi.

Arastuning  fikriga  ko‘ra,  davlatning  umumiy  bitta  oxirgi  maqsadi 

bor, u ham boisa, davlat hamma fuqarolarga bir xilda tarbiya berilishini 

ta’minlashi  lozim,  mana  shunday  tarbiya  berish  esa  xususiy 

tashabbusning vazifasi boimasdan, balki davlatning ishi boiishi lozim.

Oilaviy  tarbiya  bilan  ijtimoiy  tarbiya  o‘zaro  bogiiq  boiishi 

lozimligini uqtirib, u oilaviy tarbiyaga doir bir qancha tavsiyalar beradi. 

Ammo Arastu davlat hamma fuqarolar uchun «bir xilda» tarbiya berishi 

lozim, deb ta’kidlaganida qullami nazarda tutmaydi.

Arastu  pedagogika  tarixida  birinchi  boiib,  yoshni  davrlarga 

boiishga urinib ko‘radi.  U insonning yoshlik yillarini uch davrga boiib 

o‘rganadi:  7 yoshgacha bo ‘Igan davr;  7 yoshdan  14yoshgacha blgan 


Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish