Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

fanning turli tarmoqlari va falsafaning turli bo ‘limlari sohasida asarlar 

yozishda  tiyilmas  edilar.  Bu  bilan  ular  o ‘zlaridan  keyin  keladiganlarni 

nazarda  tutardilar  va  bular  tomonidan  o ‘zlaricha  (sarf  qilingan) 

kuchlariga munosib mukofot bo ‘lar degan  umid tutardilar hamda shon- 

sharaf  va  yod  tutish  bilan  mukofotlanardilar,  rostgo ‘y   lablardan 

maqtovlar  aytiladi  deb  ishonardilar.  Chunki  ular  fanning  maxfiy 

sirlarini  ochish  uchun  o ‘z  bo‘yinlariga  olgan  qiyinchiliklar  va 

mehnatlarini  bunga  arzimas  deb  biladilar.  Ulardan  biri  o ‘zidan 

awalgilar qila olmagan ishlarni amalga oshirishda boshqalaridan o ‘zib 

ketadi  va  uni  o ‘zidan  keyin  keluvchilarga  meros  qilib  qoldiradi. 

Boshqasi  o ‘zidan  awalgilarning  asarlarini  sharhlaydi  va  bu  bilan 

qiyinchiliklami  osonlashtiradi,  yopiqni  ochadi,  yo ‘Ini  yoritadi  va  uni 

tushunarliroq  qiladi.  Yoki  bu ayrim  kitoblarda nuqsonlar topadigan  va 

sochilib yotganni to ‘playdigan odam bo ‘lib,  uo  ‘zidan awalgilar haqida 

yaxshi  fikrda  bo‘ladi,  takabburlik  qilmaydi  va  o ‘zi  qilgan  ishidan 

mag‘rurlanmaydi».  Mutafakkiming  bu  so‘zlarini  ilk  o‘rta  asr  davrida 

olimlar va tadqiqotchilar uchun umumiy  deb eion qilgan axloq qoidasi



245


(me’yori)  deb  qarash  mumkin.  Awalo,  buyuk  olimning  bunday  axloq 

dasturi  uning  dunyoqarashini  belgilab  beradi.  Shuning  uchun  boisa 

kerak, u o6z hayotini insoniyat baxt-saodatiga bagishlaydi.

Al-Xorazmiyning 

tabiiy-ilmiy, 

ma’rifiy-pedagogik 

qarashlari 

algebra fanining kelib chiqishi va unga bagishlab asar yozishi  sababini 

bayon  etishda  ham  aniq  ko‘rinadi:  «...men  arifmetikaning  oddiy  va 

murakkab  masalalarini  o ‘z  ichiga  oluvchi  «Aljabr  va-al-muqobala 

hisobi  haqida  qisqacha  kitobmi  ta ’lif  qildim,  chunki  meros  taqsim 

qilishda/ vasiyatnoma  tuzishda,  mol  taqsimlashda  va  adliya  ishlarida, 

savdoda  va  har  qanday  bitimlarda,  shuningdek,  yer  o ‘lchashda, 

kanallar  o ‘tkazishda,  handasa  va  boshqa  shunga  o ‘xshash . turlicha 

ishlarda  kishilar  uchun  bu  zarurdir».  Demak,  al-Xorazmiyning  bu 

so‘zidan ravshanki, risola hayot taqozosi tufayli vujudga kelgan.

Al-Xorazmiyning  ilmiy jasorati,  bashariyat  oldidagi  buyuk xizmati 

shundaki,  u  o‘z  asarlari  bilan  zamonasining  buyuk  matematik,  mohir 

geodezist,  ajoyib geograf, zabardast astronom, yetuk tarixnavis olimi va 

murabbiysi sifatida tabiiy-ilmiy fanlar, yosh avlod kamoloti va tafakkuri, 

ilm-fan ravnaqi uchun xizmat qildi,  insoniyatning ma’rifiy yuksalishiga 

katta hissa qo‘ shdi.

Allomaning  asarlari  nazariy-amaliy  ishlar  bilan  uzviy  bogiangan 

o‘rta  asrlar  riyoziyotining  ajoyib  namunasidir.  Hayotda  tabiiy  kuchlar 

bilan  kurashda  insonga  ko‘maklashish,  uning  og‘irini  yengil  qilish  al- 

Xorazmiy  asarlarining  asosiy  maqsadidir.  Uning  «arifmetikasi»  va 



«algebrasi»  hammaga  birdek  qoilanma  boigan  va  hamon  kishilarga 

xizmat  qilib  kelmoqda,  jahondagi  hamma  maktablarda  arifmetika  va 

algebra  ofirgatiladi.  Hisoblashning  har  xil  mashinalari,  jumladan, 

elektron  hisoblash  mashinalari  al-Xorazmiy  tamoyillari  asosida  xalq 

xo‘jaligiga xizmat qilmoqda.

Al-Xorazmiyning  qomusiy  ilm  tizimi  jahon  ma’rifat  ko‘zgusidagi 

mo‘jizalar  lavhasi  boiib,  uni  hozirgi  va  kelgusi  avlodga  targib  qilish 

muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu bilan Sharq xalqlari  o‘zligini 

anglashga yaqindan yordam beradi.

Muhammad al-Xorazmiyning «Al-kitob al-muxtasarfi-hisob al-jabr 



va-l-muqobala» asari fiqh ilmi taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. Alloma 

mazkur  asami  yozilishi  sababini  quyidagicha  bayon  etadi:  «...men 



arifmetikaning  oddiy  va  murakkab  masalalarini  o ‘z  ichiga  oluvchi 

«Aljabr  va-l-muqobala  hisobi  haqida  qisqacha  kitob»ni  ta ’lif qildim, 

chunki meros  taqsim  qilishda,  vasiyatnoma  tuzishda,  mol taqsimlashda 

va adliya ishlarida,  savdoda va har qanday bitimlarda,  shuningdek, yer

246



o ‘lchashda,  kanallar o ‘tkazishda,  handasa  va  boshqa  shunga  o ‘xshash 

turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir».

Demak,  Muhammad  al-Xorazmiyning  bu  asardan  asosiy  maqsadi 

musulmon  huquqiga  qat’iy  amal  qilgan  holda  merosxo‘rlar  o‘rtasida 

mulkni  taqsimlash  masalasini  nazariy  va  amaliy  jihatdan  yoritishga 

qaratilgan.  Bu murakkab  masalani  sof arifmetik usulda hal  qilish qiyin 

bo‘lganligi  sababli,  obyektiv  ravishda  algebraik  usulni  qo‘llaydi  va 

algebraning asosiy bo‘limi -  tenglamalami meros taqsimlashga mohirlik 

bilan  tatbiq  qiladi.  Garchi  al-Xorazmiydan  avval  meros  taqsim  qilish 

masalasi  bilan  Bobil,  Misr  va  yunonlar  shug‘ullangan  bo‘lsalar-da,  al- 

Xorazmiy  bu  masalani  musulmon  huquqi  asosida  meros  taqsim 

qilishning  nazariy  va  amaliy  asoslarini  birinchi  bo‘lib  ko‘rsatadi. 

Shuning  uchun  ham  Muhammad  al-Xorazmiyni  meros  taqsim  qilish 

nazariyasi va amaliyotining asoschisi deyishimiz mumkin.

Darvoqe,  Muhammad  al-Xorazmiy  «Al-kitob  al-muxiasar fi-hisob 



al-jabr  va-l-muqobala»  asarining  oxirgi  qismini  «Vasiyatlar  kitobi» 

nomi  bilan  ataydi  va  bu  qism  hajm  jihatidan  asaming  beshdan  ikki 

qismini tashkil qiladi. Bu qismda, o‘z zamonasining kundalik talablariga 

va musulmon huquqiga qat’iy amal qilgan holda, merosxo‘rlar o‘rtasida 

mulkni taqsim qilishga doir bir necha bobda turli nomlar bilan murakkab 

masalalar  beriladi.  Masalalar  shartiga  ko‘ra,  tenglama  tuzishda  hech 

qanday  belgi  va  ramz  ishlatilmaydi  va  uni  yechish  qoidasi  so‘z  orqali 

bajariladi. Biz quyida ana shunday meros taqsim qilishga doir murakkab 

masalalami  ikki-uchtasini  yechish  namunalarini  izohlari  bilan  kelti- 

ramiz:


1-masala.  Vafot  etgan  kishidan  ikki  o‘g‘il  qolgan  va  u  molining 

uchdan  birini  boshqa  odamga  vasiyat  qilgan.  U  naqd  o‘n  dirham  va 

o ‘g‘illaridan birining  (ulushiga  teng) qarzga bergani  qoldirgan.  Qoidasi 

bunday:  Qarzdan  olinadigan  narsa  deb  qabul  qil  va  uni  naqdiga,  ya’ni 

o‘n  dirhamga  qo‘sh.  0 ‘n  va  narsa  hosil  bo‘ladi.  Bundan  uchdan  birini 

ayir, chunki u molining uchdan birini vasiyat qilgan, bu uch -  u uchdan 

bir  dirham  va  narsaning  uchdan  biri.  Olti-yu  uchdan  ikki  dirham  va 

narsaning uchdan ikkisi qoladi.  Buni  o‘g'illar orasida taqsimla.  Shunda 

har  bir  o‘g‘ilning  ulushi  -   uch  -   u  uchdan  bir  dirham  va  narsaning 

uchdan biridir. Bu olinadigan narsaga teng. Shu yerda narsaning uchdan 

birini  narsaning  uchdan  biriga  ro‘para  qo‘y.  Qolgani  uchdan  ikki 

dirhamga  teng  uch  dirham  va  narsaning  uchdan  ikkisidir.  Sen  narsani 

to‘ldirishga muhtojsan  (bunga uning yarmiga tengini  qo‘sh va uch -  u

247



uchdan  birga  uning  yarmiga  tengini  qo‘sh,  besh  dirham  hosil  bo‘ladi. 

Mana shu narsa bo‘lib), u qarzdan hosil bo‘ladi.

1-  izoh.  Agar  qarzga  berilgan  X  desak,  butun  mol  10+X  bo‘ladi. 

Ikkala  o‘g‘ilga  va  vasiyat  qilinganga  tegadigan  ulushlaming  har  biri 




Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish