JOMBOY TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING BUYRUG‘I “Xizmat safariga yuborish to‘g‘risida” Tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarini xozirgi kundagi holatini taxlil qilish, o‘quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berilishini o‘rganish, muassasalarni qish mavsumida barqaror ishlashini nazorat qilish maqsadida buyuraman
Tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarini xozirgi kundagi holatini taxlil qilish, o‘quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berilishini o‘rganish, muassasalarni qish mavsumida barqaror ishlashini nazorat qilish maqsadida 1-ilovaga muvofiq Ishchi guruhlar shakllantirilsin hamda joriy yilning ___ noyabrdan ta’lim muassasalariga xizmat safariga yuborilsin.
Ta’lim muassasalarini xozirgi kundagi holatini taxlil qilish, o‘quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berilishini o‘rganish, muassasalarni qish mavsumida barqaror ishlashini o‘rganish savolnomasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruh rahbarlariga:
ishchi guruhlarga biriktirilgan sektorlar xududida joylashgan ta’lim muassasalarini tasdiqlangan savolnoma asosida o‘rganish hamda ma’lumotnoma tayyorlash;
o‘rganilgan ta’lim muassasalari bo‘yicha xar kunlik ma’lumotlarni bo‘lim rahbariyatiga asoslangan hamda tasdiqlangan xolda taqdim etish;
o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ularni bartaraf etishga qaratilgan manzilli “Yo‘l xaritalari” ni ishlab chiqish hamda ijroga yo‘naltirish;
“Yo‘l xaritalari” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni doimiy nazorat qilib borish vazifalari yuklatilsin.
Barcha ta’lim muassasalari rahbarlariga:
Ishchi guruhlarning ta’lim muassasalarida faoliyat olib borishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;
o‘rganishlar natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etishga qaratilgan zaruriy choralarni ko‘rish;
amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bo‘lim rahbariyatiga yozma axborot taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
Xizmat safari bilan bog‘liq sarf-xarajatlar xodimlarning asosiy ish joyida qoplanishi belgilab qo‘yilsin.
Buyruq ijrosi nazorati mudir o‘rinbosari G‘.Murotov zimmasiga yuklatilsin.