«Oila qurish va uni mustahkamlash uchun, ~ deydi ibn Sino, - maium
darajada moddiy ne’matlarga ega boiishi kerak. Bu moddiy ne’matlar
halol mehnat bilan topilgan boiishi shart». Er-xotin o6rtasidagi nikoh
o6zaro hurmat va chinakam sevgiga asoslanmogi lozim, deydi. Shu
munosabat bilan u erkak oila boshlig6i? oilaning barcha talablarini
qondirish esa uning burchi ekanligini ta’kidlab, erkak kishi oldiga
quyidagi talablami qo6yadi: 1) er shunday bo ‘lishi kerakki, uni xotini
hamisha hurmat qilsin; 2) u dinga e ’tiqod qilsin va vijdonli bo‘Isin; 3)
xotiniga nima va ’da bersa, albatta uni bajarsin.
Shuningdek, ibn Sino ayol esa erkakning eng munosib umr y o ‘ldoshi
va bola tarbiyasida ham, oiladagi boshqa ishlarda ham erining eng
yaqin yordamchisi va merosxo ‘ri ekanligini ta ’kidlab, xotinlar quyidagi
xususiyatlarga ega bo ‘lishi kerakligini uqtiradi: 1) xotin kishi bilimli
bo ‘Isin; 2) dinga e ’tiqodli bo ‘Isin; 3) uyatchan, sharm-hayoli; 4)
tabiatan jasur va sabr-toqatli; 5) o ‘z erini qattiq sevishi; 6) tuglsh va
bola tarbiyasi haqida o ‘ylashi; 7) ezma bo ‘Imasligi; 8) o ‘z eriga
bo‘ysunishi; 9) to ‘g ‘riso‘z, kamtar va farosatli bo lishi kerak; 10) u
hech vaqt o ‘z sha ’niga dog‘ tushirmasin; 11) eri bilan ehtiyotkor bo‘lib,
uning hurmatini joyiga qo ‘yib muomala qilishi shart; 12) u o ‘z vazifasi
va burchini yaxshi bilsin; 13) xotin ro(zg ‘ordagi narsalardan to‘g ‘ri,
tejamkorlik bilan foydalana bilsin; 14) u o ‘z xulq-atvori va yaxshi
fazilatlari bilan eridagi kamchiliklami y o ‘qotishi kerak.
Shu tariqa ibn Sino er-xotin zimmasiga o6ta murakkab va hayotiy
vazifalami yuklaydi. Ayniqsa, oila boshligi oldiga katta talablami
qo6yadi. Agar oila boshligi tajribasizlik, no6noqlik qilsa, u oila
a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda yomon natija kelib
chiqishi mumkin. «Oiladagi yomon tarbiya, - deb uqtiradi olim, - faqat
shu oilaning o6zigagina salbiy ta’sir qilib qolma$dan, balki boshqa
oilalarga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin»,
Ibn Sino ko6rsatadiki, shart-sharoitning qanday boiishidan qafi
nazar, bola tarbiyasi ota-onalaming asosiy burchi va vazifasidir. Ota-ona
davlat boshligimi yoki jamiyatning bir fuqarosimi, unisidan qati nazar
bola tarbiyasi masalasida ularga bir xil talab qo6yiladi. Davlat boshligi
va boshqa katta mansabli kishilar ham oila tarbiyasi masalasida
boshqalarga o6mak ko6rsatishi kerak. Shuning uchun ham ibn Sino
oddiy xalq oilani boshqarishda ham, bolalami tarbiyalashda ham davlat
boshlig6idan namuna olishi kerak. Davlat boshlig6ining eng yaxshi
fazilatlariga ega bo6lishini talab qiladi, uni xushmuomalali, adolatli va
oilaparvar bo6 lishga chaqiradi.
Ibn Sino shuni ham alohida uqtiradiki, oila a’zolarining hammasi
o‘z kuchi va qobiliyatiga qarab ijtimoiy-foydali mehnatning biror turi
bilan shug‘ullanishi zarur, biror kishi sababsiz bekor yurmasin: «Kishi
boshqa kishilaming ehtiyojini qondirish uchun yashaydi, mehnat qiladi,
o‘z navbatida boshqalar ham xuddi shunday. Birov ko‘chat o‘tqazadi,
birov oziq-ovqat tayyorlaydi, birov kiyim-kechak va boshqa birov yana
boshqa xil, ko‘pchilik uchun zarur bo‘lgan yumushni bajaradi. Shunday
qilib, jamiyatda har bir kishi jamiyat a’zolari uchun foyda keltiradigan
ish bilan mashg‘ul bo‘ladi...».
Ibn Sinoning ta’kidlashicha, mehnatsiz hayot kechirish oqibatida
jamiyatga ham moddiy, ham ma’naviy zarar yetkaziladi. Shu bois ham u
uqtiradiki: «Biz amaldorlar, o‘ziga tinch oila farzandlarining
ozmunchasini uchratmadikki, ular ota boyligi, davlatiga mag‘rur bo‘lib,
bir kasb-korni o‘zlashtirishga kirishgan bo‘lsin va shu yo‘sinda o‘z
ma’naviy takomiliga erishgan bo‘lsin».
Ayni choqda ibn Sino bekorchilik-o‘g‘irlik, qimorbozlik,
ichkilikbozlik, giyohvandlik, fohishalikni keltirib chiqaradi, degan
xulosaga keladi. Ayniqsa, u ichkilikbozlikning zarari haqida to‘xtalib,
bu barcha yomonliklar va jinoyatlaming sababchisidir, deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: