talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat, el-yurt uchun xizmat
qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb bilgan. Forobiy
pedagogik taiimotining asosida axloqiy go‘zal, mustaqil fikrlovchi,
barkamol insonni shakllantirish masalasi yotadi.
Insonning kamolga yetishida ham aqliy, ham axloqiy tarbiyaning
zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy orzu qilgan
taiim va tarbiya birligi hozirgi davrimizda ham yoshlami tarbiyalashda
katta ahamiyatga egadir.
Forobiy «Aql ma’nolari
to ‘g ‘risida», «Baxt-saodatga erishuv
to ‘g ‘risida» asarlarida yoshlaming bilimiga boigan intilishlarini har
tomonlama keng yoritishga harakat qiladi: «Kishi biror buyum haqida
bilishni istasa, uning qandaydir bir holatini biladi, ongini o6sha predmet
shaklidagi bilimga yo‘naltiradi. Bu o‘zi intilgan haqiqatni qidirish
demakdir». Forobiyning bilish to4g‘risidagi nazariy asoslarini, xususan,
mantiq fanida bilish jarayoni va bilish shakllarining mohiyati birinchi
marta ochib berildi. Bu jarayonlar mantiqda unga rioya qilish tafakkurini
takomillashtirish va murakkab bilish jarayonida qo‘pol xatolaming
oldini olish qonunlari sifatida aks etadi.
Forobiy fikrlash faoliyatini faollashtirishning didaktik tamoyillari
va metodlarini asoslab berdi. Unga o‘qitishning amaliy yo‘nalganligi;
nazariy bilimlar uzluksizligi va bilish metodlari; mantiqiylik va uzviylik
hukm metodlari va usullari; induksiya va deduksiya metodlari kiradi.
Forobiy tomonidan ishlab chiqilgan fanlar tasnifi ilmiy bilimlar
g‘oyasining rivojlanishini ta’minlaydi. U shunday yozadi: «Fanlar
tasnifi insonga zarur, foydali, tugallangan, haqqoniy, kuchli hamda qaysi
birlari u qadar zarur emas va kuchsizroq, shuningdek, o6rganish uchun
nimadan boshlash, xususan, nimani o‘rganish, nima yaroqli, qaysi biri
yaroqsiz va qay darajada uni egallashga yordam beradi. Shunday qilib,
uning fanga boigan munosbati krlikka, nodonlikka emas, balki bilim
egallash va nodonlikka kurashga asoslanadi».
Forobiy tomonidan asoslangan pedagogik taiimot o6zida quyidagi
asosiy g6oyalami ifodalaydi:
- ma’naviy tarbiyani tashkil etish va shaxsda aqliy sifatlami
tarbiyalash uning kamolotga erishishini kafolatlaydi;
- odob tarbiyalanuvchi qiyofasida namoyon bo6luvchi axloqiy
xislatlaming eng asosiysi bo6lib, insonda oliyjanob sifatlarni
tarbiyalashda asos bo6lib xizmat qiladi. Shaxsda odob ko6nikmalarini
shakllantirishda ularga inson xulqi va odobini muhim ma’naviy ~
253
axloqiy sifatlar ekanligini hayotiy misollar yordamida yoritib berish
muhim ahamiyatga ega;
- tarbiyalanuvchida irodaning hosil bo‘lishi atrof-muhit hamda
tarbiyaviy faoliyat mazmunigako‘pjihatdanbog‘liq.
Abu Nasr Forobiy ta’lim-tarbiya samaradorligini yuqori baholagan
pedagogik, didaktik tamoyillar, ta’lim-tarbiya shakllari va usullari
quyidagilar:
- ta’limning ilmiyligi va amaliy ahamiyatga egaligi;
- tizimliligi, mantiqiyligi va ketma-ketligi;
- hayot bilan bog‘liqligi;
- tushunarli bo‘lishi;
- kuzatish va tajribalar;
- dialektik, isbotli, tortishuvli, ritorik va she’riy mulohaza yuritish
usullari;
- induksiya va deduksiya usuli;
- mashqlami bajarish, takrorlash va h.k.
Shunday qilib, Forobiyning ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi teran
fikrlari, ibratli mulohazalari hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini
yo‘qotgan emas.
Sharqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va pedagogik
fikrlarining eng mashhur namoyondalaridan Abu Ali al-Husayn ibn
Abdulloh ibn Sino (980-1037) ta’lim-tarbiya masalariga jiddiy va
ijodiy yondoshgan. Olimning bolani tarbiyalash va o‘qitish haqidagi
pedagogik - psixologik qarashlari o‘zining chuqurligi, insonparvarligi va
teranligi bilan kishini hayratda qoldiradi.
Ibn Sino «Risolat at-tayr»
Do'stlaringiz bilan baham: