Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

N = (N
1
*8 + N
2
*4) / 12 yoki N = (2N
1
 + N
2
) / 3 
(15.2.) 
Bunda: 
N - sinf pog‗onalari bo‗yicha o‗quvchilarning o‗rtacha yillik soni
N


rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar holatiga sinf pog‗onalari bo‗yicha 
o‗quvchilar soni 
N


rejalashtirilayotgan yilning 1-sentyabr holatiga sinf pog‗onalari 
bo‗yicha kutilayotgan o‗quvchilar soni 
8, 4, 12 – oylar soni. 
Byudjet xarajatlarini rejalashtirishda byudjet yili ta‘lim muassasalaridagi 
o‗quv yili bilan mos kelmaganligi bois, o‗quvchilar kontingentini aniqlovchi asosiy 
ko‗rsatkichlarning o‗rtacha yilligi hisoblanadi. O‗quvchilarning o‗rtacha yillik 
sonini hisoblashda rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar va 1-sentyabr holatiga 
bo‗lgan o‗quvchilar soni aniqlanadi: maktablarda 1-yanvardan to yangi o‗quv yili 
boshlanguniga qadar o‗quvchilarning o‗tgan yildan o‗tuvchi soni (8 oy davomida), 
1-sentyabrdan boshlab esa – o‗tgan o‗quv yilida o‗qishni bitirgan va yangi o‗quv 
yilida qabul qilinganlarni hisobga olgan holda aniqlangan o‗quvchilar soni amal 
qiladi (4 oy davomida). 
Masalan,
agar yil boshiga maktabdagi o‗quvchilar soni 500 nafar, 1-sentyabrda esa 650 nafar 
bo‗lishi kutilayotgan bo‗lsa, u holda o‗quvchilarning o‗rtacha yillik soni quyidagicha 
aniqlanadi: 
( ) ( )
 
Umumta‘lim muassasasi byudjetining umumiy hajmini aniqlash 
formulasidagi bazaviy xarajatlar normativlari va tuzatuvchi koeffitsientlar har 
moliyaviy yil uchun ishlab chiqiladi va ―Bazaviy xarajatlar me‘yorlari hamda 
ularga tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‗llash asosida umumta‘lim maktablari 
budjetini hisoblash bo‗yicha Nizom‖ning tegishli ilovalarida keltiriladi (bu 
me‘yorlar va koeffitsientlar viloyatlar bo‗yicha, har bir viloyatda - ta‘lim 
pog‗onalari bo‗yicha, uyda ta‘lim oluvchilar bo‗yicha va maktab qoshidagi 
internatlar bo‗yicha bir-biridan farq qilishi mumkin, bu tegishli hududlardagi tovar 
va xizmatlar narxidagi farqlarga bog‗liq). 
Umumta‘lim maktablarida bir o‗quvchiga bazaviy xarajatlar me‘yorlari 
tarkibiga quyidagi xarajat turlari kiritilgan:

O‗zbekiston Respublikasining amaldagi me‘yoriy hujjatlariga muvofiq, 
pedagogik xodimlar, boshqaruv va o‗quv-yordamchi xodimlar mehnatiga haq 


201 
to‗lash bilan bog‗liq xarajatlar, xodimlarni moddiy rag‗batlantirish Direktor 
jamg‗armasi, yagona ijtimoiy to‗lov; 

asosiy faoliyatidan ajralgan holda malaka oshirish kurslariga yuborilgan 
pedagog xodimlarning o‗rniga ishlovchi pedagoglarga haq to‗lash bilan bog‗liq 
xarajatlar; 

umumta‘lim muassasalarini saqlash bilan bog‗liq boshqa xarajatlar 
(kommunal xizmatlarni to‗lash, joriy ta‘mirlash, materiallar solib olish va b.). 
Ayrim 
turdagi xarajatlar bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga 
kiritilmasdan muassasa byudjetida alohida ko‗zda tutilishi mumkin. Masalan, turli 
yillarda bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritilmagan: 

ko‗mir sotib olish va tashib keltirish; 

―Ziyo-net‖ ta‘lim tarmog‗iga ulanish va undan foydalanganlik uchun oylik 
abonentnik to‗lovi; 

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 
33-sonli ―Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‗naltirilgan 
tarzda qo‗llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo‗ljallangan Dasturini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qaroriga muvofiq markaziy davriy 
nashrlarga obuna bo‗lish xarajatlari; 

o‗quv-laboratoriya sinflari uchun materiallar sotib olish; 

barcha turdagi kommunal xizmatlar iste‘moli hisoblagichlarini sotib olish va 
o‗rnatish; 

kuzgi-qishki mavsumda uzluksiz ishlashni ta‘minlash bilan bog‗liq 
ta‘mirlash ishlari, shu jumladan, isitish qozonlarini almashtirish va o‗rnatish. 
Yuqorida sanab o‗tilgan xarajatlar muassasalarga manzilli ro‗yxatlar asosida 
har bir ta‘lim muassasasining ehtiyojiga ko‗ra, xalq ta‘limi hududiy organlari va 
moliya organlari tomonidan tasdiqlanadigan ro‗yxat asosida ajratiladi. 
Bundan tashqari, qonun tomonidan alohida iqlim sharoitlari uchun ish 
haqiga hududiy koeffitsientlar o‗rnatilgan hududlarda joylashgan umumta‘lim 
maktablari smetalarida bazaviy xarajatlar me‘yorlari bo‗yicha aniqlangan 
mablag‗larga qo‗shimcha ravishda bu to‗lovlarni o‗rnatilgan tartibda to‗lash uchun 
mablag‗lar ko‗zda tutiladi. 
Bir o‗quvchiga moliyalashtirish me‘yorini hisoblashda viloyatlar bo‗yicha, 
har bir viloyatda – maktablarning masshtabi (ulardagi o‗quvchilar soniga ko‗ra 
katta-kichikligi) va maktabni isitish tizimiga ko‗ra bir-biridan farq qiladigan 
quyidagi tuzatuvchi koeffitsientlar ishlatiladi: 

maktab masshtabi koeffitsienti; 

markaziy yoki gazli isitish tizimiga ega maktablar uchun koeffitsient. 
Kuni uzaytirilgan guruhlar(KUG)ni saqlash xarajatlari bunday guruhlar 
(bunda KUGdagi o‗quvchilar soni 25 tadan kam bo‗lmasligi kerak) mavjud 
bo‗lgandagina hisob-kitob qilinadi. KUGdagi bir o‗quvchiga bazaviy xarajat 
me‘yoriga KUGga qatnaydigan kam ta‘minlangan oilalardan chiqqan o‗quvchilarni 
ovqatlantirish xarajatlari kiritilgan bo‗lib, ularning soni KUGga qatnovchi 
o‗quvchilar sonining 15 foizidan oshmasligi kerak. 


202 
Nogiron bolalarga uyda dars beruvchi o‗qituvchilarga ish haqi to‗lash 
(yagona ijtimoiy to‗lovni ham hisobga olgan holda) va yo‗l haqi qiymatiga oylik 
kompensatsiya to‗lash xarajatlari ushbu maktabda bu toifadagi o‗quvchilar bo‗lgan 
taqdirda ularning o‗rtacha yillik sonini uyda o‗qitish bazaviy xarajat me‘yoriga 
ko‗paytirish yo‗li bilan hisoblanadi. 
Maktab qoshidagi internatda yashaydigan bir o‗quvchiga bazaviy xarajat 
me‘yori maktabdan ancha uzoqda yashagani uchun umumta‘lim maktabi qoshida 
yashovchi bolalarning yashashi uchun mo‗ljallangan internat mavjud bo‗lganda 
qo‗llaniladi. Bunda maktab qoshidagi internatda yashovchi bir o‗quvchiga bazaviy 
xarajat me‘yori maktab-internatdagi bolalarni saqlash uchun qonun bilan 
o‗rnatilgan to‗lov miqdorini va maktab-internatda yashovchi o‗quvchilar 
kontingentining 15 foizdan ko‗p bo‗lmagan qismini ushbu to‗lovdan ozod qilishni 
hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. 
Xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini tuzish va pedagogik xodimlarni 
tarifikatsiyalash umumta‘lim maktabining rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri) 
bilan birga qat‘iy o‗rnatilgan tartibda va hajmlari bazaviy xarajat me‘yorlari 
asosida aniqlangan mablag‗lar doirasida amalga oshiriladi. 
Ish haqi xarajatlarini rejalashtirish. Ta‘lim tizimida jon boshiga 
moliyalashtirish amaliyoti umumta‘lim muassasalari faoliyatining so‗nggi 
natijalariga qaratilgan bo‗lib, mamlakat miqyosida milliy darajada amalga 
oshirilayotgan boshqa tashabbuslar (masalan, ta‘lim tizimi xodimlari ish haqlarini 
oshirish, 
ularni 
rag‗batlantirish 
mexanizmlarini 
takomillashtirish) 
bilan 
uyg‗unlikda ta‘lim xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirishga turtki 
bo‗lmoqda. 
Bugungi kunda maktab faoliyatida muhim bo‗lgan masalalardan biri – 
pedagog va pedagog bo‗lmagan boshqa xodimlarga haq to‗lash masalasi qator 
me‘yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bular: 

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-noyabrdagi ―Xalq 
ta‘limi xodimlari mehnatiga haq to‗lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy 
rag‗batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-227-son qarori; 

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Xalq talimi xodimlari 
mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 
2005-yil 21-dekabr 275-son Qarori; 

Xalq ta‘limi vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish 
vazirligining 2005-yil 26-dekabrdagi №315/№4984-sonli qo‗shma buyrug‗i bilan 
tasdiqlangan ―Umumta‘lim maktablari o‗qituvchilari va rahbar xodimlari 
yuklamasini aniqlash va taqsimlash bo‗yicha yo‗riqnoma‖; 

O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 5-yanvardagi 03, 01/23-sonli 
qo‗shma buyrug‗i bilan tasdiqlangan ―Umumta‘lim muassasalari o‗qituvchilarini 
tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo‗yicha metodik ko‗rsatmalar‖; 

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-dekabr 275-
son Qarori bilan tasdiqlangan ―Umumta‘lim muassasalarining o‗rnak ko‗rsatgan 
xodimlarini rag‗batlantirishning Direktor jamg‗armasi to‗g‗risida nizom‖. 


203 
Byudjet amaliyotida xalq ta‘limi muassasalari, shu jumladan, umumta‘lim 
maktablari xodimlari mehnatiga haq to‗lash xodimlarni tarifikatsiya qilish asosida 
amalga oshirilib, uning natijasiga ko‗ra tarifikatsiya ro‗yxati tuziladi. Tarifikatsiya 
ro‗yxati quyidagi ko‗rsatkichlarni aks ettiradi: 

o‗qituvchilarning nasl-nomasi; 

malaka toifasi; 

ma‘lumoti va u haqidagi hujjat ma‘lumotlari; 

dars beradigan fanlari; 

qaysi sinflarda dars berishi (boshlang‗ich, yuqori); 

oylik lavozim okladi (bazaviy tarif stavkasi); 

o‗quv va pedagogik soatlar soni; 

asosiy ish haqiga qo‗shimcha va ustamalar. 
O‗qituvchilar tarifikatsiya ro‗yxati Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 5-yanvar 03, 01/23-sonli 
qo‗shma buyrug‗i bilan qabul qilingan ―Umumta‘lim muassasalari o‗qituvchilarini 
tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo‗yicha metodik ko‗rsatmalar‖ 
asosida tuziladi.
O‗qituvchining umumiy yuklamasi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-son Qarori bilan tasdiqlangan ―Xalq 
ta‘limi xodimlariga haq to‗lash to‗g‗risidagi Nizom‖ asosida aniqlanadi. Umumiy 
yuklama o‗quv va pedagogik yuklamalardan iborat bo‗lib, bir yilga 1548 soatni 
tashkil etadi
1

O‗quv yuklama me‘yori boshlang‗ich sinflarda 18 soatni, yuqori sinflarda 20 
soatni tashkil qiladi. Shuning uchun pedagogik stavkalar soni boshlang‗ich va 
yuqori sinflar bo‗yicha alohida hisoblanadi.
Pedagogik yuklama o‗rnatilgan o‗quv yuklamasiga praporsional ravishda 
boshlang‗ich sinflarda 1,0 va yuqori sinflarda 0,8 koeffitsientlarni qo‗llash orqali 
aniqlanadi. (Namunaviy reja bo‗yicha o‗qituvchining umumiy oylik yuklamasi 
154,8 soatni tashkil etadi. Haftalar soni bir oyda 4,3 hafta hisobida belgilangan. 
Boshlang‗ich sinf o‗qituvchisining 1,0 stavkasi uchun haftalik umumiy yuklamasi 
36 soatni tashkil etadi, shundan o‗quv yuklamasi – 18 soat, pedagogik yuklama – 
18 soat, yuqori sinf o‗qituvchisining 1,0 stavkasi uchun haftalik umumiy 
yuklamasi 36 soatni, shundan 20 soat o‗quv yuklamasi va pedagogik yuklama - 16 
(20
) soatni tashkil etadi
2
.) 
Tarifikatsiya ro‗yxatida, ta‘kidlanganidek, har bir o‗qituvchining bir oylik 
lavozim okladi aks ettiriladi. Umumta‘lim maktablari pedagogik xodimlarining 
oylik lavozim okladlari har bir xodimning lavozimi va malaka toifasi uchun 
o‗rnatilgan bazaviy tarif stavkasi hamda qonun bilan belgilangan qo‗shimchalar va 
ustamalar asosida shakllanadi. 


Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish