Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

1
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-y. 21-dekabr 275-son Qarori bilan tasdiqlangan ―Xalq 
ta‘limi xodimlariga haq to‘lash to‘g‗risida‖gi Nizomga muvofiq. 
2
―Umumta‘lim muassasalari o‘qituvchilarini tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo‘yicha metodik 
ko‘rsatmalar‖ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirligining 2006-y. 5-yanvardagi 03, 01/23-sonli qo‘shma buyrug‗iga ilova. 


204 
Bazaviy tarif stavka quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 

yagona tarif setkasi asosida aniqlangan tarif stavkasini; 

qonun bilan belgilangan tarif stavkasiga o‗rnatilgan doimiy ustama va 
qo‗shimchalarni;

pedagog va rahbar xodimlarning alohida toifalari ish haqiga kompensatsion 
to‗lovlarni. 
Pedagog xodimlar bazaviy tarif stavkalari: 

xodimning lavozimiga; 

xodimning malaka toifasiga; 

ta‘lim muassasasining tipiga bog‗liq ravishda tabaqalashtirilgan bo‗ladi. 
Xalq ta‘limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, 
Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 
tomonidan birgalikda tasdiqlangan ―Pedagogik va rahbar xodimlarni 
attestatsiyadan o‗tkazish va malaka toifalarini berish tartibi to‗g‗risidagi Nizom‖ga 
muvofiq, xalq ta‘limi xodimlariga quyidagi malaka toifalari berilishi mumkin: 

o‗rta maxsus, kasbiy (pedagogik yoki bajarilayotgan lavozim vazifalariga 
muvofiq bo‗lgan) ma‘lumotga ega bo‗lgan, 
toifasiz xodim


bakalavr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo‗yicha akademik darajalar 
joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan 
mutaxassis


bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo‗yicha akademik 
darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan 
ikkinchi toifali 
mutaxassis


bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo‗yicha akademik 
darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan 
birinchi toifali 
mutaxassis


bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo‗yicha akademik 
darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan 
oliy toifali 
mutaxassis

Maktab pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining aniq miqdori 
hukumatning maxsus qarorlari bilan tasdiqlanadigan xalq ta‘limi muassasalari 
pedagog xodimlariga haq to‗lashning tarmoq tarif setkasi asosida o‗rnatiladi.
Pedagog xodimlar tarif stavkasiga qonun bilan o‗rnatilgan 
doimiy ustama va 
qo„shimchalar 
quyidagilardan iborat: 

sinfga rahbarlik qilganligi uchun; 

daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Xalq ta‘limi xodimlari 
mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 
2005-yil 21-dekabr 275-son Qaroriga muvofiq, mazkur ustamalar miqdori: sinf 
rahbarligi uchun – eng kam ish haqining 100 foizi hajmida, daftar va yozma 
ishlarni tekshirganlik uchun – eng kam ish haqining 50 foizi hajmida belgilangan 
edi. Lekin O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―2013-yil uchun O‗zbekiston 
Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozlari va davlat byudjeti 
parametrlari to‗g‗risida‖gi PQ-1887-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 275-


205 
son Qaroriga bu borada tegishli o‗zgarishlar kiritildi. Ushbu o‗zgarishlarga ko‗ra, 
umumta‘lim muassasalari o‗qituvchilariga eng kam ish haqiga nisbatan 
o‗rnatiladigan quyidagi qo‗shimchalar belgilanadigan bo‗ldi: 
a) sinf rahbarligi uchun sinfdagi o‗quvchilar soniga ko‗ra: 15 nafargacha 
bo‗lsa – 50 foiz; 16 dan 20 nafargacha bo‗lsa – 60 foiz; 21 dan 25 nafargacha 
bo‗lsa – 70 foiz; 26 dan 30 nafargacha bo‗lsa – 80 foiz; 31 va undan yuqori bo‗lsa 
– 100 foiz; 
b) daftar va yozma ishlarni tekshirganligi uchun – 50 foiz, sinflarda 
o‗quvchilar soni 15 nafargacha bo‗lsa – 25 foiz. 
Bu to‗lovlar shu maqsadlar uchun maxsus ajratiladigan byudjet mablag‗lari 
hisobidan amalga oshiririladi. 
Bundan tashqari, pedagog xodimlar oylik lavozim okladiga (Vazirlar 
mahkamasining 275-son qarori bilan tuzilgan) umumta‘lim muassasalarining 
o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarini rag‗batlantirishning Direktor jamg‗armasidan 
to‗lanadigan ustamalar kiradi. Bu ustamalar xodimlarga: 

o‗quvchilar bilan tarbiyaviy ishlar va sinfdan tashqari ishlarni olib 
borishning yuksak darajasi uchun – tegishli malaka toifasidagi o‗qituvchining 
bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 
15 foizgacha
bo‗lgan miqdorda; 

kasbiy mahorati va ta‘lim jarayoniga qo‗shgan aniq hissa, yuqori 
samaradorlik va o‗qitish sifati uchun – tegishli malaka toifasidagi o‗qituvchining 
bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 
25 foizgacha
bo‗lgan miqdorda belgilanadi. 
Direktor jamg‗armasi hisobidan to‗lanadigan har oylik ustamalar va boshqa 
rag‗batlantirish turlarini tayinlash hamda ustama va mukofotlar hajmini belgilash 
tartibi, rag‗batlantirish va mukofotlash uchun xodimlar faoliyatini baholash 
mezonlari, o‗rnatilgan ustamalarning amal qilish muddatlari, jamg‗arma hisobidan 
amalga oshiriladigan to‗lovlarni soliqqa tortish tartibi va Direktor jamg‗armasining 
amal qilish shart-sharoitlarini belgilab beruvchi boshqa tartib-qoidalar O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-son Qarori bilan 
tasdiqlangan ―Umumta‘lim maktablarining o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarini 
rag‗batlantirishning Direktor jamg‗armasi to‗g‗risidagi Nizom‖da batafsil aks 
ettirilgan. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish