axloqiy kamol topgan shaxsdir.
etadi, uning fikricha, bola yaxshi fazilatlami taiim-tarbiya natijasida
boshlaydi, yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida tasawurga ega bo‘la
boshlaydi, aqli to‘lishib, ongi o‘sadi, deydi olim.
Bola o‘ta ta’sirchan va taqlidchan bo‘lishini ta’kidlar ekan, olim
yaxshi fazilatni ham, yomon fazilatni ham u tezda qabul qilaverishi
mumkinligini alohida uqtirib o‘tadi. Bola qalbini naqsh solinadigan,
suratlami osonlikcha tushirish mumkin bo‘lgan taxtaga o‘xshatadi.
Davoniyning fikricha, bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli bo‘lishi
uning keyingi tarbiyasiga ham bog‘liq. Chunki hayotda har kuni bola
ko‘radigan, muloqotda bo‘ladigan narsalar uning xulqiga yaxshi va
yomon tomondan ta’sir etadi. U ota-ona tarbiyasi bilan muallim
tarbiyasini taqqoslar ekan, muallimning tarbiya metodlari ota-
onanikidan yuqoriroqdir, deb ta’kidlaydi. Chunki ota bolani jismonan
hayotga keltirib, uni jismoniy tarbiyalasa, muallim uni ma’naviy
jihatdan kamolotga yetkazadi, deydi olim. Ruh qanchalik badanga yaqin
tursa muallim ham tarbiya borasida ota-onaga shunchalik yaqin deb
ko‘rasatadi.
Pedagogik qarashlarida aqliy tarbiya va bilimlami egallash
masalalari muhim o‘rinni egallaydi. Bolalarga bilim berishni yoshlikdan
boshlash zarurligini ta’kidlaydi. Davoniy inson aqlining qudratiga, uning
ijtimoiy hodisalami bilishiga, aql ilohiy ulug‘ bir ne’mat, haqiqat
mezoni ekanligiga ishonadi. Chunki inson aql yordamida o‘z xatti-
harakatini, faoliyatini boshqaradi.
Davoniyning fikricha, aql ijtimoiy hayotning barcha sohasida, xoh
davlat ishida, xoh ilmni o‘rganishda, xoh ijobiy xulq-odob qoidalarini
egallashda bo‘lsin, xoh shirinsuxanlikda, she’riyatda bo‘lsin, faol
qatnashadi. Uning bu aqidasi, ya’ni aqliy bilishga tayanishi ilm-fan,
ma’rifat, ta’lim-tarbiya va axloq masalalarini talqin etishida ko‘proq
namoyon bo‘ladi.
Davoniy shuning uchun ham bolalarga ta’lim-tarbiya berishda aqliy
tarbiyaga katta o‘rin beradi. Ilm kishilami yomon odatlardan, razil
ishlardan saqlaydi, ilm bilan shug‘ullanish har bir inson uchun hech
qachon kech bo‘lmaydi, deydi Davoniy. Aflotundan: «Qancha
vaqtgacha ta’lim olish va ilm o‘rganish yaxshi?- deb so‘rabdilar. U:
nodonlikning va johillikning ayb ekanligi qay vaqtgacha bo‘lsa, ilm
o‘rganish o‘sha vaqtgacha yaxshidir'» - deb javob bergan ekan.
Davoniy olimlaming jamiyatda, davlatni boshqarishda tutgan
o‘miga katta ahamiyat beradi, uning fikriga ko‘ra haqiqiy olim davlat
ishlarida faol qatnashishi, jamiyatga foyda keltiradigan murakkab
Do'stlaringiz bilan baham: