Nuri dili ahli bashorat edi,
Har fan aro ancha mahorat edi.
Ahli fasohat aro sohib husun,
Olami dahr ichra edi zufunun.
Nishotiy o‘z dostonida xalqni ma’rifatga emas, balki jaholatga
sudrayotgan noqobil shaxslaming kirdikorlarini fosh qilish maqsadida,
podshohning olimlar, shoirlar, sozandalar bilan hamkor suhbatidan
g‘azabga kelgan jaholatparast - vazir timsolini yaratadi. Vazir podshohga
ma’rifat ahlini: «Ayri tariq», «Mardud shariat» deb yomonlaydi.
Podsho bunday yaramas o‘gitlami mulohaza qilish va shayx-
vazirga odillik bilan javob aytish o‘miga, uning aytganlarini bajonidil
qabul etib, o‘sha ilm-ma’rifat ahllarini ranju uqubatga giriftor qiladi.
Nishotiy bu holdan qattiq iztirobga tushdi va u el holiga achindi. Shuning
uchun ham u xalqni adolatsiz podshohlardan yiroq turishga chaqirib,
bunday deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |