Qo‘lango shal bo‘lsa, oyog‘i dog‘ilang,
Boshdin oyoq bo‘lsa, agar oru nang,
Lekin ango bor esa durri maqol,
Borg‘usidir yoniga ahli savol.
So‘z duridin kelturibsan anga dil,
Tirg‘uzur oni gar esa murda dil.
Nishotiy so‘zning «qabih» va «malih» bo‘lishini ta’kidlab, qabih so‘z
kishilaming dilini og‘ritib, ozor berishini, malih esa, jon ozig‘i ekanini
uqtiradi. Shuning uchun ham qabih so‘zlamasdan, doimo malih, ya’ni shirin
va ma’noli so‘zlash lozimdir, deb ta’kidlaydi:
Mantiq eli qilganida jonda farq,
Qildilar hayvon bilan insonda farq.
So‘zdin erur ma’niyi rangin murod,
B o‘lmasa ul so ‘zni degilgirdibod.
Kimki yomon so ‘zni der - inson emas,
So‘zkiyomondir, ani hayvon demas.
Nishotiy fikricha, «ganji soz» dunyoda shu qadar ko‘pki, uni
ishlatishda tilga nihoyatda ehtiyotkor bo‘lib, so‘zga zebu ziynat berish
lozim. Uni dilu jon deb atalmish «ayvonda» (qalbda) parvarish qilib
chiqarish kerak. Shundagina so‘z ta’sirchan bo‘lib, tinglovchiga «jon»
bag‘ishlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |