Kimki qilur qurbati shohni havas,
Qahr o ‘tiga yong‘usi andekki xas.
Shoh. demak kimsaki aylar havas,
Oxir anga oh bo‘lur hamnafas.
Bu bilan Nishotiyni umuman podshohlardan voz kechgin, degan,
xulosaga kelgan deyish mumkin emas. Nishotiy ham Alisher Navoiyning
odil, insonparvar va ma’rifatparvar podshohlar haqidagi fikrlarini davom
ettirgan holda ma’rifatparvar podshohlarning timsollarini ham
tasvirlaydi.
Shunisi muhimki, Nishotiy kishilami har qanday og‘ir vaziyatda
chidam va sabot bilan ijodiy mehnat qilishga da’vat etarkan, mehnat
yoshlami axloqiy tarbiyalash vositasi ekanligini ta’kidlaydi. Shoir
ma’rifiy-insonparvarlik qarashlarida halol mehnat bilan jamiyatdagi
moddiy va ma’naviy boyliklami yaratuvchilami ulugiab, ehtirom ila
tilga oladi va birovlaming manglay teri hisobiga kun ko‘ruvchilardan
esa nafratlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |